Mavzu: falsafa uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli reja: 1



Yüklə 262,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix19.05.2023
ölçüsü262,48 Kb.
#117397
1   2   3   4   5   6   7   8
Turgunov Sh

atvorni belgilash funksiyalari mujassamlashadi.
Dunyoqarashning bilish funksiyasi insonda qiziqish uyg‘otuvchi barcha 
savollarni, shuningdek muayyan yo‘l bilan topuvchi javoblarni o‘z ichiga oladi
Bilish odamlar dunyoqarashini boyitadi va kengaytiradi, u jamiyatning 
rivojlanishiga qarab yanada teranroq va mazmunan boyroq bo„lib boradi.
Dunyoqarashning qadriyatlarga munosabat funksiyasi – insonnning 
hayotni va o‘zini oliy qadriyat deb hisoblagan holga shakllanadi. Zero, o‘z qadrini 
bilmagan inson o‘zgalar qadrini bilmaydi va hayotda o‘z o‘rnini topa olmaydi.
Dunyoqarashninng xulq atvorni belgilash funksiyasi – insonda o‘z-o‘zini 
tarbiyalash, ma’naviy madaniyatini takomillashtirish va faqat o‘zining ma’naviy 
dunyosiga munosib muhit tanlash malakalarini shakllantiradi.. 
Ammo dunyo juda rang-barang bo„lib, muttasil o„zgarish jarayonini 
boshdan kechiradi, qoniqarli javoblarga ega bo„lmagan savollar esa, uzil-kesil 
javob berish mumkin bo„lgan savollarga qaraganda, ko„proqdir. Shu bois
muammolarga nisbatan muayyan tarzda yondashadigan har bir odamning 
dunyoqarashi, savollari va javoblari doim shaxsiy o„ziga xoslik bilan ajralib turadi 


va hech bo„lmasa shu sababga ko„ra boshqa odamlar dunyoqarashiga hech qachon 
o„xshamaydi.
Dunyoqarashda intellektual, emotsional va ruhiy asoslar uzviy bog‘liq 
bo‘lib, , ular jamuljam holda har bir inson uchun mutlaqo muayyan, individual 
xususiyatlar sifatida amal qiladi.
Intellektual, emotsional va ruhiy asoslar iroda bilan uyg„unlikda e‟tiqodlar 
– odamlar faol qabul qiladigan, ularning ong darajasi va hayotdagi mo„ljallariga 
mos keladigan qarashlarni yuzaga keltiradi.
Dunyoqarashning muhim elementi shubha bo‘lib, u insonni dogmatizm
ya’ni biryoqlama, notanqidiy fikrlash, u yoki bu qoidani shak-shubhasiz haqiqat 
deb qabul qilishdan asraydi. Dogmatizmning qarama-karshisi skeptitsizm bo„lib, 
bunda shubha mutlaqlashadi, fikrlashning asosiy omiliga aylanadi, bilish va 
borliqni idrok etishning bosh tamoyili sifatida amal qiladi.

Yüklə 262,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin