Mavzu: Faoliyatning psixologik nazariyasi. Mundarija : I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 52,85 Kb.
səhifə2/17
tarix17.06.2023
ölçüsü52,85 Kb.
#132067
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Nigoraning kurs ishisi

Asosiy qism.
Faoliyat tushunchasi psixologiyada faoliyat yondashuvi
Ehtiyojlar o`z predmetining xususiyatiga ko`ra moddiy va ma`na-viy boiishi mumkin. Moddiy ehtiyojlarda kishining moddiy madani-yat predmetlariga qaramligi (ovqatlanishga, kiyinishga, uy-joyga, maishiy turmush ashyolariga va boshqa narsalarga ehtiyoj sezishi), ina`naviy ehtiyojlarda esa ijtimoiy ong mahsuliga tobeligi ifodalanadi. Ma`naviy ehtiyojlar ma`naviy madaniyatni yaratish va o`zlashtirishda o`z aksini topadi.Ma`naviy ehtiyojlar moddiy ehtiyojlar bilan uzviy bogiiqdir. Ma`naviy ehtiyojlarni qondirish uchun moddiy ehtiyojlar predmeti hisoblanmish moddiy narsalar (kitoblar, gazetalar, yozuv va nota qog`ozlari va shu kabilar) talab qilinishi, shubhasiz.
Ehtiyoj laming qondirilishi bilan bog`liq boigan faoliyatga undov-chi va uning yo`nalishini belgilovchi sabablar motivlar deyiladi. Unda subyektning faolligi namoyon boiadi.
Turli kasb egalari faoliyati motivlarini o`rganishda motivlar xu-susiyatini bilish va ularni o`zgartirish muammosi ahamiyatga ega.
Shunday motivlardan biri turli xil faoliyat sohalarida muvaffaqiyatga
erishish motivi bo`lib, bunday nazariyaning asoschilari amerikalik olimlar D. Maklelland, D. Atkinson va nemis olimi Xekxauzenlar hisoblanadi. Ularning fikricha, odamda turli ishlarni bajarishni ta`minlovchi, asosan ikki turdagi: muvaffaqiyatga erishish hamda muvaffaqiyatsiz-liklardan qochish motivi bor. Odamlar ham u yoki bu faoliyatga kirishishda qaysi motivni mo`ljallashlariga qarab farqlanadi. Masalan, faqat muvaffaqiyat motivi bilan ishlaydiganlar oldindan ishonch bilan shunday ish boshlaydilarki, nima qilib bo`lsa ham, yutuqqa erishish ular uchun oliy maqsad hisoblanadi. Ular hali ishni boshlamay turib, yutuqni kutadilar va shunday ishni amalga oshirsa, odamlar ularning barcha harakatlarini ma`quUashlarini biladilar. Bu yo`lda ular nafaqat o`z kuch va imkoniyatlarini, balki barcha imkoniyatlar - tanish-bilishlar, mablag` kabi omillardan ham foydalanadilar.
Boshqa xulq-atvorni muvaffaqiyatsizlikdan qochish motiviga ta-yangan shaxslarda kuzatish mumkin. Masalan, ular birinchilardan farqli o`laroq, ishni boshlashdan avval nima bo`lsa ham, muvaffaqi-yatsizlikka duchor bo`lmaslikni o`ylaydilar. Shu tufayli, ularda ko`p-roq ishonchsizlik, yutuqqa erishishga ishonmaslik, pessimizmga o`x-shash holat kuzatiladi. Shuning uchun bo`lsa kerak, oxir-oqibat ular baribir muvaffaqiyatsizlikka uchrab, «o`zi sira omadim yurishmaydi-gan odamman-da» degan xulosaga keladi.
Hayvonning xatti-harakati hamisha u yoki bu ehtiyojni qondirish-ga bevosita yo`naltirilgan bo`ladi. Ehtiyoj hayvonni faqat faollikka undab qolmasdan, balki ushbu faollikning shakllarini ham belgilaydi. Odamning xulq-atvori esa butunlay boshqacha tarkib topgandir.
Asl ma`nodagi ehtiyojning o`zi emas, balki uni qondirishning ja-miyatda qabul qilingan usullari xatti-harakatning shakllarini keltirib chiqaradi. Agar hayvonlarning xatti-harakati butunlay atrof muhit bi­lan belgilansa, kishining faolligi uning ilk yoshlaridanoq butun insoni-yat tajribasi va jamiyat talablariga ko`ra yo`naltirib boriladi.
Faoliyat kishining anglanilmagan maqsad bilan boshqarib turadi-gan ichki (psixik) va tashqi (jismoniy) faolligidir. Faoliyat bilish va iroda bilan chambarchas bog`liq bo`lib, ularga tayanadi, bilish va iro-daviy jarayonlarsiz uning yuz berishi mumkin emas.
Faoliyat voqelikka nisbatan faol munosabat bildirishning shunday bir shakiidh`ki, u orqali kishi bilan uni qurshab turgan olam o`rtasida real bog`ianish hosil qilinadi. Odam faoliyat orqali tabiatga, nairsalar-ga, boshqa kishilarga ta`sir ko`rsatadi.
Faoliyatning bitta oddly joriy vazifani bajarishga yo`naltirilgan, nisbatan tugallangan har bir shunday qismini harakat deb atash mumkin.
Harakat qay yo`sinda nazorat qilib boriladi? Bu o`rinda ko`p narsa aniqlangan emas. Bu, Shubhasiz, sezgi a`zolari (ko`rish, eshitish, mu-shaklar sezgisi) vositasidagina ro`y berishi mumkin.
Ko`rib turganimizdek, ushbu barcha moTjallar sa`y-harakatlarni harakat maqsadiga muvofiq tarzda belgilaydi. Kishining maqsadi ko`pincha muayyan vaqt ichida va harakatlar yordamida erishishi mumkin bo`lgan narsalardan iborat bo`ladi. Dernak, maqsad miyada faoliyatning bo`lajak natijasining timsoli, o`zgarib turadigan andazasi tarzida namoyon bo`ladi. Aynan o`sha orzu qilingan (ehtiyoj sezilsa) bo`lg`usi andaza bilan harakatning amaldagi natijalari taqqoslanadi,
aynan o`sha andaza sa`y-harakatlarning shakl-shamoyilini belgilab va
to`g`rilab turadi.
Tashqi, real harakatdan ichki, timsoliy harakatga bu xildagi o`tish jarayonini interiorizatsiya (torn ma`noda aytganda, ichki tarzga ay-lanish) deb ataladi. Interiorizatsiya tufayli kishi psixikasi ma`lum bir vaqt ichida e`tiborda bo`lmagan narsalarning tirnsolidan foydalanish qobiliyatiga ega bo`ladi. Kishi muayyan daqiqa chegaralaridan tashqa-riga chiqib «xayqlida» o`trnishga va kelajakka, vaqtga va bo`shliqqa erkin ko`chib o`tadi.
Psixologiya interiorizatsiyaning qanday yuz berishini barcha jihat-lariga qadar to`liq bilmaydi. Lekin shu narsa aniq isbot qilinganki, bunday o`zgarishning muhim quroli bo`lib so`z, o`zgarish vositasi bo`lib esa nutqiy faoliyat xizmat qiladi. So`z buyumlarning muhim xossalarini va axborotdan foydalanishning insoniyat amaliyotida yuzaga kelgan usullarini belgilaydi va o`zida mujassamlashtiracli. Shu­ning uchun ham so`zlarni to`g`ri ishlatishga o`rganish ayni chog`da buyumlarning muhim xususiyatlarini va axborotdan foydalanishning usullarini o`zlashtirishdan iboratdir.
Kishi faoliyatining tashqi (jismoniy) va ichki (psixik) jihatlari chambarchas bog`liqdir. Tashqi jihat - odam tashqi olamga ta`sir ko`r satish uchun qiladigan sa`y-harakatlar - motivlashtiruvchi, bilishga undovchi va boshqaruvchi ichki (psixik) faoliyat bilan belgilanadi va yo`naltiriladi. Ikkinchi tomondan, butun ana shu ichki, psixik faoliyat buyumlar va jarayonlarning xususiyatlarini o`zida namoyon qiladigan, ularning maqsadga muvofiq tarzda qayta o`zgartirilishini amalga oshiradigan, psixik andazalarning o`xshashlik darajasini, shuningdek erishilgan natijalar va harakatlarning kutilganlariga muvofiqligi dara­jasini ko`rsatadigan tashqi jihat tomonidan yo`naltirilib va nazorat qilib turiladi.
Shunga muvofiq tarzda tashqi, muayyan faoliyatni ham ichki, psixik faoliyatning eksterizatsiyalashuvi (torn ma`noda ichki tarzda aylanishi) deb qarash mumkin.
Shunday qilib, faoliyat haqida gapirish mumkin bo`lishi uchun ki-shi faolligida anglanilgan maqsadning mavjudligini aniqlash lozim. Faoliyatning barcha qolgan jihatlari - uning motivlari, bajarilish usul-lari, tegishli axborotni tanlash va qayta ishlash anglanilgan bo`lishi ham, anglanilmagan bo`lishi ham mumkin.
Har qanday harakatning tahlil etilgan jihatlarini tegishli tarzda uning motor (harakat), sensor (emotsional) va markaziy qismlari deb atash mumkin. Shunga muvofiq, ushbu qismlarning harakatini amalga oshirish jarayonida bajariladigan vazifalarni ijro etish, nazorat qilish va boshqarib turishda foydalanadigan yoi-yo`riqlar ushbu faoliyat­ning usullari deb ataladi.
Kishida maqsadga muvofiq tarzda sa`y-harakatlarni ijro etish va boshqarishning aynan shu tarzda avtomatiashuvi malaka deb ataladi. Malaka mashq qilish jarayonida ish-harakatlarni bajarishning avtomat-lashgan usullari hisoblanadi.

Yüklə 52,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin