3. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasining afzalliklari va istiqbollari.
Hamkorlikda o’qitish g’oyasi turli mamlakatlardagi, jumladan, Amerikadagi J.Xopkins universiteti professori – R.Slavin (1990), Minnesot universiteti professori – R.Jonson, D.Jonson (1987), Koliforniya universiteti professori – SH.SHaron (1988), tomonidan ishlab ishlab chiqilgan. Amerika olimlari tomonidan ishlab chiqilgan hamkorlikda o’qitish, asosan o’quvchilarda DTS va fan dasturida qayd etilgan bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish, Isroil va Evropa olimlari tomonidan tavsiya etilgan hamkorlikda o’qitish, yuqorida qayd etilganidek, ko’proq o’quvchilar tomonidan o’quv materialini qayta ishlash loyihalash faoliyatini rivojlantirish, o’quv bahsi va munozaralar o’tkazishni nazarda tutadi. Mazkur g’oyalar bir-birini to’ldiradi, didaktik jihatdan boyitadi va bir-birini taqozo etadi.
Hamkorlikda o’qitish g’oyasi didaktikada 1970 yillarda paydo bo’lgan. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi Buyuk Britaniya, Kanada, Germaniya, Avstraliya, Niderlandiya, YAponiya, Isroil mamlakatlari ta`lim muassasalarida keng qo’llanila boshlagan.Hozirgi kunda bizning mamlakatimizda ham hamkorlikda o’qitishdan keng foydalinilmoqda. Hamkorlikda o’qitishning asosiy g’oyasi – o’quv topshiriqlarini nafaqat birgalikda bajarish, balki hamkorlikda o’qish o’rganishdir. Hamkorlikda o’qitish har bir o’quvchini kundalik qizg’in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o’rgatish, shaxs sifatida onglilik, mustaqillikni tarbiyalash, har bir o’quvchida shaxsiy qadr qimmat tuyg’usini vujudga keltirish, o’z kuchi va qobiliyatiga bo’lgan ishonchni mustahkamlash, tahsil olishda mas`uliyat hissini shakllantirishni ko’zda tutadi.
Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi har bir o’quvchining tahsil olishdagi muvafaqqiyati guruh muvafaqqiyatiga olib kelishini anglagan holda mustaqil va sidqidildan aqliy mehnat qilishga, o’quv topshiriqlarini to’liq va sifatli bajarishga o’quv materialini puxta o’zlashtirishga, o’rtoqlariga hamkor bo’lib, o’zaro yordam ubshtirishga zamin tayyorlaydi.
Psixolog A.V. Petrovskiy jamoadagi shaxslararo munosabatlar faoliyatdan kelib chiqishini o’rganib, ta`lim jarayonidagi o’qituvchining o’quvchilar bilan hamkorligini tashkil qilish faqat ularni muloqotga ehtiyojini qondirish vositasi emas, balki o’quv materialini o’zlashtirishning ham vositasi ekanligini ta`kidlagan edi.
O’zaro hamkorlikning muhim omili va o’quvchilarning o’zaro munosabati xususiyatini belgilovchi asos o’qituvchi bilan o’quvchi hamkorligining shakllaridir. Hamkorlikdagi o’quv faoliyati o’qituvchi va o’quvchi munosabatlarining va birgalikdagi xatti-harakatlarining alohida turidirki, u o’zlashtirish ob`ektini, bilim faoliyatining barcha qismlarini qayta qurishni ta`minlaydi.
Hamkorlikdagi o’quv faoliyatining maqsadi o’zlashtiriladigan faoliyat va birgalikdagi harakatlar, munosabat va muloqotning boshqarish mexanizmini yaratishdir. Hamkorlikdagi faoliyatning mahsuli o’quvchilar ilgari surgan yangi g’oyalar va o’zlashtirilayotgan faoliyatning mohiyatiga bog’liq maqsadlar va sheriklikdagi shaxs pozitsiyasini boshqarish istaklarining yuzaga kelishidir.
Hamkorlikdagi faoliyat usuli deganda, o’qituvchi bilan o’quvchining birgalikdagi hatti-harakatlarining tizimini tushunish kerak. Bunday xatti-harakat o’qituvchining o’quvchiga ko’rsatadigan yordamidan boshlanadi;
O’quvchilarning faolligi asta-sekin o’sib borib, butunlay ularning o’zi boshqaradigan amaliy va aqliy harakatiga aylanadi; o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi munosbata esa sheriklik pozitsiyasi xususiyatiga ega bo’ladi.
Pedagogika – psixologiya fanida hamkorlikning 8 ta shakli mavjud. Ular quyidagilardan iboratdir:
faoliyatga kirish;
mustaqil harakatlarni o’qituvchi bilan o’quvchi hamkorlikda bajaradilar;
o’qituvchi harakatni boshlab beradi va unga o’quvchini jalb etadi;
taqlid harakatlari (o’qituvchidan ibrat olgan o’quvchi ana shu namuna asosida harakat qiladi);
madad harakatlari (o’qituvchi o’quvchiga oraliq maqsadni va unga erish usullarini tanlashda yordam beradi va oxirgi natijani nazorat qiladi);
o’zini – o’zi boshqarish harakatlari (o’qituvchi umumiy maqsadni ko’rsatishda oxirgi natijani baholashda ishtirok etadi);
o’zini – o’zi ko’rsatuvchi harakatlar;
o’zini – o’zi uyushtiruvchi harakatlar.
Interaktivlik – o’qituvchi va o’quvchining o’zaro ta`siri. Hamkorlik faoliyatini takomil bosqichiga o’tish jarayonida o’zaro ta`sir o’tkazish harakatini baholashdan o’z-o’zini baholash darajasiga ko’tarilishi sodir bo’ladi. Ushbu jarayon hamkorlik dinamikasidan dalolat beradigan eng muhim omillardan biri vazifasini o’taydi.
Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi asosida mashg’ulot o’tkazish uchun guruh o’quvchilari 4-5 kishilik kichik guruhlarga bo’linadi. Har bir guruhda kuchli, o’rta va kuchsiz o’quvchi bo’lishiga etibor berish kerak. Chunki jamoalarning teng kuchli bo’lishi taminlanishi kerak. O’quv xonasida partalarning qo’yilishi kichik guruhlar ishlashiga yordam beradi. Bunda uquvchilar doira shaklida o’tirishadi hamda bir birlarini bevosita ko’rib turadi. Bu holatning afzalligi uquvchilarga bevosita bir birlari bilan olaqa qilishga imkon beradi. Va buning natijasida uquvchilar tezda fikr almashishadi va tez yechim topishadi. Shuni ham takidlab o’tish kerakki bu holatda munozara vaqtida kuchsiz o’quvchilar asosan urganuvchi rolini o’ynashadi. Yani ular yuqori saviyali uquvchilarni fikrini eshitib ulardan kerakli bilimlarni olishadi va ularga qo’shilishga harakat qiladi. Buning natijasida esa guruhdagi past saviyali uquvchilarning o’sishiga erishiladi.
O’tkaziladigan mashg’ulotga tayyorgarlik davomida mavzuning qaysi qismini o’qituvchining o’zi tushuntirishi va o’quvchilar qaysi qismini bajarishi rejalashtiriladi. Bunda darsga qo’yiladigan maqsaddan kelib chiqqan holda, har bir o’quvchiga qo’yiladigan topshiriqlar aniq bo’lishi lozim. Yani savollar uquvchining saviyasidan kelib chiqib berilishi kerak. Buni qanday afzalliklari bor shuni ko’rib o’tamiz. Deylik kuchsizroq uquvchiga qiyinroq savol berilsa, malumki u bu savolga javob topa olmaydi va buni natijasida o’ziga bo’lgan ishonchi so’nib fanga bo’lgan qiziqishi ham kamayib ketadi. Agar o’zini saviyasiga mos savol bersak u bunga javob bera oladi(qo’ldan kelgancha) va yanayam fanga bo’lgan mehri ortib boradi. Lekin har safar kuchsiz o’quvchiga oddiy savol beraverish kerak emas, chunki u oddiy savollarga o’rganib qolib qiyin savollarga bosh qotirgisi kelmay qoladi. Shuning uchun kuchsiz o’quvchilarga goh – gohida qiyinroq savollarni ham berib turish kerak. Bu ularni yuqoriga intilishini taminlaydi. Endi kuchli o’quvchilarga kelsak, ularga oson savol berish yaramaydi, chunki ularga bu savollar zerikarli tuyiladi. Va buning natijasida ularda fanga nisbatan zerikish va befarqlik rivojlanadi. Shuning uchun ularga qiyinroq savollardan berib borish kerak.
Agar, topshiriq yangi mavzuga doir savollarga javoblardan iborat bo’lsa, unda kuchli o’quvchiga qiyin savol beriladi. O’quvchi tomonidan berilgan javobni guruh ishtirokchilaridan biri javobning to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini kitobdan tekshirib aytadi. Keying o’quvchi esa agar javob to’g’ri bo’lsa bu javobni daftarga yozadi. So’ngra o’quvchi javobni isbotlovchi dalillar va misollar keltirishi kerak. Bu jarayonda uquvchilarning deyarli barchasi jarayon ishtirokchisiga aylanadi. Uzini javobini bildiradi. Agar to’g’ri bo’lsa quvonchi cheksiz ortadi, agar javobi noto’g’ri bo’lsa kitobdan to’g’ri javobni o’qib eshittirgan boladan to’g’ri javobni biladi va xatosidan to’g’ri xulosa chiqarib bitta malumotga ega bo’ladi.
Keyinchalik o’quvchilat joylarini almashtirishlari mumkin bo’ladi, ya’ni savolga fikr bildiruvchi savolni javobini kitobdan o’quvchiga va o’z navbatida to’g’ri javobni kitobdan o’quvchi savolga fikr bildiruvchiga aylanishi mumkin.
Muhokama yakunida kichik guruhdagi o’quvchilar o’zlariga berilgan savollarning hammasiga javob berishlari va ularni butun guruh muhokamasiga , chiqarishlari kerak.
Hamkorlikda o’qitish texnologiyasida o’quvchilarni hamkorlikda o’qitishni tashkil etishning bir necha metodlari mavjud:
1. Komandada o’qitish (R.Slavin) da o’quvchilar teng sonli ikki komandaga ajratiladi. Har ikkala komanda bir xil topshiriqni bajaradi. Komanda a`zolari o’quv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir o’quvchi mavzudan ko’zda tutilgan bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga e`tiborni qaratadi.
Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi mualliflaridan biri bo’lgan R.Slavinning ta`kidlashicha, o’quvchilarga topshiriqlarni hamkorlikda bajarish uchun ko’rsatma berilishi etarli emas. O’quvchilar tom ma`nodagi hamkorlik, har bir o’quvchining qo’lga kiritgan muvafaqqiyatidan quvonish, bir-biriga sidqidildan yordam berish hissi, qulay ijtimoiy-psixologik muhit vujudga kelishi zarur. Mazkur texnologiyada o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirish sifatini aniqlashda ularni bir-biri bilan emas, balki har bir o’quvchining kundalik natijasi avval qo’lga kiritilgan natija bilan taqqoslanadi. SHundagina o’quvchilar o’zining dars davomida erishgan natijasi komandaga foyda keltirishini anglagan holda mas`uliyatni his qilib, ko’proq izlanishga, bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga intiladi.
2. Kichik guruhlarda hamkorlikda hamkorlikda o’qitish (R.Slavin, 1986).
Bu yondashuvda kichik guruhlar 4 ta o’quvchidan tashkil topadi. O’qituvchi avval mavzuni tushuntiradi, so’ngra o’quvchilarning mustaqil ishlari tashkil etiladi. O’quvchilarga berilgan o’quv topshiriqlari 4 qismga ajratilib, har bir o’quvchi topshiriqning ma`lum qismini bajaradi. Topshiriq yakunida har bir o’quvchi o’zi bajargan qism yuzasidan fikr yuritib, o’rtoqlarini o’qitadi, so’ngra guruh a`zolari tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi.
O’qituvchi har bir kichik guruh axborotini tinglaydi va test savollari yordamida bilimlarni nazorat qilib baholaydi. O’quvchilarning kichik guruhlardagi o’quv faoliyati o’yin (turnir, musobaqa) shaklida, individual tarzda ham tashkil etilishi mumkin.
O’qituvchi va o’quvchining hamkorlikdagi faoliyatiga doir tadqiqotlarda asosiy e`tibor o’zaro munosabatning rivojlanishini o’rganishga qaratiladi, o’qitishni guruhli tashkil qilish jarayoni bayon qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |