Mavzu: Eng qadimgi yozma yodgorliklarda ta’lim-tarbiya masalalari. Hadis ilmi va uning tarbiyaviy ahamiyati



Yüklə 9,15 Kb.
tarix18.12.2023
ölçüsü9,15 Kb.
#184184
Umumiy pedagogika

Mavzu: Eng qadimgi yozma yodgorliklarda ta’lim-tarbiya masalalari. Hadis ilmi va uning tarbiyaviy ahamiyati

Bajardi: Olimova Durdona Tekshirdi: Sattorov Vahob


REJA:
1. Eng qadimgi davrlardan VII-asrgacha ta'lim-tarbiya va pedogogik fikrlar.
2. Eng qadimgi yozma manbaalarda ta'lim-tarbiya masalalarining yoritilishi.
3. "Qur'oni Karim"- ahloqiy-falsafiy ta'limotlar manbai.
4. Hadis ilmining paydo bo'lishi.
5. O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ta'lim-tarbiya jarayonida milliy me'ros, pedogogik qadriyatlardan samarali foydalanishning ijtimoiy ahamiyati haqidagi fikrlari.
Hozirgi o'zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha mingyillar oldin yashagan bo'lib, ular o'ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda katta va mashaqqatli yo'lni bosib o'tgan. Dastlabki tosh qurollardan tirikchilik uchun foydalanish, ancha takomillashgan mehnat qurollarini yasash, urug'chilik davriga kelib, xo'jalik hayoti va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlari o'z ichiga olgan davrgacha bo'lgan tariximiz ota- bobolarimizning boy qadimiy madaniyatga ega bo'lganligidan dalolat beradi;' ( Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda Baqtriya, Xorazm, So'g'diyona, Marg'iyona, Parfiya hamda Parkana kabi davlatlarda turli qabila va elatlar yashaganlar. Ular soqlar, masog'utlar, so'g'dlar, xorazmiylar, boxtarlar, chochliklar, parkanaliklar kabi qabila va urug'lardan iborat bo'lib, hozirgi Markaziy Osiyo hududida yashovchi xalqlarning ajdodlari hisoblanadilar.
Eng qadimgi tarbiya haqidagi yodgorliklar bizgacha bevosita yetib kelmagan. Turkiy va forsiyzabon xalqlarning hayot kechirish san’ati, donolik majmuasi sifatida yuzaga kelib, borliqqa amaliy munosabatda bo'lishning namunasi tarzida e’tirof etilgan ma’naviy madaniyat yodgorliklari qadimgi grek tarixchisi Gerodotning «Tarix», Strabonning "Geografiya" hamda Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug'atit-turk» kabi asarlari, Urxun-Enasoy bitiklari kabi adabiy-tarixiy manbalarda saqlangan.
Ushbu yodgorliklar mohiyatini o'rganish insonning shakllanishida moddiy va ma’naviy madaniyat qay darajada katta o'rin tutganidan dalolat beradi. Eramizdan oldin, taxminan 484(480)— 431(425) -yillari yashagan yunon tarixchisi Herodotning «Tarix» kitobida qadimgi forslar, soqlar, masog'utlarning ta’lim-tarbiya tarziga oid muhim ma’lumotlar berilgan. Plutarxning qayd etishicha, Aleksandr Maqduniy yerli xalqlarga yaqinlashish maqsadida makedoniyaliklar bilan mahalliy xalqlarning urf- odatlarini o'zaro uyg'unlashtirishga harakat qilgan.
Ibtidoiy tuzum kishilarining orzu-istaklari, o'y-fikrlari, maqsad va intilishlarini yoritishga xizmat qilgan afsonalaming ko'pchiligi bizga eng qadimgi yodgorliklar- «Avesto», Firdavsiyning «Shohnoma» asarlari orqali ma’lumdir
VII asr birinchi yarmida Islom g'oyasiga asoslangan Arab xalifaligi tashkil topib, bu davlat o'z mavqeini mustahkamlash uchun boshqa mamlakatlarni zabt eta boshladi. Butun Arabiston yarim oroli, Eron, Suriya, Janubiy Ispaniya, Kavkaz hamda Shimoliy Afrikada joylashgan bir qancha mamlakatlar xalifalik tarkibiga kiritildi. tilining o'qitilishi yo'lga qo'yildi.
Arablarning Movarounnahrdagi g'alabasidan so'ng barcha mustamlaka mamlakatlar qatori u erda ham Islom dinining asoslari xususida ma’lumot beruvchi muqaddas kitob- «Qur’on» tili- arab tilini o'rganish joriy etildi. Diniy ulamolaming maxsus ko'rsatmalariga muvofiq muqaddas kitobni boshqa tillarga tarjima qilish ta’qiqlandi. Shu bois musulmon maktablarida asosiy manbaning tili hamda fan sifatida arab tilining o'qitilishi yo'lga qo'yildi.
Asta-sekin ota-onalar bolalarni 6-7, hatto 5 yoshidan maktabga bera boshladilar. «Qur’on»ni yod bilgan kishi qori deb atalardi. Qorilar katta hurmatga sazovor edilar. Bora-bora o'qimishli kishilar, ya’ni domlalar alohida ajralib, o'z xonadonlarida ham maktablar ocha boshladilar. Xalifalar davrida islom ta’limoti mustahkamlandi. Payg'ambarimizga nozil bo'lgan «Qur’oni Karim» g'oyalari sahobalar tomonidan kitob holida jamlandi. G'arb va Sharq tadqiqotchilari «Qur’on»ni jahon madaniyatining eng nodir asarlaridan biri deb hisoblaydilar.
“Qur’on”- dunyo madaniyatining ulkan boyligi, musulmonlarning muqaddas kitobi bo'lib, arab tilida “qiroat” ma’nosini anglatadi. “Qur’on” 114 suradan iborat, ularning 90tasi Muhammad alayhis-salom Makka shahrida, 24tasi esa Madina shahrida istiqomat qilgan davrlarda nozil bo'lganligi to'g'risida manbalarda ma’lumotlar keltiriladi. “Qur’on” g'oyalari kishilarni tenglik, birodarlik, tinch-totuv yashash va ezgulikka undaydi.
Bugungi kunda ham mamlakatimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘g‘il-qizlarning zamonaviy bilim olishi, yuksak ma’naviyatli bo‘lib ulg‘ayishi uchun zarur sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Davlatimiz rahbari prezidentlik faoliyatining dastlabki kunlaridan boshlab yurtimizda innovatsion va kreativ fikrlaydigan, zamonaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida, yuksak ma'naviyat egalari etib tarbiyalash, shu maqsadda ta'lim tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratib kelmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich maktab ta'limi tizimini isloh qilish bo‘yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, bu borada oldimizda turgan dolzarb vazifalar haqida fikr yuritar ekan, ulug‘ ma'rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktabdir” degan fikrini alohida ta'kidlab, bu masalaning mohiyati va ahamiyatiga atroflicha to‘xtalib o‘tdi.
  • Prezidentimiz tomonidan xalq ta'limi tizimiga oid 6 ta farmon va qaror, Vazirlar Mahkamasining 21 ta qarori qabul qilinib, bu sohadagi islohotlarning huquqiy-me'yoriy asoslari mustahkamlandi.
  • Ota-onalar, jamoatchilikning istaklari inobatga olinib, yurtimizda 11 yillik maktab ta'limi tizimi tiklandi. So‘nggi uch yilda yurtimizda 157 ta umumta'lim maktabi yangidan qurildi.
  •  
  • Ulug‘ allomalarimiz – Mirzo Ulug‘bek va Muhammad Xorazmiy nomidagi iqtidorli bolalar maktablari, Hamid Olimjon va Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Ibroyim Yusupov, Is’hoqxon Ibrat, Muhammad Yusuf, Halima Xudoyberdiyeva nomlari bilan atalgan ijod maktablari, “Temurbeklar maktabi”, Prezident maktablari, xususiy maktablar singari yangi va zamonaviy namunadagi ta'lim dargohlari tashkil etilgani yurtimiz farzandlari uchun ta'lim-tarbiya olish borasida yangi imkoniyatlar ochib bermoqda.

E’tiboringiz uchun raxmat!
Yüklə 9,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin