Elektron raqamli imzo kimlarga beriladi?
ERI kalitlarning sertifikatlari yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bo‘yicha beriladi. Murojatt qilgan shaxs ro‘yxatdan utish va ERI kalitining sertifikatini olish uchun soliq xizmatlari organlarida hisobda turishi zarur (soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami -STIRbo‘lish kerak)
Elektron raqamli imzoni qayerdan olish mumkin?
Bugungi kunga kelib, 6 ta rasmiy davlat ro‘yxatidan o‘tgan (amaldagi) elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari faoliyat yuritib kelmoqda:
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi;
Markaziy bank Xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish departamenti;
Davlat bojxona qo‘mitasi;
Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi “UNICON.UZ” Davlat unitar korxonasi;
Moliya vazirligi huzuridagi Axborot-hisoblash markazi Davlat unitar korxonasi;
“INTELLECT SOFT” xususiy korxonasi.
Siz shu markazlardan biriga murojaat qilishingiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: |