Mavzu: Flotatsiya jarayoni
Reja: 1.Flotatsiya jarayonining mohiyati
2.Flotatsiya jarayoni mexanizmi
6.Flotoreagentlar
7.Flotatsiya jarayoniga ta'sir etuvchi omillar
8.Flotatsiyani qo'llash sohalari
9.Flotatsiyaning afzalliklari va kamchiliklari
10.Xulosa
11.Foydalanilgan adabiyotlar
Korxonalarning oqova suvlarini yog‘, smola, sintetik sint aroal moddalar va boshqalardan tozalashda flotasiya usuli keng qo‘llaniladi. Flotasion tozalashning mohiyati shundan iboratki oqova suvlar suniy holatda to‘yinadi va havo qobiqlarida ifloslanuvchi zarachalar yig‘ilib yuzaga sizib chiqadi va u yerda ajraladi. Flotasiya jarayoni 20 minutni tashkil etadi va neft maxsulotlarining qiymati 20-40 mg/l ga kamayadi.
Bu uslubi neft maxsulotlari, yog‘lar, asbest umuman zichligi suyuqlikdan yengil bo‘lgan moddalardan tozalanadi. Flotasiya usuli tindirilgandan so‘ng yaxshi effekt beradi jarayon maxsus qurilma flotatorlarda amalga oshiriladi.
Flotasiyadan so‘ng oqova suvlar bir qancha marta qayta ishlatilishi mumkin yoki qayta ishlatiladi. Hovoli dispergilanishi bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi.
vakuumli flotasiya;
bosimli flotasiya;
mexanik flotasiya;
biologik flotasiya;
elektroflotasiya.
Ko‘p hollarda mexanik va bosimli flotasiya qo‘laniladi.
Flotasiya usuli oqova suvda o‘z-o‘zidan cho‘kmaydigan mayda zarralar uchraganda qo‘llaniladi. Ba’zi hollarda flotasiya usuli erigan moddalarni ushlashda, masalan, SFM (sirt faol moddalar)larni ushlashda ham qo‘llanadi. Ushbu jarayonni ko‘pikli separatsiya yoki ko‘pikli konsentrasiyalash deb ham ataladi.
Flotasiya tozalash usuli neftni qayta ishlash, sintetik tola, qog‘oz- selluloza, teri,mashinasozlik, oziq-ovqat, kimyo sanoati oqova suvlarini tozalashda keng qo‘llaniladi. Bu usul biokimyoviy tozalash usulidan keyin qoldiq aktiv loyqani ajratishda ham ishlatilishi mumkin.
Bu usulning afzalligi – jarayonni uzluksiz olib borish mumkin, kapital va ekspluatatsiya xarajatlari nisbatan kam, sodda apparaturaga ega, tozalash samarasi esa yuqori (95-98%).
Flotasiyada flotoagent ko‘pigi suvdagi zarrani o‘ziga ilakishtirib suv yuzasiga chiqadi va bu ko‘pik zarralar bilan birgalikda suzib olinadi. Ko‘pikka ilashish zarraning ho‘llanish qobiliyatiga bog‘liq.
Flotasiya yordamida ajratish havo pufakchalarining miqdoriga va o‘lchamlariga bog‘liq. Pufakchalarning optimal o‘lchami odatda 15-30 mkm bo‘lishi lozim. Buning uchun suv havo pufakchalari bilan to‘liq to‘yinishi kerak yoki havoni suvga ko‘plab berish lozim.
Pufakchalarni mo‘t’adallash uchun ko‘pik hosil qiluvchi moddalar suvga aralashtiriladi. Ularga daraxt moyi, kreozol, fenol, natriy alkilsulfat va shu kabi moddalar kiradi.
Ko‘pik hosil bo‘lishi uchun flotatorga havo beriladi, shunda flotagent ko‘piradi va suv tarkibidagi zarrani o‘ziga ilashtirib yuqoriga qarab yo‘naladi (2.15-rasm). Flotasiyani turlicha olib borish mumkin.
Temir yo‘l transportida oqova suvlarni tozalashda depo, shpal-plitka korxonasi va remont zavodlarida ko‘p kamerali, radial flotatorli qurilmali flotasion usuldan foydalaniladi. Ular bosimli flotasiya usuliga asoslangandir. Ko‘p kamerali flotasion qurilma (2.16-rasm) ishlab chiqarish 5 dan 50 m3/g bo‘lib, uning tarkibi ko‘p kamerali flotator, koagulyatsiya bilan ishlovchi va suvni sirkulyatsiya qiluvchi, rezervuvar, reagent xo‘jaligi, suvli havo bilan to‘yintiruvchi qurilma, suvni beradigan nasos.
Ko‘p kamerali flotator usti ochiq to‘rtburchakli rezervuar, ko‘ndalangiga chegara bilan bo‘lingan va 4 kameradan iborat bo‘lib, har birida suv 4 dan 6 minutgacha bo‘ladi. Suvning umumiy tozalanish muddati 20 minutga teng bo‘ladi.
Ushbu qurilmada oqova suv avval 1-sig‘im va 2-nasos orqali 4- gidrosiklonga beriladi. Bu yerda suv tarkibidagi muallaq zarralarning bir qismi ajraladi. Keyin suv birinchi kameraga beriladi. Bu yerda suv pastda 7aerator yordamida berilayotgan havo bilan to‘yingan sirkulatsion suv bilan aralashadi. Havo kameraning yuqori qismida ajralib pufakchalarga aylanadi va suv tarkibidagi zarralarni o‘ziga ilashtirib yuqoriga yo‘naladi. Hosil bo‘lgan ko‘piklar 5-mexanizm yordamida shlam ko‘rinishida suzib olinadi. Tozalangan suv esa flotasion kameraning yuqori qismidan ajratib olinadi. Tizimdagi havo bilan to‘yingan sirkulatsion suv 2-nasos va 6-napor baki yordamida hosil qilinadi.
Suv flotatorga rezervuvar-hajm orqali teng hajmda oqova suv qabul qilib t vaqt oralig‘ida 5…10…30 ga teng. Birinchi kamerada oqova suv qisman tozalanadi, oxirgi 2 ta kamera flotasiya, to‘rtinchi kamera cho‘ktiruvchi. Mo‘tadillashtirish rezervuardan so‘ng oqova suv aylanmali aralashtirgichga joylashtirilib flotator yordamida qisman tozalanadi. Shu yerda dozator orqali koagulant va aylanma suv keladi u havoga to‘yintirilgan bo‘ladi. Aylanma aralashtirgich ochiq gidrotsiklash asosida ishlaydi va yaxshi aralashishini tashkil etadi bu o‘z yo‘lida g‘ovaklar hosil bo‘lishi va ularni yiriklashishini tashkil etadi.
Koagulant g‘ovaklari ko‘pol dispersiyali ifloslangan zarachalar havo pufakchalari bilan birgalikda tepaga ko‘tariladi. Tozalash va flotasiya kameralariga 15-20 foiz hova to‘plangan sirkulyatsion suv yuboriladi. Diafragmaning vazifasi bosimni tushishini tashkil qilib, erigan hovoni ajralishiga olib keladi. Shunday qilib ko‘p kamerali flotasiya jarayonida flotasiya 3 marta qaytarilishi suvni tozalash jarayonini kuchaytiradi. Oqova suv flotasiya tozalangandan so‘ng flotatorni cho‘ktirish qismiga o‘tadi va mayda havo pufakchalaridan ozod bo‘lib, ifloslangan zarrachalarni tark etadi.
Tozalangan suvlarni 30…50 % nasos orqali bosim kamerasiga o‘tkaziladi. Kuchlanish balida bosimning qiymati 0.3…0.4 MPa bo‘lib natijada havo suvda eriydi. Kuchlanish bakiga suv havoga to‘yinib aylanma flotasiyaga o‘tadi. Ifloslangan zarracha ko‘pik holida suvning yuzasiga yig‘iladi. Ko‘pik qizdirish orqali par yordamida bartaraf etiladi. Ko‘p kamerali flotasion qurilmaning hisoboti asosiy elementlarining parametri bilan belgilanadi. Ko‘p kamerali flotasionlarning har bir kamerasining hajmi, m3 quyidagi formula orqali aniqlanadi.
bu yerda Q - qurilmaning soat bo‘yincha ishlab chiqarish qquvvati, m3/soat, Qp - sikulyatsiya orqali kameradagi suvning sarfi, m3/soat, Qp =