Kapitalistik munosabatlarning shakllanish davrini manufaktura ishlab chiqarishi va dastlabki kapital jamg'arilishi bilan bog'lash mumkin. Bu davr XIV-XV asrlarni o'z ichiga oladi, ya'ni yer egaligi susayishi bilan bog'liq. Eski feodal muosabatlar yemirilib, yangi burjua-kapitalistik munosabatlar tug'ila boshladi
Lekin dehqonlarning o'z yerlaridan siqib chiqarilishi, mustamlakachilik, iqtisodiy ekspansiya, urushlar oddiy xalqqa katta ofat keltirdi. Oqibatda kapitalizmning shakllanishi bilan uni tanqid qilish ham boshlanadi, buni ilk sotsial-utopistlar Tomas Mor (1478-1535) va Tommaze Kampanella (1568-1639) amalga oshirdi.
Tomas Mor
“Utopiya” asarida Angliyada dastlabki kapitalning jamg'arilishi jarayonida dehqonlarning ommaviy qashshoqlanishi jarayonini aks ettirgan
Qirolni ingliz cherkovining Oliy boshlig'i deb qasamyod qilmaganligi uchun T. Mor davlat xoini sifatida qatl etilgan
Tommaze Kampanella
Neapol (Italiya) mehnatkashlarining qashshoqligini ko'rgan. U o'zining «Oftob shahri (1602-yilda yozilgan, 1623-yilda chop etilgan) kitobida zolimlarning shohona hayotini tanqid qiladi
ijtimoiy mulkchilik mavjud, hammaning mehnat qilishi zarur, mashina mehnati tufayli ish kunlari cheklangan (4 soat), aqliy mehnat jismoniy mehnat bilan almashtirib turiladi, bunda hunarmandchilik, chorvachilik va dehqonchilik bilan nisbatan tekis shug'ullanish shart qilib qo'yiladi, tekis, pulsiz taqsimot amalga oshiriladi
Faylasuflaming bergan bahosiga ko'ra, bu olimlarning jamiyati xomaki ishlangan qo'pol kommunizmdir. Ular asosan, hunarmandchilik va dehqonchilikka asoslangan tenglashtirish xususiyatiga ega.
Ammo shunisiga e'tibor beringki, bu kishilar har jihatdan ta'minlangan, bilimli davlat arbobi bo'lganlar, kommunistik jamiyat g'oyasi K.Marks va F.Engelslarninggina g'oyasi emasligini ham eslatib o'tish zarur
Xayoliy sotsializm to'g'risidagi dastlabki g'oyalar Osiyoda Abu Nasr ibn Muhammad Forobiy (870-950, 2- muallim), Germa-niyada Tomas Myunser (1420-1525)lar tomonidan ham ilgari surilgan
Dostları ilə paylaş: |