Mavzu: Embrional rivojlanish davri



Yüklə 32,84 Kb.
səhifə2/5
tarix02.01.2022
ölçüsü32,84 Kb.
#39250
1   2   3   4   5
Mavzu Embrional rivojlanish davri

Maydalanish. Ko‘p hujayrali organizmlarning dastlabki rivojlanish bosqichlari bitta hujayradan boshlanadi. Urug‘langan tuxum — bu hujayra, shu bilan bir vaqtda organizmning eng dastlabki rivojlanish bosqichidir. Bir hujayrali organizmning bir necha marta ketma-ket bo‘linishidan ko‘p hujayrali organizm hosil boMadi. Tuxum hujayra urug‘langach, bir necha daqiqadan keyin yadro va sitoplazma bo‘lina boshlaydi. Tuxum hujayra bir-biriga teng ikkita hujayraga, yani ikkita blastomerga bo‘linadi.

Tuxum hujayra birinchi marta meridian tekisligida bo‘linadi. So‘ngra blastomerlarning har biri yana meridian tekisligida bir vaqtda bo‘linadi, natijada bir-biriga teng to‘rtta hujayra vujudga keladi. Navbatdagi bo‘linish ekvator tekisligida o‘tadi, sakkizta hujayra hosil bo‘ladi. Keyin meridinal va ekvatorial bo’linish navbatlashib, 16, 32, 64 ta va hokazo blastomerlar hosil bo’ladi, bular bir-biriga zich taqalib joylashgan hujayralardir. Har bo’linishdan keyin paydo bo’lgan hujayra kichrayib boradi, shuning uchun bu jarayon maydalanish deb ataladi. Maydalanish bosqichida hujayralar keyingi rivojlanish uchun to‘planib boradi.

Maydalanish ko‘p hujayrali embrion — blastula hosil bo’lishi bilan tugallanadi. Blastula sharsimon shaklga ega bo’lib, uning devori bir qavat hujayralardan tashkil topgan. Blastula ichi suyuqlik bilan to’lgan bo’ladi, bu bo‘shliq birlamchi tana bo’shlig’iblastosel deb ataladi.

Maydalanishda mitoz sikli juda tez o‘tadi, blastomerlar o‘smaydi va ular hujayralarining soni ko‘paygan sari kichrayib boradi. Har xil turlarda niaydalanishning o‘ziga xos tomonlari kuzatiladi. Misol uchun blastuladagi barcha hujayralar diploid to‘plamga ega, lekin tarkibidagi sariqlik miqdoriga qarab bir-biridan farq qiladi.




Yüklə 32,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin