Mavzu: Futbol o‘yinida to‘pni qabul qilish va uzatish texnikasini o‘rgatish tartibi. Kirish


Boshlang'ich mashg‘ulot guruh shug‘ullanuvchlari uchun to‘pni olib yurish bilan bog‘liq namunaviy o‘yin mashqlari



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə9/12
tarix28.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#167647
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
14 Futbol o‘yinida to‘pni qabul qilish va uzatish texnikasini o‘rgatish

Boshlang'ich mashg‘ulot guruh shug‘ullanuvchlari uchun to‘pni olib yurish bilan bog‘liq namunaviy o‘yin mashqlari
1. Mashq. "To'pni olib yurish" (26-rasm). O'yinchi birinchi ustunchadan oyoq kaftining ichki qismi bilan to‘pni olib yurishni boshlaydi, ustinchalarni ilon izi usulida aylanib o‘tib ortga qaytadi. Ustunchalarni aylanib o‘tayotganda, o'ng va chap oyoq birday ishlatiladi. Ustunchalarga tegish mumkin emas. Yangi shug‘ullanuvchlar uchun ustunchalar orasidagi masofa 1m ni tashkil qiladi, keyin masofa ustunchalar sonini ko'paytirish orqali 70 sm, 50 sm dan 30 sm gacha qisqartiriladi (bitta qatorda eng kami 6 ta ustunchalar joylashtiriladi). Takrorlashlar murabbiy tomonidan belgilanadi (eng kam takrorlash soni 3ta).
Variant: oyoq kaftining tashqi tomoni, oyoq kaftining ust qismini o‘rtasi, aralash holda - ichki + tagi + tashqi tomoni bilan to‘pni olib yurish.

26-rasm. To'pni olib yurish.
2. Mashq (27-rasm). To‘pni olib yurish texnikasini o‘zlashtirish darajasiga ko‘ra ustunchalar turli joylarga qo‘yiladi.

27-rasm. Turli holda joylashtirilgan ustunchalarni aylanib o‘tish.
3. Uchliklarda "to'pni olib yurish" mashqi (28-rasm). “A” o'yinchi ustunchalarni aylanib o‘tib to'pni “B” o‘yinchiga beradi. “B” o'yinchi ustunchalarni aylanib o‘tib to'pni “C” o'yinchiga beradi. “C” o'yinchi ustunchalarni aylanib o‘tib to'pni “A” o'yinchiga beradi.

28-rasm. Uchliklarda "to'pni olib yurish.
4. Mashq (29-rasm). Epchillik elementlari bilan to'pni olib yurish.
29-rasm.
5. "Ovchi" o'yini (30-rasm). O'yinchilar bir chiziqda har biri to'p bilan turishadi,. Boshqa bir ovchi-o‘yinchi ularning qarshisida turadi. Signal bo‘yicha o'yinchilar to'pni olib yurib, qarshi tomonga o'tishga harakat qiladi. "Ovchi" qo'llari bilan tegib, iloji boricha ko'proq o'yinchilarni tutishga harakat qiladi. Har bir o'yinchi "ovchi" rolida bo'ladi.

30-rasm. "Ovchi" o'yini.

6. 2x2, 3x3 o'yin (31-rasm). O‘yinchilar har birida 2 yoki 3 kishidan iborat ikkita jamoaga bo'linadi. Old chiziqgacha to‘pni olib borish zarur. Darvoza chizig'ini to'p bilan kesib o'tgandan keyin ochko hisoblanadi. Davomiyligi 1-2 daqiqa. Raqiblar almashadi.


31-rasm. 2x2, 3x3 o'yin.

7. To‘pni olib yurish va uzatish (32-rasm). Guruhlar kamida 3 o'yinchidan iborat bo'ladi. “A” o'yinchi oyoq kaftining ichki qismi bilan to‘pni olib yuradi, ustunchalarni aylanib o‘tib “B” o'yinchiga to‘pni uzatadi. “B” o‘yinchi xuddi shuni takrorlaydi.



32-rasm. Oyoq kaftining ichki qismi bilan to‘pni olib yurish.
8. To‘pni olib yurish bilan "qiriqoyoq" o'yini (33-rasm). O'yinchilar ikki kolonaga saflanadi. Signal bo‘yicha oxirgi o'yinchi to'pni olib yurish orqali birinchi o'yinchiga keladi. U birinchi o‘yinchiga yetishi bilanoq to'pni kolona oxiridagi o‘yinchiga uzatadi, o‘zi esa birinchi o'yinchiga aylanadi. To'pni qabul qilgan oxirgi o‘yinchi uni boshiga olib keladi, birinchi bo'ladi va to'pni oxirgi o'yinchiga qaytaradi. Qaysi jamoa tezroq oldindagi chiziqqa yetib kelsa, shu jamoa g‘alabaga erishadi.
33-rasm. "Qiriqoyoq" o'yini.

9. To'pni olib yurish va uzatish bilan o‘yin (34-rasm). “A” o‘yinchi to‘pni ustunchalar orasidan olib o‘tadi, so'nggi ustunchani aylanib o‘tgandan so'ng “B” o‘yinchiga to‘pni uzatadi, u esa huddi shu harakatni teskari yo'nalishda bajaradi va to‘pni “C” o'yinchiga uzatadi.





34-rasm. To'pni olib yurish va uzatish.
10. 2 ta darvozaga 4x4 o'yin (35-rasm). To'pni oyoq kaftining ichki qismi (yoki oyoqning boshqa qismi) bilan olib yurish texnikasini mustahkamlash.

35-rasm. 2 ta darvozaga o‘yin.
11. Kichik hajmda to'plarni chap va o'ng oyoqlar bilan navbatma-navbat oyoq kaftining ichki tomoni bilan (№ 2, № 3, tennis to'pi, qo'l to'plaridan foydalanib) olib yurish.
12. Kichik hajmdagi to'pni olib yurish variantlari:
- oldinga harakatlanib oyoq kaftining ost qismi bilan;
- xuddi shu, yon tomon bilan oldinga harakatlanib (o'ng, chap);
- xuddi shu, orqa bilan oldinga harakatlanib;
- oyoq kaftining tashqi tomoni (o'ng, chap oyoq) bilan;
13. To'p bilan ustunchalarni aylanib o‘tish va darvozaga zarba berish (36-rasm).

36-rasm. To'pni olib yurib darvozaga zarba berish.
14. Ikki kollonaga saflanish. To‘p bilan konuslarni aylanib o‘tib, uzatma berish va tezlashish.
(37-rasm).

37-rasm. T‘pni olib yurish mashqlari.

15. Mashq 3 kolonnada bajariladi. To'pni olib yurish va jarima maydoniga uzatish. Navbat bilan kolonnalardan o'yinchilar start oladi, biri ustunlarni aylanib o‘tib jarima maydonchasi ichiga zarba berish uchun kiradi. Shundan so‘ng boshqa o'yinchi to'siqlar ostidan o'tib, zarba berish uchun tezlashib yuguradi (38-rasm).





38-rasm. To‘p bilan harakatlanish, uzatma, darvoza tomon zarbalar.



Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin