Organogenez. Gastrulyatsiya tugallangandan keyin o‘zak organlari majmui: nerv nayi, xorda, ichak naychasi hosil bo’ladi. Lansetnikda o‘zak organlar quyidagicha hosil bo’ladi: lansetnikda embrionning orqa tomonidan ektoderma tarnov shaklida o‘rta qismidan botib kira boshlab, naycha hosil qiladi
Naycha — boshlangich nerv sistemasi bo’lib, ektoderma ostiga tushadi, uning chetlariga birikadi va nerv naychani hosil qiladi. Ektodermaning qolgan qismidan boshlangich teri epiteliyasi paydo bo’ladi. Nerv naychasining bevosita ostida joylashgan endodermaning yelka qismidan xorda vujudga keladi.
Xorda nerv naychasining ostida joylashadi. Embrion hujayralarining keyingi ixtisoslanishi natijasida murtak varaqalaridan juda ko‘p to‘qima va organlarning hosil bo’lishi yuz beradi.
Murtak varaqasi ektodermasidan nerv sistemasi, sezgi organlari, teri epiteliyasi, tishning emal qavati; entodermadan — ichak epiteliyasi, ovqat hazm qilish bezlari — jigar, oshqozon osti bezi, o‘pka va jabra, mezodermadan — muskul to‘qimasi, biriktiruvchi to‘qima (tog‘ay, suyak, qon va limfa), qon aylanish va ayirish sistemasi hamda jinsiy organlar hosil bo’ladi.
Mustahkamlash:
III topshiriq. “atamalar tahlili
O’quvchi namunasi:
1. Ontogenez
2. Blastomer
3. Blastula
4. Blastosel
5. Ektoderma
6. Endoderma
7. Gastrulyatsiya
8. Filogenez
9. Ixtisoslashish
10. Mezoderma
O’qituvchi namunasi:
1. Ontogenez – organizmning individual rivojlanishi.
2. Blastomer – tuxum hujayra bir – biriga teng ikkita hujayraga bo’linishi.
3 . Blastula – ko’p hujayrali embrion.
4.Blastosel – birlamchi tana bo’shlig’i.
5. Ektoderma – murtakning tashqi qavati.
6. Endoderma – murtakning ichki qavati.
7. Gastrulyatsiya – gastrula hosil bo’lishiga olib keladigan jarayon.
8. Filogenez – o’z turning rivojlanish tarixi.
9. Ixtisoslashish – embrionning ayrim qismlari va hujayralarning tuzilishi hamda vazifasi jihatidan bir - biridan farq qilishidir.
10. Mezoderma – ko’p hujayrali hayvonlardagi uchinchi qavat.
VI topshiriq: rasmga qarab jarayonni aniqlang
50 maktab
VI topshiriq: rasmga qarab qaysi jarayon va qaysi organizmlarga tegishli ekanligini aniqlang.
VI Jadvalni toldirish.
O’quvchi namunasi.
Homila varaqalari
|
Rivojlanadigan a’zolar
|
1 Ektoderma.
|
|
2 Endoderma
|
|
3 Mezoderma
|
|
O’qituvchi namunasi.
Homila varaqasi
|
Rivojlanadigan a’zolar
|
1 Ektoderma
|
Nerv sistemasi, sezgi organlari, teri epiteliysi, tishning emal qavati
|
2 Endoderma
|
Ichak epiteliysi, ovqat hazm qilish bezlari- jigar, oshqozon osti bezi , o’pka va jabra
|
3 Mezoderma
|
Muskul to’qimasi, biriktiruvchi to’qima, qon aylanish va ayirish sistemasi, jinsiy organlar
|
Guruhlarni rag’batlantirish:
O’quvchilar bilimini reyting tizimida baholash:
Uyga vazifa: 40 § ni o’qib mustahkamlash, atamalar ustida ishlash , rasm chizish, savollarga javob berish.
Dostları ilə paylaş: |