Mavzu: falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli



Yüklə 61,12 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü61,12 Kb.
#190771
Falsafa 1-topshriq refarat


Munavvarov Mavlon 770-23 Guruh

Falsafa 1- JN

MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI

1.Falsafa tushunchasining kelib chiqishi.


2.Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati.
Dunyoqarashning tarixiy shakllari (mifologik,diniy, falsafiy).
3.Falsafaning predmeti va asosiy mazmuni.
4.Falsafaning jamiyat hayotidagi o‘rni va asosiy vazifalari.

2-MAVZU: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTIBOSQICHLARI: SHARQ FALSAFASI

1.Qadimgi Bobil, Misr,Hindiston va Markaziy Osiyo falsafiy tafakkuri.
2.Islom dinining vujudga kelishi va falsafiy ta’limoti.
3.O‘rta asrlar Sharq Uyg‘onish davri mutafakkirlari (Forobiy, Ibn Sino va Beruniy)ning ijtimoiy-siyosiy,
ma’naviy-axloqiy ta’limotlari.
4.XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ilg‘or falsafiy, ijtimoiy–siyosiyfikrlar

3-MAVZU SHARQ VA G‘ARB MUTAFAKIRLARINING IJODIDA ODAM VA OLAM


MUAMMOLARI.

1. Qadimgi Yunon falsafasining jahon falsafasi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi (Milet maktabi, Suqrot,


Aflotun, Arastu).
2. O‘rta asr G‘arb falsafasi rivojlanishining umumiy belgilari (apologetika va patristika, sxolastika.
Nominalizm va realizm. Foma Akvinskiy ta’limoti).
3. G‘arb Uyg‘onish davri va falsafiy tafakkurning rivojlanish xususiyatlari.
4. Yangi va eng yangi davr falsafasining ustuvor yo‘nalishlari (F.Bekon, R.Dekart, B.Spinoza, I.Kant,
L.Feyyerbax, V.Gegel).

4- MAVZU. ONTOLOGIYA – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI


REJA:
1. Borliq tushunchasi va uning mohiyati.
2. Falsafa tarixida borliq muammosi.
3. Borliq shakllarining tasnifi: tabiat borlig‘i va ma’naviy borliq, ijtimoiy borliq va inson
borlig‘i.
4. Harakat - materiyaning yashash sharti.

5-MAVZU. O'ZARO ALOQADORLIK VA RIVOJLANISH QONUN VA KATEGORIYALARI



1. Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi.
2. Umumiy o‘zaro aloqa va rivojlanishning dialektik tamoyillari.
3. Qonun va uning tasnifi.
4. Falsafaning asosiy qonunlari.

Javoblar
1.Falsafa tushunchasining kelib chiqishi
Qadimgi yunon tilidan fanga kirib kelgan atama «filosofiya» so‘zidan olingan va u «donishmandlikni sevish» («filo» — sevaman, «sofiya» — donolik) degan ma’noni anglatadi
Falsafa, dunyoqarash, shaxs, idrok, dunyoqarashning tarixiy shakllari, fetishizm, animizm, totemizm, magiya, ontologiya, gnoseologiya, fan metodologiyasi, ijtimoiy falsafa, etika, aksiologiya, falsafiy antropologiya, metafizika, ong,tafakkur, ruh, materiya, tabiat, borliq, fan. Mamlakatimiz fuqarolarida tafakkur erkinligi shakllanib bormoqda. Yurtimizda sodir bo‘layotgan yaratuvchanlik tafakkur bilan uzviy bog‘liq hodisadir. Mamlakat hayotini demokratlashtirish jarayoni qanchalik kengaysa va chuqurlashsa, fuqarolarimiz falsafiy iqtidoriga bo‘lgan talab shuncha oshib boradi. SHuning uchun ham falsafa ilmi yoshlarga ham o‘rta yoshlilarga ham, katta yoshdagilarga ham bab-barobar suv bilan havodek zarur bo‘lgan hayotiy ehtiyojdir.
2.Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati Dunyoqarashning tarixiy shakllari ( mifologik,diniy, falsafiy).

Dunyoqarash subyektiv voqe’likn baholovchi qarorlar toʻplamidir. Atrof-olamni anglashga harakat qilish natijasi oʻlaroq kelib chiqadi. Dunyoqarash diniy,falsfiy ,ilmiy, boʻlishi mumkin. Dunyoqarash — dunyoga va insonning undagi oʻrniga, kishilarning oʻz atrofidagi voqelikka va oʻz-oʻziga munosabatiga boʻlgan umumiy qarashlar tizimi, shuningdek, bu qarashlarga asoslangan odamlarning eʼtiqodlari, ideallari, bilish va faoliyat tamoyillari.
Mifologiya — muayyan xalq tomonidan yaratilgan mifologik tasavvurlarning izchil tartibga solingan tizimi, asotirlar majmui. Masalan, yunon M.si, hind M.si, oʻzbek Mifologiya Insoniyat maʼnaviy taraqqiyotining ilk bosqichi sifatida muhim amaliy ahamiyat kasb etgan falsafasi- tafakkur shakllaridan bo‘lgan tushunchalar matn va maqsad mohiyatidan kelib chiqib, turlicha mazmun kasb etishi, keng va tor ma’nolarda qo‘llanilishi mumkin. “Din falsafasi” tushunchasi haqida ham shunday deyish mumkin. Xususan, keng ma’noda u din haqidagi falsafiy qarashlarni anglatadi
Dunyoqarash kishining yoshi, hayotiy tajribasi, bilimi, mafkurasi bilan bogʻliq. Dunyoqarashda jamiyatda shakllangan falsafiy, ilmiy, diniy, siyosiy, axloqiy, huquqiy, estetik bilimlar, qarashlar oʻz aksini topadi. Shaxsning dunyoqarashi ijtimoiy munosabatlar bilan chambarchas bogʻlangan. munosabatlarni Falsafiy dunyoqarash ilmiydir, chunki u narsa va hodisalar o‘rtasidagi boQlanish, aloqadorlik va kundalik ong darajasidagina emas, balki nazariy ong darajasida ham ifodalaydi. har qanday falsafiy dunyoqarash shakli ob’ektiv olamdagi narsa va hodisalarning konkret munosabatlarini aks ettiradi.Falsafiy dunyoqarashning tarixiylik tamoyili jamiyatning o‘tmishi dunyoqarashlar tarixidan iboratligini va uzluksiz rivojlanishini ifodalaydi.
3.Falsafaning predmeti va asosiy mazmuni.
Falsafa Faning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli
Dars maqsadi. Falsafa atamasining kelib chiqishi. Falsafa shakllanishining asosiy bosqichlari. Dunyoqarashning tuzilishi. Dunyoqarashning tarixiy shakllari. Mif - dastlabki dunyoqarash shakli. Mifologik va diniy dunyoqarashning o’zaro aloqasi va farqi. Diniy dunyoqarashning shakllanishi va mohiyati. Dunyoni idrok etishda falsafiy dunyoqarashning o’ziga xos roli. Fan- ilmiy dunyoqarash shakli. Fanning funktsiyalari va taraqqiyotining asosiy bosqichlari. Falsafa va fanning o’zaro mutanosibligi va farqi. Falsafa fanining predmeti, funktsiyalari. Falsafada milliylik va umuminsoniylik. Hozirgi davrda milliy falsafani rivojlantirish muammolari, uning xalqaro aloqalarni tashkil etishdagi ahamiyati.
Bashariyat milodiy XX asr bilan xayrlashib, uchinchi ming yillikka qadam qo’ymoqda. Insoniyat bugungi kunga kelib, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida ulkan yutuqlarga erishdi. Fan va texnika, madaniyat va maorif beqiyos rivojlandi.

4.Falsafaning jamiyat hayotidagi o‘rni va asosiy vazifalari


Falsafani o‘zining vujudga kelishi qadimgi zamon urug‘doshlik tuzumining inqirozi natijasida shakllangan jamiyatning ehtiyojlari bilan bog‘liq. Aqliy va jismoniy mehnatning bo‘linishi, davlatchi­lik­ning paydo bo‘lishi, ijtimoiy tabaqalanish, ishlab chiqarishning murakkab turlarining vujudga kelishi, Fanlarning yuzaga kelishi, bilish va ijtimoiy amaliyotda sifat jihatidan yangi ehtiyojning tug‘ilishi - bularning hammasi ob'ektiv borliqda yangi yondoshuv – falsafani shakllanishiga olib keldi. Falsafa o‘z funksiyalari (dunyoqarash, tanqidiy, metodologik, aksiologik, basho­rat­lash, sintetik)ni amalga oshirishda jamiyatda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ijtimoiy-tarixiy jarayonlarning rivojlanishiga ta'sir ko‘rsatadi.

2-MAVZU: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTIBOSQICHLARI: SHARQ FALSAFASI

1.Qadimgi Bobil, Misr,Hindiston va Markaziy Osiyo falsafiy tafakkuri.
lk falsafiy taʼlimotlar qad. Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va Yunonistonda paydo boʻlgan, keyin Gʻarb mamlakatlariga yoyilgan. Qad. Hindistondagi falsafiy maktablar 2 turga bulinib, biri vedalaraxm kelib chiqqan va ularga suyanuvchi maktablar (vedanta, yoga, vaysheshika, nyaya, sankxya), ikkinchisi vedalarni rad etuvchi maktablar (jaynizm, buddizm, lokoyata) x, isoblanadi. Qad. Xitoydagi dastlabki falsafiy taʼlimotlar miloddan avvalgi 7-asrda vujudga kelgan. U Qad. Xitoy yozma manbalarida uchrab, bu manbalarga „Qoʻshiqlar kitobi“, „Bahor va kuz“ kabi qad. yodgorliklar va Konfutsiynnng „Aforizm“larini, daosizmni kiritish mumkin.
Markaziy Osiyodagi falsafiy qarashlar qad. turkiy yozuvlar, tangriga eʼtiqod qilish tamoyillarida va zardushtiyli kning muqaddas kitobi Avestodya oʻz ifodasini topgan

2.Islom dinining vujudga kelishi va falsafiy ta’limoti.

Islom dinining vujudga kelishi va falsafiy ta’limoti. Islom dini yuzaga kelishi jihatidan jahon dinlari ichida uchinchi o‘rinda turadi. Islom dini Yaqin va O‘rta Sharq, shimoliy Afrika Janubiy – Sharqiy Osiyo, Kavkaz xalqlari tarixida nihoyatda muhim o‘rin tutadi va ayni vaqtda ularning ijtimoiy - siyosiy va madaniy hayotiga katta ta’sir o‘tkazib kelmoqda. Islom dini milodiy VII asrning boshlarida Arabiston yarim orolida vujudga kelgan Islom falsafasi---Bu islom an'analariga mansubligi bilan ajralib turadigan Falsafadagi, rivojlanishdir.Arab tilida lotin tiliga“falsafa”deb tarjima qilingan ikkita atama bor va ular “falsafa”,ya’ni falsafa bilan bir qatorda mantiq,matematika va fizika hamda “nutq ilmi”ga ham tegishli;Bu diniy e'tiqodlarni mantiqiy dalillar bilan isbotlashni maqsad qilgan fanga ishora qiladi.Ilk islom falsafasi islom taqvimining II asrida(milodiy IX asr boshlarida) Yoqub ibin ishqoq al kindiy bilan boshlanib,hijriy VI asrda (milodiy XII asr oxiri) Ibn Rushd bilan yakunlangan bo‘lib,u keng ko‘lamda bir vaqtga to‘g‘ri kelgan.Islom uchun Oltin asr deb nomlanuvchi davr bilan.Ibn Rushdning o'limi islom falsafasining odatda arab peripatetik maktabi deb ataladigan muayyan fanining tugashini belgilab berdi va Andalusiya va Shimoliy Afrika kabi g'arbiy islom mamlakatlarida
3.O‘rta asrlar Sharq Uyg‘onish davri mutafakkirlari (Forobiy, Ibn Sino va Beruniy)ning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy ta’limotlari.
IX asrlarda Markaziy Osiyo arab xalifaligi tarkibiga kirgan. Bu davrda xalifalik markazlari – Bag’dod va Damashqda madaniyat va fan ravnaq to’di.Xalifalar al-Mansur (754-776), Horun ar-Rashid (786-809), Ma’mun (813-833) hukmronligi davrida hind va IX asrlar boshlangan arab istilosiga qarshi kurashmustaqil davlat qurish va xalifalikka qaramlikdan xalos bo’lish uchun kurashga aylandi. Natijada Markaziy Osiyo mo’g’ullar istilosini boshdan kechirdi va unga qarshi kurash jarayonida XIII asr boshlarida bir necha davlatlar –Tohiriylar, Somoniylar, Saljuqiylar va G’aznaviylar davlatlari paydo bo’lib, ular keyinchalik tor-mor qilindi.IX asr boshlarida dastlab Somoniylar davlati vujudga kelgan bo’lsa, XIII asrning 20-yillarida Xorazmiylardavlati mo’g’ullarning uzluksiz hujumi ostida qoldi. Biroq, ko’p asrlik urushlarga qaramay, Markaziy Osiyoda madaniyat, fan, san’at va adabiyot rivojlanishda davom etdi.Bu davrda al-Xorazmiy, Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, va boshqa buyuk allomalar yashab ijod qildilar. Ular yaratgan asarlar ahamiyatiga ko’ra o’sha davrni Markaziy Osiyo uyg’onish davri deb nomlash mumkin.Uyg’onish davri fani va madaniyatining o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:

4.XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ilg‘or falsafiy, ijtimoiy–siyosiyfikrlar


XX–XXI asr o‘zbek falsafasi. XX asr o‘zbek falsafasi kam o‘rganilgan ziddiyatli davrni
qamrab oladi. Chunki hozirgi davr tanqidchilarida sovet davrida falsafa bo‘lmagan, u davrda
intellektual hayot o‘lgan va uzoq muddatga qotib qolgan, faqat ayrim hollarda ba’zi mardlargina
o‘zlarining g‘oya va qarashlarini ayta olganlar, degan fikr shakllangan. Biroq bu noto‘g‘ri.
Chunki aynan XX asr boshlarida shakllangan jadidchilar harakati «jamiyatni ma’rifat orqali
lash» g‘oyasini ilgari surganlar, Behbudiy, A.Avloniy, A.Fitrat kabilar bir guruh yoshlarni
chet elga o‘qishga yuborib, yangi avlod ziyolilarini tarbiyalashga o‘zlarining munosib hissasini
qo‘shganlar. Shu bois, 1917 yilda bolsheviklar partiyasi g‘alaba qozonib, dunyo xaritasini katta
Sovet Ittifoqi degan mamlakat egallab, unda partiyaviylik mafkurasi hukmronlik qilsada,
O‘zbekistonda falsafiy fikr rivoji to‘xtab qolgan emas

3-MAVZU SHARQ VA G‘ARB MUTAFAKIRLARINING IJODIDA ODAM VA OLAM


MUAMMOLARI.

1. Qadimgi Yunon falsafasining jahon falsafasi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi (Milet maktabi, Suqrot, Aflotun, Arastu).

Milet maktabi — yunon ilmiy-falsafiy maktabi. Miloddan avvalgi VII-VI asrlar o’rtasida vujudga kelgan. Jonya dengizi sohilidagi Milet shahri nomidan olingan. Uning asoschisi – Fales. Yirik namoyandalari — Anaksimandr,Anaksimen. Ular tabiatdagi hodisalarni oʻzgarishda, oʻzaro aloqadorlikda, bir-biriga oʻtib turishda deb, voqea-hodisalar sababini tabi-atning oʻzidan qidirdilar. Ruhiy hodisalar (mas, jon)ni materiyaning koʻrinishi, butun tabiatni jonli deb tu-shunganlar. Yevropa ilmiy kosmogoniya, kosmologiya, fizika, geogr., meteorologiya, astronomiya va biol.si tarixi Milet maktabidan boshlanadi. Milet maktabi va uning vakillari Yunonistonda falsafiy fikr rivojiga hissa qoʻshdilar. Arastu (Aristotel) Qadimgi Yunonistonda buyuk kishilardan bolgan. U hamma davrlarda yashab otgan buyuk faylasuflar sirasiga kiradi. Arastu faylasuf Aflotun huzurida yigirma yilga yaqin ta'lim oladi. Aflotun vafot etgandan song Arastu oz ta'lim uslubini rivojlantira boshlaydi Suqrot chindan ham donishmand odam ideali hisoblanadi. Lekin Suqrotning ozi, chinakam donishmandlik ozining sariqchaqaga arzimasligini anglashdadir, deb uqtirgandi. U Yunonistonda, Afinada taxminan eramizdan avvalgi 470- yillarda tugilgan. Uning bolaligi va ota-onasi togrisida ma'lumot juda kam. U ozidan keyin hech qanday asar qoldirmagan. Biroq uning shogirdi, qadimgi yunon faylasufi Aflotun Suqrot ta'limoti va goyalarini ustozi hayotidan olingan lavhalar bilan uygunlashtirib, muloqot shaklida bayon qilib bergan. Aflotun ta'kidlashicha, Suqrot butun vaqtini Afina bozorlarida, oz sozlarini tinglashga rozi bolgan har qanday odam bilan gaplashib otkazardi. U, ayniqsa, biron-bir masalada ozining qat'iy fikriga ega bolganlar bilan suhbatlashishni yoqtirardi. Suqrot bunday odamlarga yol-yolakay savollar berib, ularni gaplashishga majbur qilar, song esa ular bu qadar ishonch bilan fikr yuritayotgan masalada johil ekanliklarini korsatib berardi. Shu bois savollar berish orqali bahs olib borish uslubi Suqrot uslubi, degan nom oldi. Uning asosiy hayotiy qoidasi «Oz-ozingni anglab yet» qoidasi bolgan.

2. O‘rta asr G‘arb falsafasi rivojlanishining umumiy belgilari (apologetika va patristika, sxolastika. Nominalizm va realizm. Foma Akvinskiy ta’limoti).


G‘arbiy Yevropa falsafasida ikki oqim – nominalizm, realizm orasida kurash davom etdi. Realizm – sxolastika, diniy qarashdir. Nominalizm – o‘z davrining progressiv qarashi edi. Ular orasidagi kurash umumiy tushuncha – universallar masalasi uchun kurash edi. Realizm vakili Duns Sko fikricha, tushuncha real mavjud mohiyatga ega, u birlamchi, narsalar ikkilamchi, tushuncha mangu, narsalar vaqtincha. O‘rta asr realizmi idealizmning ifodasi katolitsizm, sxo-lastikaning falsafiy asosi edi. Foma Akvinskiy Aristotel falsafasi orqali xristianaqidalar tizimini nazariy asoslashga urindi. Aristo-telning materialistik, progressiv qarashlarini olib tashladi. F.Akvinskiy shakl bordir, shakl birlamchi, jon o‘lmas, tana esa halok bo‘ladi. 1. Tabiatdan tashqari aql bor. 2. Tabiiy kishini aqli bor. Bu xristianlik falsafasining asosidir, deb fikr yuritdi. Feodalizm davrida falsafa o‘zining yangicha bosqichiga ko‘tarildi. Foma Akvinskiy (1225-1274) katolik dini ideologiyasini ishlab chiqdi. Ya’ni uning ideologiyasida falsafa va dinning maqsadi xudoning mavjudligini isbotlashdir. Undan tashqari jamiyatdagi tengsizlikni ham xudodan, deb biladi. O‘rta asrda diniy ideologiya asosiy hukmron bo‘ldi. Lekin materialistik va ateistik qarasharni tamomila tugata olmadi. O‘rta asrda materializm bilan idealizm o‘rtasidagi qarama-qarshilik realizm bilan nominalizm o‘rtasidagi qarashda ifodalanadi. Nominalistlar fikricha, yakka yakka narsalar, ularning xususiyatlari obyektiv mavjud. Ular birinchi, tushuncha ikkilamchi. Tabiat bo‘lmaganda ularda tushuncha ham bo‘lmasdi. Nominalistlar va realistlar tushunchalarni umumlashtirishning haqiqiy mohiyatini, ya’ni narsa va hodisalardagi mavjud hodisalar bizning ongimizda aks etganligini tushuntirdilar, ammo ayrim va umumiy hodisalar orasidagi bog‘lanishni birga emas, qarama-qarshi qilib qo‘ydilar.
3. G‘arb Uyg‘onish davri va falsafiy tafakkurning rivojlanish xususiyatlari.

XV asr охiri va XVI asr bоshlarida G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida feоdalizm emirilib, kapitalistik ishlab chiqarish munоsabatlari shakllana bоshladi. Yangi geоgrafik yo‘llarning оchilishi ishlab chiqarishni yanada rivоjlantirdi. Bu esa mashina teхnikasini rivоjlantirishga оlib keldi. Ma’naviy hayotda bu davr tabiatni o‘rganishning kuchayishi, cherkоv, din ta’siriga qarshi kurashning avj оlishi, falsafa va bоshqa gumanitar fanlarining ravnaqi bilan tavsiflanadi. Bu davrni оdatda Renessans - Uyg‘оnish davri deb ataydilar. Uyg‘оnish davridan bоshlab fan g‘оyat tez sur’atlar bilan rivоjlana bоshladi Tabiatni ilоhiyatdan хоli qilish ana shu vaqtdan bоshlandi. Yer va osmon jiim mexanikasi, shu bilan birga unga хizmat matematik usullarni kashf etish va takоmillashtirish sоhasida buyuk ishlar qilindi. Bu davrda N, Kоpernik, J. Brunо, I. Kepler, G. Galiley singari mutafakkirlar maydоnga keladi.Pоlyak astrоnоmi Kоpernik (1473-1543 yy.) оlamning geliоtsentrik sistemasini yaratdi. Bu nazariya matematik dunyoqarashi umumiy rivоjining tabiiy ilmiy zamini bo‘ladi.
4.Yangi va eng yangi davr falsafasining ustuvor yo‘nalishlari (F.Bekon, R.Dekart, B.Spinoza, I.Kant, L.Feyyerbax, V.Gegel).

XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr birinchi yarmida G'arbiy Yevropa falsafasidagi irratsionalizmning avjiga chiqishi yangi davr sivilizatsiyasidagi bo‘hron, kapitalizm bo‘hroni Yevropa bo‘ylab tarqalgan ij'timoiy inqiloblarda, birinchi jahon urushi va dunyoni ikki qutbga boiinib ketishi o‘z ifodasini topdi. Bundan tashqari, u mexanistik tabiatshunoslik bo‘hroni, Yangi davming qadriyatlari yo‘nalishi va dunyoqarashi asoslarining natijasi boiib: ssientizm, akademizm, gnoseologizm va “mutlaq tizimlar” tuzilishidagi bo‘hronlar natijasi hamdir. Falsafaning muayyan-tarixiy tabiati nafaqat davr oichovida, balki makon-sivilizatsiya o‘lchovida ham namoyon boiadi. Falsafa o‘z davrininggina emas, balki muayyan sivilizatsiya, muayyan jamiyat, muayyan madaniyatning ham mahsulidir. Masalan, biz G ‘arb va Sharqning falsafiy an’analari, islom, xristian va buddaviylik falsafasi, totalitar va demokratik jamiyatlar falsafalari to‘g‘risida gapirishimiz mumkin. Falsafiy bilimlaming muayyan-tarixiy tabiatini va uning madaniy-ma’rifiy jihatdan bogiiqligini Gegel, K.Marks, O.Shpengler, B.Rassel, K.Yung kabi yevropalik mutafakkirlar, islomiy mutafakkirlar (M.Iqbol, M.Sharif, S.Nasr), hindistonlik faylasuflar (S.Vivekananda, R.Tagor, R.Raju, S.Radxakrishnan), yaponiyalik faylasuf (D.Sudzuki), Lotin Amerikasidan (L.Sea), afrikalik faylasuflar (A.Kagame, L.Sengor) va boshqalar ko‘rsatib o‘tgan edilar. Falsafa shunchaki tarixiy davr mahsuli emas. U mazkur davr mohiyati va asosiy yo'nalish (tendcnsiya)larini nazariy, umumlashgan shaklda ifodalaydi. Gegel falsafani g‘oyalarda tushunilgan davr deb bejiz ta’riflamagan. Falsafa o‘/.ining muammolari va tushunchalar apparatida insoniyat to‘plagan amaliy hamda bilish tajribasini yig‘adi, tabiiy va bashariy borliqning turli tomonlarini anglash bo'yicha qidiruvlami uyg‘unlashtirib birlashtiradi va tizimlashtiradi, zamonning “keskin tomir urishni qayd

4- MAVZU. ONTOLOGIYA – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI

1. Borliq tushunchasi va uning mohiyati


Borliq — obyektiv mavjud reallikni ifodalovchiFalsafiy tushuncha. U moddiy predmet olamidangina iborat emas. Borliq turli darajada namoyon boʻladi: organik va noorganik tabiat, biosfera, ijtimoiy borliq, obyektiv ideal borliq (madaniy qadriyatlar, ilmiy bilimning umumiy prinsiplari, tushunchalari va h.k.), inson turmushi. Borliq falsafa tarixida turlicha talqin qilingan. Yaqin va Oʻrta Sharq falsafasida Kindiy, Farobiy Ibn Sino Umar Xayyom Ibn Rushd kabi mutafakkirlar borliq ni ikkiga — vujudi mumkin va vujudi vojibga boʻladilar. Ularning falsafasida borliqning dastlabki sababchisi Alloh (vujudi vojib), lekin Alloh bilan borliq ni bir-biridan ajratib tasavvur qilib boʻlmaydi, bular sababoqibat shaklida bir-birlari bilan uzviy bogʻliq, degan tushuncha yotadi.
2. Falsafa tarixida borliq muammosi
Falsafa tarixida borliq muammosi. Borliq muammosini falsafiy anglab yetishga ilk urinishlar miloddan avvalgi birinchi ming yillikda vujudga kelgan qadimgi hind va qadimgi xitoy falsafalaridayoq kuzatiladi. Xususan, Vedalar (qadimgi hind tafakkurining ilk yodgorliklari) va ularga diniy-falsafiy sharhlar – Upanishadalarda yaxlit ma'naviy substansiya, o‘lmas jon haqidagi g‘oyalar, shuningdek dunyo haqidagi materialistik va ateistik tasavvurlar o‘z aksini topgan. So‘nggi zikr etilgan tasavvurlarga muvofiq butun borliqning negizini tabiiy asoslar – olov, havo, suv, yorug‘lik, makon, vaqt tashkil etadi.
3. Borliq shakllarining tasnifi: tabiat borlig‘i va ma’naviy borliq, ijtimoiy borliq va inson borlig‘i.

Borliq shakllarining tasnifi: tabiat borlig‟i va ma‟naviy borliq, ijtimoiy borliq va inson borlig‟i. 


Inson barcha jonli narsalar jonsiz narsalardan butunlay farq qilishiga qadimdayoq e‘tibor bergan, lekin buni ancha keyin tushunib ketgan. O‘z navbatida, jonli narsalar dunyosida inson alohida o‘rin egallaydi. U barcha jonli narsalardan butunlay farq qiladi. Insonning bu asosiy farqi uning ongida, ideal obrazlar bilan ish ko‘rish, ya‘ni abstrakt fikrlash va o‘zini fikrlovchijonzotsifatida anglash qobiliyatida namoyon bo‘ladi. SHunday qilib, borliqning umumiy manzarasini yaratish zaminidan notirik tabiat o‘rin oladigan o‘ziga xos‗iramida hosil bo‘ladi. ya‘ni borliqning shakllari notirik tabiat, tirik tabiat, ijtimoiy borliq va inson borlig‘i kabilardir. So‘nggi yillarda virtual borliq shakli haqida fikr yuritilmoqda. Borliqning bu umumiy shakllari o‘ziga xos 
xususiyatga, o‘zining betakror mohiyatiga egadir.
4. Harakat - materiyaning yashash sharti.
Materiya tushunchasi va uning tashkillashuv darajalari. Olamning paydo bo‘lishi va evolyusiyasi. In’ikos nazariyasi va uning darajalari, shakllari. Moddiy ob’ekt tizim sifatida. Harakat - materiyaning yashash sharti. Abadiy harakat, o‘zgarish va harakatsizlikning o‘zaro nisbati. Harakatning tiplari va shakllari. Makon va vaqt - borliqning fundamental shakllari. Falsafa tarixida makon va vaqtga substansional va relyasion yondashuvlar. Ijtimoiy makon va ijtimoiy vaqtda tarix vaqti va davr ruhining mutanosibligi.Borliq shakllarining tasnifi: tabiat borlig‟i va ma‟naviy borliq, ijtimoiy borliq va inson borlig‟i. Inson barcha jonli narsalar jonsiz narsalardan butunlay farq qilishiga qadimdayoq e‘tibor bergan, lekin buni ancha keyin tushunib ketgan. O‘z navbatida, jonli narsalar dunyosida inson alohida o‘rin egallaydi. U barcha jonli narsalardan butunlay farq qiladi. Insonning bu asosiy farqi uning ongida, ideal obrazlar bilan ish ko‘rish, ya‘ni abstrakt fikrlash va o‘zini fikrlovchi jonzot sifatida anglash qobiliyatida namoyon bo‘ladi. SHunday qilib, borliqning umumiy manzarasini yaratish zaminidan notirik tabiat o‘rin oladigan o‘ziga xos ‗iramida hosil bo‘ladi. ya‘ni borliqning shakllari notirik tabiat, tirik tabiat, ijtimoiy borliq va inson borlig‘i kabilardir. So‘nggi yillarda virtual borliq shakli haqida fikr yuritilmoqda.
5-MAVZU. O'ZARO ALOQADORLIK VA RIVOJLANISH QONUN VA KATEGORIYALARI

1. Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi


Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi. SHakllanish, o‘zgarish va rivojlanish tushunchalari.Asrlar mobaynida insoniyat ongida o‘zgarish, rivojlanish, taraqqiyot yoki turg‘unlik kabi jarayonlar tushuncha sifatida shakllanib kelgandir. Dastlab bu g‘oya bir hodisaning vujudga kelishi va boshqasiga aylanishi, shakllanishi haqidagi tasavvur ko‘rinishida uyg‘ongan. Insonlar ongida tarixiy jarayonda hosil bo‘lgan madaniy taraqqiyot, sivilizatsion o‘zgarishlar, jamiyat rivojlanish xususiyatlari, urush va tinchlik omillarining insonlar turmush tarziga ta’siridan olingan tasavvur va tajribalar bu tushunchalar haqidagi bilimlarni boyitdi. Masalan, qadimgi yunonlar dunyoda hamma narsa takrorlanadi va aylanib-aylanib ma’lum muddat o‘tgach «o‘zining dastlabki doirasiga» qaytib keladi, deb hisoblashgan. Dunyo mangu va yaratilmagan, u muayyan siklda takrorlanuvchan xilqatdir. Geraklit: «Dunyo yagonadir va u na biror odam, na biror xudo tomonidan yaratilmagan, u bo‘lgan, bor, bo‘ladi va u mangu alangalanib va so‘nib turuvchi olovdan iboratdir»- deb xitob qilgan edi. Antik falsafaning aksariyat vakillari borliqning doimiy ravishda harakat, o‘zgarish va rivojlanishda bo‘lish g‘oyasini
2. Umumiy o‘zaro aloqa va rivojlanishning dialektik tamoyillari.
Umumiy o‘zaro aloqa va rivojlanishning dialektik tamoyillari. Har qanday konsepsiyaning mazmunini yoritishda uning tamoyillarini tahlil qilish, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi. Dialektika ham bundan mustasno emas. Tamoyillar nima? Falsafiy ma’noda «tamoyil»(prinsip) tushunchasi fundamental qoida,birinchi asosni, biron-bir konsepsiya yoki nazariyaning eng muhim asosini anglatadi. Falsafiy nazariya sifatidagi dialektikaga tamoyillar yaxlit tus beradi, uning qonunlari va kategoriyalarini izchil tizimga . Dialektikaning hozirgi konsepsiyalarida umumiy aloqadorlik va rivojlanish, tarixiylik, sababiylik, tizimlilik kabi tamoyillar muhim rol o‘ynaydi. Quyida bu tamoyillarni tahlil qilamiz. Umumiy aloqadorlik tamoyili. Rang-barang dunyoda har bir ob’ekt ko‘p sonli xossalarga ega bo‘lib, ular boshqa ob’ektlar bilan o‘zaro aloqa jarayonida namoyon bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, har qanday tuzilma boshqa tuzilmalar bilan aloqaga kirishish orqali namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, har bir ob’ekt o‘zga ob’ektlar bilan qonuniy bog‘lanadi va bu ob’ektlar bilan o‘zaro ta’sirga kirishish jarayonida ishtirok etadi.

3. Qonun va uning tasnifi.


Qonun faslafasi huquqning tabiatini, shuningdek, qonunning boshqa normativ tizimlar, ayniqsa etika va siyosiy falsafa bilan aloqasini o'rganuvchi falsafa sohasidir Unda ""QOnun nima?", "Qonuniy asoslilik mezonlari nimada?" va "QOnunning axloq bilan aloqasi qanday?" kabi savollarga javob topishga harakat qiladi. Qonun falsafasi va Yurisprudensiya atamalari ba'zan sinonim tarzda qo'llaniladi, biroq ba'zan yurisprudensiya atamasi iqtisodiyot va sotsiologiya sohalari uchun mos bo'lgan tafakkur tarzlarini ham qamrab oladi Qonun — narsa va hodisalar oʻrtasidagi muhim, zaruriy, barqaror, takrorlanuvchi munosabat. Mazkur munosabat obyektiv voqelikka mansub boʻlsa, u voqelik Qonunlari deb yuritiladi. Voqelik Qonunlarining inson tomonidan oʻrganilib, muayyan nazariy tilgʻa koʻchirilishi fan Qonunlari deyiladi. Shu jihatdan fan Qonunlari voqelik Qonunlarining tafakkurda inʼikos etilishidir. Fan Qonunlari, oʻz navbatida, aks ettiruvchi obʼyektiga koʻra, tabiat Qonunlari, jamiyat Qonunlari, tafakkur Qonunlariga boʻlinadi. Tasodifiy yoki oʻtkinchi munosabatlar esa Qonunni asoslashga yetarli emas. Zaruriylik Qonunning muhim belgisidir, chunki undan kelib chiqadigan natijalarning yuz berishi muqarrardir. Qonun tushunchasining mohiyati qonuniyat tushunchasiga yaqin turadi. 

4. Falsafaning asosiy qonunlari.


Tabiat qonunlari yer yuzida inson bo’lmagan davrda xam mavjud bo’lgan. Jamiyat qonunlari esa inson faoliyati natijasida paydo bo’lgan shart – sharoitlar bilan bog’liq ravishda yuzaga kelgan. Jamiat qonunlari kishilarning ijtimoiy munosabatlaridagi eng umumiy, muxim bog’lanishni ko’rsatadi. Yana bir farqi shuki, jamiyat qonunlariga nisbatan tabiat qonunlari asti-sekinlik bilan o’zgarib boradi. Ijtimoiy qonunlar esa ma’lum davr mobaynida amal qilgandan so’ngra, o’z-o’rni yangi qonunlarga bo’shatib beradi, ba’zilari o’z kuchini yuqotadi. Xarakat qilish doirasiga qarab qonunlar: eng umumiy, umumiy va xususiyga bulinadi. Moddalarning saqlanishi va aylanishi qonuni, energiyaning bir turdan ikkinchi turga o’tishi qonuni umumiy qonunlarga, xususiy qonunlarga esa, masalan kulon qonuni kabilar qiradi.
Miqdor o’zgarishda sifat o’zgarshga o’zora o’tish qonuni
 M IQDOR VA SIFAT O ZGARISHLARINING BIR - BIRIGA O TISH QONUNI. Miqdor ozgarishlarining sifat ozgarishlariga otish qonuni falsafaning asosiy qonunlaridan biridir. Bu qonunning moxiyati shundan iboratki,narsa va xodisalardagi sezilarli bolmagan mikdoriy ozgarishlar asta sekin toplana borib, tarakkiyotning malum bir bosqichida meyorni buzadi va sakrash yoli bilan tub sifat ozgarishlariga olib keladi.
Qarama-qarshlar birlgi va kurashi qonuni
Q ARAMA - QARSHILIKLAR BIRLIGI VA KURASHI QONUNI. Qarama-qarshiliklar birligi va kurash qonuni bilish jarayonida xam oz ifodasini topadi. Malumki, bilish jarayoni bir biriga uzviy boglik bolgan xissiy va ratsional bilishdan iboratdir. Xissiy bilish orkali inson narsa va xodisalarning faqat tashqi tomonlari va xususiyatlari togrisida malumot oladi, mavxum tafakkur orqali esa ularning ichki munosabatlarini belgilovchi qonuniyatlarni biladi. Bu yerda xissiy va ratsional bilish bir jarayonning ikki ajralmas, ammo bir biridan farq qiluvchi muxim tomonlaridir. Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonunining umumiylik xususiyati moddiy dunyodagi xamma narsa va xodisalarga xos ekanligidagina emas, balki ziddiyatlar narsa va xodisalarga, ularning paydo bolishidan tortib xalok bolishigacha boshidan oxirigacha singib ketgan.
Inkorni inkor qonuni
 INKORNI INKOR QONUNI. Inkorni inkor qonuniga muvofiq obektiv voqelikdagi narsa va xodisalarning rivojlanishi jarayonida eskining yangi tomonidan inkor qilish roy beradi. Birok eskilik butunligicha inkor qilinmay, undagi ijobiy tomonlar saqlanib qoladi. Metafizik yonalish inkorning ijodiy yaratuvchanlik rolini tan olmaydi. Bundan farqli ularoq, dialektik qarash eski narsani yangi narsa inkor qilishini takidlaydi. Xar bir jarayon inkor qilish jixatiga ega. Ichki zidiyatlar tufayli tarakkiyot jarayonini ertami kechmi eski narsaning yemirilishiga va yangi narsani vujudga kelishiga olib keladi.
Yüklə 61,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin