Mavzu: fantastik adabiyot tabiati mundarija kirish



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə9/10
tarix14.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#130393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
FANTASTIK ADABIYOT TABIATI ....

Xulosa

Birinchidan, ilmiy fantastika janri dastlab G`arbiy Yevropada, XIX asrda Jyul Vernning asarlari bilan “ilmiy romanslar” nomi ostida jahon adabiyotiga kirib keldi. Ingliz adabiyotida Gerbert Vells ilmiy fantastika sohasini


rivojlantirib, bu sohada katta burilish yasadi. Mavzular xilma xilligini kiritib, ilmiy fantastikaga ijtimoiy muammolarni olib kirdi va ilmiy fantastika janrini boyitib, quyidagi subjanrlarni olib kirdilar: Kosmosga sayohat, Vaqt mashinasi bilan sayohat, Parallel olamlar va Insoniyatning mutatsiyaga uchrashi
Ikkinchidan, mazkur janr AQSh va Buyuk Britaniyada ancha ertaroq paydo bo`lgan va 1939-1949-yillar ilmiy fantastika janrining “oltin davri” deb yuritilgan. A.Azimov, Rey Bredberri, Robert Haylayn va Artur Klark kabi yozuvchilar bu janrning eng yirik namoyondalaridan sanalishadi.
Uchinchidan, 1990-yillardan boshlab, ilmiy fantastika nafaqat kitoblarda, balki medianing barcha turlari radio, televideniye, video o`yinlarida paydo bo`lgan.
To`rtinchidan, O`zbek adabiyotida ilmiy fantastika janri XX asr paydo bo`lgan va bu janr “ilmiy taxayyulot” deb nomlanadi. A.Fitrat, A.Qahhor, X.Do`stmuhammad singari yozuvchilarning asarlarida ilmiy fantastika yo`nalishining elementlarini ilk marotaba uchratamiz. Zamonaviy o`zbek adabiyotida A.Svistunov, Galina Vostokova, Abduqayum Yo`ldoshev, Abduhakim Fozilov, Ariadna Vasilyeva va Eljon Abbasovlar ilmiy fantastika yo`nalishida ijod qilishadi.
Beshinchidan, A.Azimov ingliz adabiyotida ilmiy fantastikaning yorqin namoyondasi bo`lib, bu janrda 500dan ziyod asarlar yaratgan. U o`z asarlari bilan robot texnikasi va robotshunoslik sohalariga asos solgan.
Oltinchidan, XX asrning 60-yillarida o`zbek adabiyotida ilmiy fantastika mustaqil janr sifatida shakllandi. Mustaqil janr bo`lib shakllanishida H.Shayxovning katta xizmatlari bor. Shayxov shu davrda unumli ijod qilib, ko`plab hikoyalar to`plamini chop etdi. Uning “Tutash taqdirlar” va “Ikki jahon ovorasi” romanlari o`zbek adabiyotidagi ilk mistik romanlardan hisoblanadi. Uning asarlarida ruhiyatimiz, bizga tutash bo`lgan olamlar va ruh bilan bog`liq hodisalar yoritiladi.
55

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin