Mavzu: falsafiy antropologiya (inson falsafasi) reja


Hayotning mazmuni va insonning vazifasi



Yüklə 104,43 Kb.
səhifə7/11
tarix29.12.2021
ölçüsü104,43 Kb.
#48784
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
xushnud falsafa

Hayotning mazmuni va insonning vazifasi. Inson hayotning tezoqarligini yodda tutishi, uning shomini kuzatishi, odamzod hayotining bebaholigi haqida o‘ylashi, o‘lim haq ekanligini unutmasligi lozimligi haqidagi fikrlarga biz falsafa fani shakllanish jarayonining ilk bosqichidayoq, G‘arb falsafiy an’anasida ham, Sharq falsafasida ham duch kelishimiz mumkin. SHundan beri o‘tgan ikki yarim ming yildan ko‘proq vaqt mobaynida bu borada deyarli hech qanday o‘zgarish yuz bergani yo‘q, zero, avvalgidek, odamzodning hayot yo‘li tug‘ilish vao‘lish sanalari bilan chegaralanadi. SHuningdek, birinchi sana doim muayyan, aniq bo‘lsa, ikkinchi sana inson umrining oxirgi soniyalarigacha mavhum bo‘lib qoladi. Ayni shu sababli hayotning mazmuni muammosi har bir inson qarshisida ertami-kechmi ko‘ndalang bo‘ladi va u o‘ziga aniq va uzil-kesil javob topish mumkin bo‘lmagan savollarni beradi. «Bu dunyoda nima uchun yashayapman», deb so‘raydi o‘zidan inson va agar bu savolga o‘zi javob bermasa, o‘z hayotiga muayyan mazmun baxsh etmasa, bu ishni uning o‘rniga hech kim va hech qachon bajarmasligini vaqto‘tishi bilan anglay boshlaydi. Abadiyat qarshisida, o‘lim qarshisida har kim, oxir-oqibatda, o‘zi bilan o‘zi tanho qoladi. Albatta, jamiyatda inson o‘zini bu darajada yolg‘iz his etmaydi, biroq, ekzistensialistlar fikriga ko‘ra, bu hol toki inson boshqalarning ham o‘z hayoti borligi va ular ham o‘z hayotining mazmuni va o‘zining vazifasi haqidagi o‘ta shaxsiy muammolarni mustaqil echish zaruriyati qarshisida turganini anglab etgunga qadar davom etadi. Bundan ekzistensializm falsafasida yolg‘izlik muammosi kelib chiqadi. Aslida, mazkur muammo falsafiy antropologiyada ham inson borlig‘i tahlilidagi bosh muammolardan biri hisoblanadi.


Yüklə 104,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin