Mavzu: Filosofiya turmush tarzi va dunyoni anglash usullari



Yüklə 183,57 Kb.
tarix18.05.2023
ölçüsü183,57 Kb.
#116676
falsafa 1

Mavzu:Filosofiya turmush tarzi va dunyoni anglash usullari


Falsafa (yunoncha φιλοσοφία — „donishlikni sevish“, yunoncha φιλέω — „sevaman“ va yunoncha σοφία — „donolik“) — eng umumiy fan (nazariya), dunyoqarash shakllaridan biri boʻlib inson faoliyati sohalaridan biri. U kishi qanday yashashi, hayot kechirishi kerak (etika); qaysi narsalar mavjud va ularning tabiati qanday (metafizika); bilim nima (epistemologiya); hamda qanday fikrlash toʻgʻri (mantiq) ekanligini hal qilishga urinadi.
Falsafa, filosofiya — insonning dunyoda tutgan oʻrni va dunyoqarashining yaxlit tizimini ifodalovchi maʼnaviy faoliyatining bir shakli. Milodiy 2—3-asrlarda oʻtgan yunon faylasufi Diogen Laertskiyning shohidlik berishicha, yunon mutafakkiri Pifagor birinchi boʻlib oʻzini „filosof“ deb atagan. Bu soʻz Geraklitning falsafiy taʼlimotida narsalarning tabiatini tadqiq etishga nisbatan qoʻllanilgan, tadqiqotchining oʻzi esa „filosof“ deb atalgan. Keyinchalik „filosof“ soʻzi har taraflama, keng, tushunarli va haqqoniy fikr yuritishga intiluvchi kishiga nisbatan qoʻllanilgan. 
Tarixiy maʼlumotlar yunoncha „philosophia“ soʻzi arabchaga „falsafa“ boʻlib oʻtganligi, arablar bu fanni „hikma“ deb atashi, ruschaga „filosofiya“ tarzida oʻtganligini tasdiqlaydi, demak falsafa bilan filosofiya soʻzlari bir xil maʼnoga ega.
F.ga haqiqatga eltuvchi taʼlimot sifatida yondashgan sokratchilar maktabi vakillari nuqtai nazaridan kurasak, „haqiqatga muhabbat“, „haqiqatni sevish“ degan maʼno kelib chiqadi.
F.ni fan darajasiga olib chiqqan Platon uni „mavjudlikni, mangulikni va doimiylikni bilish“, Aristotel „narsalarning sabablari va asosiy tamoyillarini tadqiq etuvchi fan“ deb bilgan, stoiklar uni nazariy va amaliy tafeilotlarga intilish deb, epikurchilar unga „aql vositasida baxtga erishish yoʻli“ deb qaragan. Forobiy F.ni „hikmatni qadrlash“ yoki fikrlash sanʼati deb bilgan. Oʻrta asrlar xristian F.sida u „tabiiy akl nuri vositasida erishiladigan dunyoviy donolik“ (teologiya esa ilohiylik nuri vositasida erishiladigan ilohiy donolik) deb taʼriflangan
Yüklə 183,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin