Reja: 1. Estetika fanining predmeti va vazifalari 2. Estetika kategoriyalarining falsafiy mazmuni va mohiyati 3. San`at va uning estetik mohiyati
"Estetika" atamasini birinchi bo’lib buyuk olmon faylasufi Aleksandr Baumgarten (1714-1762) ilmiy muomalaga kiritgan. Bunda u boshqa bir ulug’ olmon faylasufi Laybnits (1646-1716) ta’limotidan kelib chiqqan holda munosabat bildirgan edi. Laybnits inson ma’naviy olamini uch sohaga aql, ixtiyor, hissiyotga bo’ladi va ularning har birini alohida falsafiy jihatdan o’rganish lozimligini ta’kidlaydi. Baumgartengacha aqlni o’rganadigan fan mantiq, ixtiyorni o’rganuvchi fan esa axloqshunoslik (etika) ni falsafada ko’pdan buyon o’z o’rni bor edi. Biroq hissiyotni o’rganadigan fan falsafiy maqomdagi nomiga ega emas edi. Baumgartenning bu boradagi xizmati shundaki, u "his qilish", "sezish", "his etiladigan" singari ma’nolarni anglatuvchi yunoncha "oyestetikos" so’zidan "estetika" (olmoncha "estetika" "eshtetik") iborasini olib, ana shu bo’shliqni to’ldirdi.