Mavzu: Fransiya ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda 1-§. Fransiyaning ma’muriy-hududiy boshqaruv tizimi



Yüklə 105,57 Kb.
səhifə12/18
tarix21.06.2023
ölçüsü105,57 Kb.
#133416
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
2020. 13- MAVZU docx

4-§. 1974-2010 yillarda Fransiya.



1974-1981yillarda Fransiya. V.Jiskar d’Esten.
J. Pompiduning vafoti Respublikani himoya qilish demokratlar ittifoqi (YuDR) partiyasida ichki kurashni yana kuchaytirib yubordi. “Baronlar” guruhi prezidentlikka J.Shaban Delmas nomzodini qo‘ydilar. “Yosh bo‘rilar” guruhi ham partiya rahbarligi uchun kurashga tayyor emas edi, biroq murosaga kelishni ham xohlamas edi. Jak Shirak, Per Jyuye va Mari Garolar boshchilik qilgan “43 lar guruhi”ning respublikachi Jiskar d’Esten nomzodini qo‘llab-quvvatlashi ichki partiyaviy kurashni yuqori cho‘qqisiga olib chiqdi. Shaban Delmasga soliqlarni to‘lamaganlik, axloqiy buzuqlik, ya’ni ikkinchi xotini borligi kabi ayblar qo‘yilib shov-shuv ko‘tarildi. YuDRda siyosiy parchalanish holati yuzaga keldi. Partiyaning “so‘l qanoti”da markazga (sentristik) intiluvchi g‘oyalar ustun keldi. So‘llar 1969 yilgi saylov saboqlarini inobatga olib o‘zlarining yagona nomzodi sifatida F.Mitteranni tanladilar. Ularning saylov oldi kurashi “So‘l kuchlarning qo‘shma dasturi” asosida qurildi.
Partiyadagi siyosiy qayta qurishlar “sentristlar”ning ham faollashganini ko‘rsatdi. “Sentristlar” yangi avlodining yo‘lboshchisi Valeri Jiskar d’Esten bo‘ldi. U 1966 yildayoq o‘zining deputatlik guruhini Mustaqil Respublikachilar Milliy Federatsiyasi (NFNR) deb nomlagandi.
Valeri Jiskar d’Esten 1974 yilgi saylov kompaniyasida barcha sentrist kuchlarni birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi. NFNR lideri “Demokratiya va taraqqiyot” markazi sifatida qo‘llab-quvvatlandi.
Prezidentlikka saylovning birinchi turida Mitteran 43,3%, Jiskar d’Esten 32,9% va Shaban Delmas 16,6% ovoz to‘pladi. 1974 yilgi saylov Fransiya iqtisodiyoti chuqur inqiroz chizig‘iga kirib borayotgan vaqtda o‘tdi. “Neft karaxti”ning ta’siri, ishlab chiqarish unumdorligining pasayishi, narx-navoning yiliga 10 %dan oshib borishi, 1974-76 yillarda ishsizlar sonining 2,5 baravar oshishi va frankning qadrsizlanishi holatlari kuzatildi. Hukumat neft kompaniyalariga yordam mablag‘i ajratishga, xususan, neftni sotib olish uchun katta mablag‘lar sarflashga majbur bo‘ldi. Bu esa, tashqi savdo taqchilligining oshishiga va frank kursining tushishiga olib keldi. Uzoq muddatli “arzon kredit” siyosati va davlat proteksionalizm (milliy iqtisodiyotni chet el raqobatidan himoya qilishga qaratilgan) siyosatining natijalari ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Keyingi 20 yil davomida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning narxi 5 marta, investitsiya 12 marta, kompaniyalarning kredit qarzdorligi 15 marta va jismoniy shaxslarning qarzdorligi 55 martaga oshdi.
1976-1980 yillarga mo‘ljallangan VII rejaga binoan jahon bozorida raqobatbardosh bo‘ladigan sohalarni, xususan, yirik biznes, avtomobilsozlik, kimyo, elektrotexnika sohalarini rivojlantirish ko‘zda tutildi. Asosiy e’tibor xalqaro loyihalarga (aviasozlikda “Aerobus” va “Konkord”ga, kosmik taraqqiyotlarda “Arian”ga) qaratildi. Harbiy sanoat tarmog‘i ham sezilarli darajada mustahkamlanib, mahsulotning 40% eksportga chiqarila boshlandi.
Jiskar d’Esten prezidentligi davrida iqtisodiy inqiroz bo‘lishga qaramay Fransiyada yuqori turmush kechirish saqlanib, rivojlangan mamlakatlar beshligidan mustahkam joy oldi. Kapital sarflash samaradorligi oshib, uning asosiy sohasi sarmoya qo‘yish 48,3%ga oshdi. Ichki Yalpi mahsulotning yillik o‘sishi o‘rtacha 1,9%, sanoatda ishlab chiqarish mehnat unumdorligi yiliga 4% o‘sdi. Bu paytda tashqi savdo 5 baravarga o‘sdi. Agar 1970 yilda milliy mahsulotning 12,7% eksport qilingan bo‘lsa, 1980 yilga kelib bu ko‘rsatgich 18% ga yetdi.
Tashqi siyosatda Jiskar d’Esten “Yagona Yevropa”ni rivojlantirish masalasiga qaratdi. NATO bilan yaqin hamkorlikda tashqi siyosat olib borishini ma’lum qildi. O‘z navbatida bu Fransiya-Amerika munosabatlarining yaxshilanishiga yo‘l ochdi. G‘arbning yetakchi davlatlari bilan o‘zaro munosabatlari mustahkamlandi. Jiskar d’Esten tashabbusi bilan “kuchli yettilik” davlatlari rahbarlarining yillik uchrashuvlari yo‘lga qo‘yildi. “Ettilik”ning birinchi yillik uchrashuvi 1975 yil Rambusda bo‘ldi. Jiskar d’Esten SSSR bilan siyosiy muloqotlarni ehtiyotkorlik bilan olib bordi, biroq iqtisodiy munosabatlar rivojlandi. Jiskar d’Esten SSSRga bir necha bor rasmiy tashrif bilan keldi va yuqori davlat rahbarlari bilan uchrashdi. Masalan, 1975, 1979 yillarda u Moskvada bo‘ldi, 1977 yilda L.I.Brejnev Parijda rasmiy tashrif bilan bo‘ldi. 1975 yilda Jiskar d’Esten Fransiya nomidan Xelsinki Umumevropa kengashining so‘nggi aktiga imzo chekdi.
Jiskar d’Esten prezidentligi davrida Fransiya uchinchi dunyo mamlakatlari bilan faol munosabatlar olib bordi. AQSh bilan yaqinlashishiga qaramay, Parij Isroil+Misr o‘rtasida imzolangan Kemp-Devid sulh shartnomasini qoraladi, arab davlatlarining antiisroil yo‘lini qo‘llab-quvvatladi. Parij Xitoy va Eron bilan munosabatlarini yaxshiladi, Indoneziya, Malayziya, Filippin, Singapur davlatlari bilan iqtisodiy bitimlar tuzdi.
XX asrning 70 yillarida Fransiya Afrika davlatlari bilan faol munosabatda bo‘ldi. Fransiya qurol-yarog‘ eksporti bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Qurol-yarog‘larning asosiy qismi “qora kontinent”ga chiqarildi.




Yüklə 105,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin