«Harakat bildirgan so‘zlar» 1-sinf «Shaxs va narsalarning harakatini
bildirgan so‘zlar» (2-sinf) mavzulari o‘tiladigan darsni kuzatish bo‘yicha
ko‘rsatmalar
Darsning yangi mavzu o‘rganiladigan qismi bo‘yicha
1. Harakat bildirgan so‘zlarni ma’nosiga ko‘ra farqlashga o‘rgatilish.
2. Harakat bildirgan so‘zlarni gap, matn tarkibidan so‘roqlari (nima qildi? nima
qilyapti? nima qilmoqchi?) yordamida aniqlay olish.
3. Harakat bildirgan so‘zlarni shaxslarning harakatini narsalarning harakatini
bildirishini anglashlari borasida ishlar.
4. O‘quvchilarning harakat bildirgan so‘zlarni biror yo‘nalishda (shaxsni harakatni
bildiradigan so‘zlar; narsalarning harakatini bildiradigan so‘zlar; ma’nodosh,
shakldosh fe’llar va hokazo) guruhlashga o‘rgatish.
5. Harakat bildirgan so‘zlarni talaffuzi va imlosi ustidagi ishlar.
6. O‘quvchilarning muayyan harakatining nimaning (ilonning yoki pashshaning
harakati ekanligini ajrata bilish.
Dostları ilə paylaş: |