Bu element uchun ham sxema bо`yicha kompensatsiya nuqtasi AS2 topiladi va EYUK hisoblanadi:
Rux elektrodini potentsialini aniqlash uchun, endi mis elektrodi о`rniga kalomel elektrodi ulanadi va zanjir tuziladi:
Tuzilgan zanjir uchun kompensatsion nuqta AS3 topiladi va EYUK (E3) topiladi:
ϕCu va ϕZn qiymatlarini hisoblab formula orqali Daniel-Yakobi elementini EYUK topiladi.
V.TAJRIBAVIY QISM
1.1Elektr yurituvchi kuchni o’lchash
Har qanday galvanik elementning elektr yurituvchi kuchi eritmaning pH iga bog’liq. Eritmalarning pH ini potentsiometrik aniqlash uchun galvanik elementning EYuK aniqlab, pH va E o’rtasidagi bog’lanish formulasiga quyiladi, so’ngra pH hisoblanadi. Galvanik elementning EYuK kompensatsiya usuli bilan aniqlanadi.
Galvanik element ishlash jarayonida unda bo’ladigan o’zgarishlar natijasida EYuK kamaya boradi.
Kompensatsiya usulining mohiyati shundaki, bunda o’lchanayotgan EYuK ga teng miqdorda qarama – qarshi yo’nalishda ma‘lum qiymatli EYuK ulanadi. Bu sharoitda qarama – qarshi yo’nalishdagi EYuK lar bir – birini kompensatsiyalaydi va tekshirilayotgan element elektr oqimi bermaydi. EYuK ni o’lchash uchun etalon sifatida ishlatiladigan galvanik elementga normal element deb ataladi. Bunday element sifatida Veston elementi qo’llaniladi. Bu elementda kadmiyning oksidlanishi va simobning qaytarilishi hisobiga elektr oqimi hosil bo’ladi.
Cd + Hg2SO4 = CdSO4 + 2Hg
yoki ion holida yozilsa
Cd + Hg22+ = Cd2+ + 2Hg
Elementda musbat qutb vazifasini simob, manfiy qutb vazifasini esa kadmiy amalgamasi o’taydi. Veston elementining EYuK o’zgarmas bo’lib, 200С da 1,0183 voltga teng.
Veston elementi yordamida kompensatsiya usuli bilan galvanik elementning EYuK ni o’lchash sxemasi 13.2 – rasmda berilgan. Doimiy elektr oqimi manbai (akkumulyator) ma‘lum qarshilikka ega bo’lgan regxord simining a va v uchlarga ulanadi. Akkumulyator qutblari bir xil zaryadli Veston elementi va tekshirilayotgan element qutblariga ulanadi. Avvaliga K2 kalit Veston elementiga ulanib, galvanometr nolni ko’rsatguncha suriluvchi kontakt o’ngga yoki chapga suriladi. Aytaylik, bu nuqta S bo’lsin, S nuqtada akkumulyatordan kelayotgan elektr oqimi Veston elementidan kelayotgan eletkr oqimi bilan kompensatsiyalanadi.
1 – rasm. Kompensatsiya usuli bilan EYUK ni o’lchash sxemasi:
Akk – akkumulyator, Be – Veston elementi, Te – tekshirilayotgan galvanik element, Ck – rexordning suriluvchi kontakti, K1, K2, K3 – kalitlar.
So’ngra К2 kalitlar sinaladigan element qutbiga ulanadi va yuqoridagi kabi uning ham kompensatsiyalanish nuqtasi d aniqlanadi. U vaqtda:
bundan (13.I)
bu yerda ЕХ, ЕВ – tegishlicha tekshirilayotgan va Veston elementining elektr yurituvchi kuchi; ac ad – Veston va tekshirilayotgan elementlarning kompensatsiyalanish vaqtida reoxord simining qismlari.
SHunday qilib, (14.1.) formula yordamida har qanday galvanik elementning elektr yurituvchi kuchini o’lchash mumkin.
XULOSA:
Xulosa urnida shuni aytish mumkinki Maskur bitiruv malakaviy ishda karroziya va karroziya turlari karroziya vaqtida kechadigan fizik kimyoviy jarayonlar ularni oldini olish haqida bayon qilingan. Maskur bitiruv malakaviy ish maktab o’quvchilari hamda kasb-hunar texnika kollej talabalarini bilimini oshirishga ilmiy izlanishlar olib borishga zamin yaratadi deb aytsak buladi.Chunki karroziya natijasida dunyo miqyosida qanchalab iqtisodiy zarar bulishini o’quvchi tushunib oladi. Bundan tashqari bitiruv malakaviy ishda elektrolez, katod, anod,Faradiyning, 1-qonuni, Faradiyning 2-qonuni, eriydigan va erimaydigananodlar, o’ta kuchlanishli hodisalar, Metall potensiallarini aniqlash,
Galvanik juftlardagi tok kuchi va uning yunalishini aniqlash buyicha labaratorya ishi tug’risida ma’lumot berilgan. Berilgan ma’lumotlar asosida o’quvchi kimyo fanidan Faraday qonunlari, elementlarning potensial qatori tok o’tkazuvchanlik elemintlarga doir mashiq va masalalar echish uchun etarlicha ma’nbalar keltirilgan shu manbalardan foydalanib ishlab chiqarishda ham foydalansa buladi.
Dostları ilə paylaş: |