Mavzu: fuqaro, fuqaroviylik va faol fuqarolik pozitsiyasi


 Fuqaroviy ong va uning namoyon bo‘lish omillari



Yüklə 393,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix17.05.2023
ölçüsü393,07 Kb.
#115330
1   2   3   4
9-maruza (1)

2. Fuqaroviy ong va uning namoyon bo‘lish omillari 
 Endi bevosita fuqaroviy ongning mazmun mohiyatiga e’tibor qaratish o‘rinlidir. 
Fuqarolik ongi demokratik qadriyatlar, ideallar, huquq va erkinliklar nuqtai 
nazaridan shaxs, jamiyat va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni anglashdan iborat
Albatta har bir davlat va jamiyatda demokratik qadriyatlar o‘ziga xos tamoyillir va 
me’yorlar asosida qabul qilinadi. Fuqarolik ongi jamiyat taraqqiyotining shunday 
bosqichidagi ruhiy holatini anglatadiki, bu davrda demokratik me’yorlar va qadriyatlar 
hayotning asosiga aylanadi.
Fuqarolik ongi iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy sohalarda me’yoriy, 
shakllantiruvchi, yo‘naltiruvchi, muloqotga etaklovchi singari rang barang 
vazifalarni bajaradi. Bu vazifalar ta’sirlashgan holda o‘zaro kesishadilar va bir-birini 
to‘ldiradi. Ularning ko‘pchiligi davlat va uning institutlariga xosdir. Ammo davlat 
organlari qonunlar, me’yoriy hujjatlar, qoida va talablardan iborat huquqiy doirada faoliyat 
yuritsa, fuqarolik ongi erkin shakllanadi. Fuqaroviy ong me’yorlari ijtimoiy-siyosiy 
jarayonlar natijasida shakllanadi, uni muvofiqlashtiradigan yoki uni amalga oshiradigan 
maxsus tuzilmalar bo‘lmaydi. Fuqarolik ongining vazifalari alohida individ emas, balki 
butun jamiyat faoliyati bilan bog‘liq. 
Fuqarolik ongi jamiyat hayotida turli shakllarida namoyon bo‘ladi. Kishilar shaxsiy va 
ijtimoiy qadriyatlar borasida o‘z qarashlari, tasavvurlari, qadriyatlari, intilishlari, 
me’yorlarini turli ko‘rinishlarida namoyon etishadi. Jamiyat, guruhlar, shaxsning ijtimoiy 
manfaatlari namoyon bo‘ladigan fuqaroviy manfaatlar tizim holiga keladi. Aynan tizim 
holida bo‘lganligi tufayli fuqaroviy manfaatlar har bir shaxsning qadriyatlarini hayotga 
tatbiq etadi, uning jamiyatga, davlatga, boshqa fuqarolarga nisbatan munosabatini 
shakllantiradi. Fuqaroning mas’uliyati, maqsadlari, vazifalarini belgilashga, ijtimoiy 
ahamiyatga ega bo‘lgan xususiyatlarini shakllantirishga ko‘maklashadi. Aynan ana shu 
tarzda shakllangan fuqaroviy ong fuqarolik jamiyatining shakllanishiga xizmat qiluvchi 
qadriyatlar, me’yorlar, g‘oya hamda tasavvurlarni shakllantirish, jamiyatni komillik va 
erkinlikka etaklashga xizmat qiladi.
Fuqarolik jamiyati bir necha avlod almashinuvini talab etadigan jarayon bo‘lgani 
singari fuqaroviy ong ham tarixiy davr mobaynida shakllanadi. Har bir mamlakatdagi 
fuqaroviy ong shu mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy tizimning tabiatiga mos ravishda 
shakllanadi. SHu mamlakatga xos bo‘lgan ijtimoiy tizim, aloqalar va munosabatlarni aks 
ettiradi. 
Fuqarolik ongi tabiiy va tadrijiy taraqqiyot mahsuli bo‘lib, uni sun’iy jihatdan 
tezlashtirish mumkin emas. U ijtimoiy, iqtisodiy hamda siyosiy omillar negizida tadrijiy 
tarzda shakllanadi. Har bir avlod mavjud demokratik qadriyatlarni o‘zlashtiradi va 
yangilarini yaratadi. Bu jarayonda fuqarolik ongini belgilab beruvchi me’yorlar va 
qadriyatlarni saqlash hamda uzluksiz takomillashtirish eng muhim faoliyat hisoblanadi.


Tadrijiy taraqqiyot natijasida demokratik tasavvurlar mustahkamlanib, asta sekinlik 
bilan fuqarolik tajribasi to‘planib boradi. 
Fuqarolik ongi bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Fuqarolik ongi ijtimoiy 
tizimning o‘zgarishi bilan yangilanadigan qadriyatlarga moslashib boradi. Boshqa tarafdan 
fuqarolik ongi ijtimoiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaruvchi faol omil hisoblanadi. U 
fuqarolarni faol harakatga boshlovchi tasavvurlar bilan bog‘liq bo‘lganligi tufayli, jamiyat 
o‘zligining yangilanishiga, ijtimoiy taraqqiyotni tezlashtiruvchi omilga aylanishi mumkin. 
Fuqarolik ongi ijtimoiy taraqqiyotning ruhiy negizini yaratgan holda jamiyatning 
mustahkamlanishiga xizmat qiladi. 
Fuqarolik ongi yangi g‘oyalarni qabul qilish darajasida ochiq xarakterga ega. YAngi 
g‘oyalar shu tizimga mos ekanligi o‘z isbotini topgan taqdirda asta sekin jamiyatning 
mohiyatiga singib boradi. 
Madaniy yangilanishlar uzluskiz tarzda ijtimoiy ongga ta’sir ko‘rsatish darajasida ko‘p 
ro‘y bergan taqdirda jamiyatda voqelikni his etish uchun yangicha usullar vujudga keladi 
va bu o‘z navbatida fuqaroviy ongning o‘zgarishiga olib keladi. 
Mamlakatda siyosatni tubdan o‘zgartirish hatto mulkka nisbatan munosabatni ham 
butunlay o‘zgartirish mumkin, ammo kishilarning asosiy qarashlari va qadriyatlarini tezlik 
bilan o‘zgartirib bo‘lmaydi.
Fuqarolik ongi umumiy tamoyillargagina asoslanmasdan, mohiyati jihatidan o‘zgarib 
boradi. Albatta jamiyatda barqaror bo‘lgan, har qanday siyosiy tizimga xos bo‘lgan tarixiiy 
tajriba, an’analar singari o‘zgarmas xususiyatga ega qadriyatlar mavjud bo‘lib, ular 
fuqaroviy ongda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan tezkor o‘zgarishlarni tiyib turadi. YAngi 
tarixiy tajriba esa aynan ana shunday qadriyatlar negizida vujudga keladi va fuqarolar 
ongiga singib boradi.
Tushuncha sifatida “fuqarolik ongi” haqida gap ketganda avvalo fuqaroning davlat 
bilan siyosiy-huquqiy munosabatlari nazarda tutilib, kishining biror-bir davlatga 
mansubligi va shu davlatning qonunlariga bo‘ysunishi tushuniladi. Kishining huquqiy 
maqomida ifodalangan fuqarolik davlat bilan fuqaro o‘rtasida amal qiladigan bir qator 
huquq va burchlar bilan mustahkamlangan. 
Turli ijtimoiy sub’ektlarning o‘zaro ta’sirlashuvi ro‘y beradigan va manfaatlari amal 
qiladigan jamiyat munosabatlariga fuqaroviy ong kirib boradi va ularni aks ettiradi. 
SHuningdek, u kishilararo munosabatlarga ta’sir ko‘rsatgan holda ularga aniqlik, mazmun 
va shakl bag‘ishlaydi. Kishilarning ijtimoiy hayot hamda davlatga nisbatan, shaxs bilan 
davlat o‘rtasida haqiqiy va me’yoriy munosabatlar to‘g‘risidagi tasavvurlari fuqaroviy 
ongda mujassamlashgan. 
Ijtimoiy-siyosiy, diniy, axloqiy, huquqiy, iqtisodiy va boshqa me’yorlar, talablar, 
tamoyillir, qoidalar umumiy fuqaroviy dunyoqarash shaklida fuqaroviy ongning tarkibiy 
elementlari sifatida namoyon bo‘ladi. 
Demokratik jamiyatning barqarorligi demokratik qadriyatlar bilan boyishni taqozo 
etadi. Bu jarayon jamiyatdagi fuqarolarning ijtimoiy erkin sharoitda yashashga qanchalik 
tayyor ekanliklari, ya’ni shaxslarning fuqaroviy etukligi va faolligiga bog‘liq. O‘z 
navbatida fuqaroviy etuklik va fuqaroviy mus’uliyat jamiyat a’zolarining fuqaroviy ongi 
darajasi bilan belgilanadi. Aynan fuqaroviy ong jamiyatning ma’naviy, intellektual hamda 
ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini shakllantiradi. 
Fuqaroviy ong jamiyatni birlashtirishga xizmat qiladi, umumiy manfaatlar yo‘lida 
fuqarolar o‘rtasida kelishuv bo‘lishiga xizmat qiladi. Jamiyatda ro‘y beradigan turli 
ijtimoiy-madaniy omillar ta’sirida fuqaroviy ong o‘zgarib boradi va fuqaroviylik 
to‘g‘risidagi g‘oyalar taraqqiyotida o‘z aksini topadi.


Davlat va jamiyat, davlat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlarning tabiati haqidagi 
bilimlarning kengayishi “fuqaroviylik” tushunchasini qayta qayta tafakkur qilishni taqozo 
etadi. Ijtimoiy jarayonlar natijasida sayqallangan fuqaroviy madaniyat va fuqaroviy ong 
kishilarni iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy jihatdan shakllantiradi.

Yüklə 393,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin