Preimplantatsion davrda embrion bachadon devoriga birkmagan bo’ladi, dastlabki 4 kun davomida embrion bachadon naylari bo’ylab urug’lantirilgan joydan (bachadon nayining ampulyar qismi) bachadon tomon harakatlanadi, rivojlanishning 4-5 kuni embrion ayol bachadonida o’zini implantatsiyaga tayyorlashni boshlaydi. Shuningdek, rivojlanishning embrional (urug’lantirishdan boshlab dastlabki 8 hafta) va fetal (9 haftadan boshlab tug’ruqqacha) davrlari farqlanadi. Embrional davrda birlamchi tuzilmalarning fazoviy tashkillashuvi (morfogenez), hujayralarning boshlang’ich differentsiatsiyasi va a’zolar tizimi shakllanishi (organogenez) sodir bo’ladi. Fetal davrda esa a’zolar shakllangan tizim doirasida rivojlanadi, homilaning o’lchamlari ahamiyatli darajada kattalashadi.