Mavzu: Epigrafika faniga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Reja



Yüklə 22,08 Kb.
tarix26.09.2023
ölçüsü22,08 Kb.
#148839
1.Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari


Mavzu: Epigrafika faniga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari.
Reja:

  1. Epigrafika fanining predmeti va vazifalari

  2. Epigrafikaning rivojlanish bosqichlar

Epigrafika yunoncha “epi” va “grafika” so‘zlaridan olingan bo’lib, “qattiq material yuzasidagi yozuv” degan ma’noni bildiradi. Epigrafika fani asosan tosh, sopol, metall, va boshqa qattiq buyumlarga bitilgan qadimgi va o‘rta asr yozuvlarini o'rganuvchi fandir. Ushbu fan uyg‘onish davrida qadimiylikka, chunonchi Qadimgi Sharq va qisman qadimgi “Bibliya” ga qiziqish kuchaygan paytda paydo bo’lgan. Epigrafika fanida dastlab ltaliya, Yunoniston, Shimoliy Afrika va Falastindan topilgan oltindan bo’lgan yunon, etrusk, qadimgi yahudiy, finikiya yodgorliklarigagina ega edi. XIX asming o‘rtalaridan epigrafika ayniqsa, tez rivojlana boshladi. Epigrafika fani yordami bilan Kipr orolidan topilgan miloddan awalgi XI-VIII asrlar tosh va idishlarga bitilgan yunon tilidagi yozuvlar, Livan, Suriya, Karfagen, O‘rta yer dengizi orollari, ltaliya, Frantsiya, Ispaniya va Shimoliy Afrikadan topilgan Finikiya, Puni qadimgi yozuvlari, shuningdek miloddan awalgi IV-Ш ming yilliklarda Fila oroli va Nil daryosidan topilgan qadimgi Misr petroglifik yozuvlari, miloddan avvalgi VI asrdagi janubiy va shimoliy arab yozuvlari, Dajla va Frot daryolari oralig’i va Old Osiyoning qadimgi hududlaridagi miloddan awalgi III ming yillikka oid mixxat matnlari, Ahamoniylar sulolasining o‘matilishidan Artakserks III podsholigi (mil.aw. 358-338) gacha bo‘lgan davrdagi qoyalar, saroy


devorlari va oltin taxtachalarga bitilgan qadimgi Eron mixxatlari, slavyan, gruzin, arman, qadimgi turkiy, xitoy, shuningdek, Markaziy Osiyo va boshqa hududlardan topilgan ko’plab yozma yodgorliklar (bitiklar) topib o‘rganildi. Epigrafikaning taraqqiyoti tufayli qadimgi xalqlaming qadimgi turmush tarzi, ijtimoiy - iqtisodiy, siyosiy va moddiy madaniyati, diniy mazhabi va umumiy tarixi haqidagi qimmatli ma’lumotlarni to’plash imkoni yaratildi va to’plandi. Harf shakllarining o’zgarishini ilmiy jihatdan o’rganish orqali arxeologik yodgorliklaming qaysi davrga mansubligi, qadimgi yozuvlaming rivojlanish darajasi aniqlandi. Yenisey (Enasoy) daryosi havzasi (Xakasiya A.V. va Tuva A.R.) dan topilgan Orxun-Yenisey yozuvlari fanga ko’pgina qimmatli ma’lumotlami to’plash imkonini berdi.
Yumshoq buyumga yozilgan yozuv qo’lyozma hisoblanadi. Epigrafika fani qattiq buyumlarga yozilgan yozuvlami o‘rganadi. Qadimgi davrda qog’oz taqchil bo’lgan paytda qattiq materiallardan yozuv vositasi sifatida foydalanish juda keng tarqalgan. Yozuv uchun yumshoq materiallar teri, papirus, va pergamentlardan ham foydalanganlar. Lekin, bu yumshoq materiallar vaqt o’tishi bilan chirigan yoki yaxshi saqlanmagan shuning uchun qadimgi dunyo tarixini o’rganishda asosiy manbaa bo’lib epigrafik yodgorliklar maydonga chiqadi. Deshifrovka noma’lum yozuv bitilgan matnni o’qish demakdir. Buning uchun tadqiq etilgan yozuvdagi belgilami o’sha belgilar bilan yozilgan tildagi so’zlarga o’xshatish, matnlashtirishdir.
Yozuv inson fikrini abadiylashtiradi. Inson yozuvni ixtiro qilib zamondoshlari, shuningdek uzoq avlodlari bilan aloqa bog’ladi; zamonlar va avlodlar o’rtasidagi aloqalar mustahkamlanadi. Qadimgi yozuvlarni tadqiq qiluvchi olimlar qadimgi podshohlar, sarkardalar, ustalar va shoirlar ovozini, asrlar qa’ridan kelayotgan tovushlarni eshitadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, tarixiy fanlar tizimidagi epigrafika fani insoniyat tarixining turli davrlarida yozuvning shakllanishi va rivojlanishi tarixini o’rganadi. Turli davrga oid yodgorliklardagi bitik va yozuvlarni tadqiq etish, bu yozuvlarning kelib chiqish tarixini, eng muhim yozuv turlarining rivojlanishi masalalarini o’rganish epigrafikaning vazifasi hisoblanadi. Bu fan fikrni u yoki bu belgilar sistemasida yozishning ilk formalari bilan, Misr iyeroglifikasi va Mesopotamiya mixxati kabi, insoniyat tarixi uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan yozuv turlarining ma’nosini ochib berish, izohlash metodi bilan tanishtiradi. Yozuv tarixi til tarixi bilan bog’liq holda ko’rib chiqiladi. Bundan tashqari epigrafika fani etnografiya, o’lkashunoslik, tarix, arxeologiya fanlari bilan aloqador.
Qadimgi odamlarda fikr bir qancha rasm-tushunchalar bilan ifodalangan. Neolit davridagi odam olamni rasmlar bilan tasvirlagan. Bu rasmlar, shakllar shunchalik soddalashtirilgan va umumiy sxema shakliga keltirilganki, pirovardida belgi-ideogrammaga aylangan; ideogrammadan tasvirning eng dastlabki shaklini bilib olish uchun ba’zan tasavvurning nihoyat darajada kuchli bo’lishi talab qilingan. Atoqli otlarni yozish ideografik yozuvlarda eng qiyin masala bo’lgan va ismni belgi-tushunchalar bilan emas, balki boshqacha yozish formasini izlash zaryriyatini tug’dirgan. Iloji topilgan: ismlar «rebus» usulida – ma’no jihatdan o’xshash, bir xilda jaranglaydigan so’zlarni bildiradigan belgilar yig’indisi bilan yozila boshlagan. Bu holda belgi-ideogramma bo’g’im sifatida: ma’naviy birlik emas, fonetik birlik sifatida ishlatilgan. Ba’zan boshqa so’zlarni ifodalashda ham fonetik yozuv ideografik yozuv bilan birga ishlatilgan. Bu narsa olimlarga qadimgi yozuvlardagi so’zlarning qanday talaffuz etilganligini aniqlash uchun yordam berdi. Keyinroq paydo bo’lgan nisbatan yosh yozuvlarda bo’g’in prinsipi (bo’g’inlarni ifodalaydigan belgilar bilan yozish usuli) qo’llanilgan. Eski ideografik yozuvlarning, masalan, Misr iyerogliflari yoki assuriy-bobillar mixxatining bo’g’in sistemasiga o’tish qiyinroq bo’lgan an’analar xalaqit bergan. Shunga qaramay, bo’g’in sistemasi yozuviga jadal kirib borgan. Shu bilan birga, bitta so’zning o’zini, ideogrammani hisobga olmaganda, bo’g’in sistemasida bir necha variantda yozish mumkin bo’lgan. Bo’g’inli yozuv tilning fonetik tuzilishini aks ettirgan. Bu «jaranglaydigan» yozuv edi. Bo’g’inli yozuvda bir necha o’n belgidan tortib (brahma va kxaroshtxi yozuvlarida 35-40 belgi) bir necha yuzgacha (efiop yozuvida ikki yuzdan ziyod) belgi ishlatilgan. Bu esa har qaysi tilning o’z hususiyatiga bog’liq bo’lgan. So’zni yanada maydaroq bo’laklarga bo’lish navbatdagi birlik harfda grafik tarzda ifodalangan tovushdan iborat bo’lgan. Piktografiyadan boshlangan yo’l harfli yozuv bilan tugallangan. Yozuvning rivojlanish sxemasi: piktogramma - ideogramma (logogramma) – bo’g’in-harf. Bir xil yozuvdan boshqa xil yozuvga qanday o’tilganligini diqqat bilan, sinchiklab kuzatadigan bo’lsak, mazmunni aniq anglatish zarurligi yozuvni taraqqiy etdiruvchi, yangi vositalarni izlab topishga undovchi asosiy kuch bo’lganligini ko’ramiz. Xalqaro sun’iy til – esperanto – o’tgan asr oxirida yaratilgan. Uni polshalik doktor L.Zamengof yaratgan. Esperantoning yozilishi qiyin emas; bu tilda atigi 16 qoida bor, ammo bironta ham istisno yo’q. Esperanto lug’atiga barcha Yevropa tillaridagi tushunchalar kiritilgan. Shunga ko’ra uni o’rganish oson. Esperanto xalqaro sun’iy til yaratish yo’lidagi birdan-bir urinish emas. 300 ga yaqin sun’iy til taklif etilgan. Ularning ba’zilari jaranglaydigan so’zlarni yozishga imkon beradigan alifbosiz belgilar sistemasiga asoslangan. Nutqni aniq yozishga to’siqlik qiladigan asosiy qiyinchilik shundan iboratki, tillarning fonetik tuzilishiturlichadir va odatlanilmagan, begona tovushni talaffuz etish uchun malaka kerak bo’ladi: masalan, Afrikada yashovchi ba’zi qabilalar tilida yevropaliklar uchun begona tovushlar bor, Xitoy va Birma xalqlari tilida baland ohang alohida o’rin tutadi. Axborot hajmining jadal ortib borishi zamonamizga xos hislatdir. Olimlar bunga «axboriy portlash» deb nom berishgan. Axborotlar oqimini qanday bo’lmasin tartibga solish uchun axborot yig’ish, uni saqlash va tarqatishning yangi metodlari zo’r berib izlanmoqda. Bugun butun dunyoda milliy tillar mustahkamlanmoqda va rivojlanmoqda. Milliy til – milliy madaniyatning asosidir.
Yüklə 22,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin