Fayzulla Xo'jayev (1896- 1937). Atoqli davlat va siyosati arbobi, Buxoro jadidchiligining faol ishtirokchisi partiyasining rahbarlardan biri Fayzulla Xo'jayev 1896 yili Buxoro shahrida yirik savdogar oilasida tug'ilgan. U yoshligida eski maktabni bitirib Buxoro madrasasida o'qigan. 1907-1912 yillarda Fayzulla Xo'jayev Moskvada shaxsiy o'qituvchilardan ta'lim oladi. 1913 yilda jadid sifatida faoliyat ko'rsatadi va xalq orasida ma'rifat tarqatish bilan shug'ullanadi. 1917 yildan partiyasi tashkilotchilaridan biri bo'ladi. Buxoro jadidlari so'l qanotining inqilobiy ruhdagi a'zolaridan bo'lib 1920 yilda Buxora amirini taxtdan axdarishga harakat qiladi. 1920 yilda Turkiston muhjirlikda bo'lib, partiyasining Turkiston byurosini tashkil qilgan. Fayzulla Xo'jayev tomonidan tuzilgan partiyaning dasturi shariat asosida bo'lib xalqning milliy an'analarini va o'ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olgan. Buxoro amiri taxtdan axdarilgach, hokimiyat yosh buxoroliklar qo'liga o'tdi va Fayzulla Xo'jayev hukumat rahbari yetib saylandi. U bu lavozimda Buxoroda xalq demakratik respublikasini tashkil etish hamda mustaqil siyosat olib borishga Rossiya va Xorijiy mamlakat bilan teng muloqot qilishga intilgan. 1922 yilda Germaniyaga chet el savdo namoyandalari va yirik savdo kompaniyalari bilan shartnoma tuzishga borgan. 1925 yilda Fayzulla Xo'jayev O'zbekiston xalq nozirlari kengashining raisi etib saylandi. O'z faoliyatida o'zbek xalqining iqtisodiy va madaniy ravnaqiga xizat qilishga intildi. Fayzulla Xo'jayev Sovet tuzumi tomonidan ning faoliyatini cheklash siyosatiga qarshi chiqdi. U uzoq yillar davomida markazning tazyiqi ostida ishlashga majbur bo'ldi. 1926 yilda jadidlar tarixiga bag'ishlangan kitobi uchun kompartiya tomonidan qattiq ta'qibga olindi. Fayzulla Xo'jayev hukumat rahbari sifatida O'zbekiston xo'jaligi (paxtachilk, irrigasiya, kapital qurilishi, chorvachilik) ni rivojlantirishga maorif va madaniyatni ravnaq toptirishga harakat qildi. Fayzulla Xo'jayev 1937 yili qatag'on qilinadi.