Mavzu: Ganchda ishlatiladigan asbob uskunalar. Oddiy naqsh namunalarini chizish



Yüklə 44,84 Kb.
səhifə2/2
tarix27.03.2023
ölçüsü44,84 Kb.
#90382
1   2
Ganchda ishlatiladigan asbob uskunalar. Oddiy naqsh namunalarini chizish

Pardoz va uning turlari
Binoni bezashdan avval uning tuzilishiga mos ganch o'ymakorligi turini tanlash muhim ahami-yatga ega. Kichik xonaga mayda, tekis o'ymakoriik va unga mos bo'lgan pardoz turi, katta mehmonxonaga esa yirik ganch o'ymakorligi qo'llaniladi. Ganch o'ymakorligi yirik o’yma chuqur o’ma, yassi o'yma, qirma, zamini ko'zguli o'yma, zaminirangli o'yma, chizma pardoz, panjarasimon o'yma, zanjira, hajmli o'yma turlaridan iborat. Bundan tashqari, ganch o'ymakorligi zaminli va zaminsiz o'ymakorlikka bo'linadi.
Zaminli o'yma binolarning fasadlari (tashqi tomoni)ni va katta mehmonxonalarni bezatishda qo'llaniladi. O'yma relyefning chuqurligi 2—3 sm bo'ladi. O'yma zamin butun yuzaning 15—30% ni egallaydi. O'yma ganch qora fonda oppoq, faqat soyasi qop-qora bo'lib ko'rinadi.
Yirik o'yma namunalari qadimdan ishlangan. Bunga Termiz (IX-X asr), Samarqand (X asr) va boshqa shaharlardagi o'yma ganch namunalari dalil bo'la oladi. Hozir binolarning katta xonalari, ba'zan tashqi tomoni, ya'ni fasadi ganch o'ymakorligi bilan bezatiladi. Ganchkorlikda hajmli - barelfli, haykalsimon muqarmaslar, qubba, tosh va boshqalar ishlatiladi. Ularga «hajmli o'ymalar» deyiladi. Ular o'yiladi. Eng ko'p qo'llaniladigani - yassi o'ymadir. U interyerda ko'p qo'llaniladi. Katta bo'lmagan xonalarda o'ymaning chuqurligi 1-1,5 sm bo'lib, u har xil pardozlanadi. O'yma naqshning zamini umumiy yuzaning 30-60%ni egallaydi. Unga joyiga moslab pax pardoz, choka pardoz, Lola yoki tabaqa pardoz beriladi. Qirma pardoz X asrdan boshlab ishlatilgan. U Buxoro va Samarqand shaharlarida XVI asrda keng qo'llanilgan. Uni, ayniqsa, Buxoro ustalari yaxshi bilganlar. Qirma binolarning interyer va eksteryerlarida ham keng qo'llanilgan.
Qirma — o'yilgan joylarni rangli ganch qorishmasi bilan to'ldirishdir. Qirma ikki turga bo'linadi: birinchisi - tekis yuzali qirma, ikkinchisi - relyefli qirma. Tekis yuzali qirma devorda xuddi grafik usulda bajarilgan naqshga o'xshab ko'rinadi. Bu qirma zamini muayyan chuqurlikda chaka qilib chiqilib, gullar oralig'i qaytadan rang aralashmali ganch bilan to'ldi-riladi. Uning yuzasi shuturgardon va andavada qirib chiqiladi. Natijada rangli tekis yuzali gullar hosil bo'ladi. Bunga «tekis yuzali qirma», deyiladi.
Relyefli qirmada tekis yuzali qirmani davom ettirib, gul va novdalarga o'yib, choka pardoz beriladi.
O'yma zaminini ko'zgu tashkil etgan ganch o'ymakorligining oynavandlik turini XIX asrda buxorolik Usta Shirin Murodov yaratgan. U birinchi bo'lib Sitorai Moxi Xosadagi «Oq uy» (Xonai safed)ni bezatdi (1913—1914-yillarda). U yerdagi ko'zguli o'yma ganch nafis ko'rinishga ega.
O'ymakorlikning bu turi boshqa turlardan o’z mehnatu yuqori samaradorligi bilan ajralib turadi.
Ganch o'ymakorligida o'ymani yanada ko'rkam qilish uchun o'yma zaminiga rang berishadi.
O'yma zaminiga rang berishning ikki yo'li bor:
Ganch suvoq ustidan 2 mm dan 5 mm gacha qalinlikda rangli ganch suvaladi. Keyin ustidan gul (oq ganch chiqquncha) o'yiladi. So'ngra u shundoq qoldiriladi yoki pardoz beriladi. Rangli ganch tayyorlashda quruq bo'yoqlar (pigmentlar)dan foydalaniladi.
Relyef o'yilgandan so'ng, yelim bo'yoq yoki moy bilan zamini mo'yqalamda bo'yab chiqiladi. O'ymani rangli bo'yoqlarda bo'yash, ayniqsa, XIX asrda juda keng tarqaldi.
Chizma pardoz — ganch yuzasiga tushirilgan naqsh nusxasining ustidan tirnab chizib chiqishdir. Tirnalgan joyining chuqurligi 2—3 mm atrofida bo'ladi. Chizma pardoz, ayniqsa, yorug' xonalarda qo'llaniladi.
Panjarasimon o'yma binodagi tokcha va tuynuklarni pardozlashda qo'llaniladi. Bu o'yma boshqa turlardan farq qiladi. Bunda o'yilayotgan ganch taxtaning ikkinchi tomonidan teshib, o'ziga xos pardoz beriladi.
Panjarasimon o'yma qadimdan qo'llanadi. Uning ajoyib namunalarini Varaxsha (XIII asr) binolarida, Shohi Zinda majmuasida (XIV asr), Mir Arab, Abdullaxon (XVI asr) madrasalarida ko'rish mumkin.
Panjarasimon o'yma naqshning tuzilishi o'simliksimon, geometrik va nishon tarzida bo'ladi. Muqimiy nomli teatr, Xalq amaliy san'ati muzeyi, «Moviy gumbaz» kafesi, metro stansi-yalari va boshqa joylarda panjarasimon ganch o'ymakorligini ko'rish mumkin.
Ganch o'ymakorligida zanjira asosiy naqsh bilan hoshiya naqsh ni bog'lab turadi. Zanjira namoyon, tokcha, eshik, deraza taxmonlari, izora (panel) va boshqa joylarning chetiga ishlatiladi. U ramka vazifasini o'taydi. Zanjiraning eni 2—8 sm bo'ladi. Uning naqshi geometrik va o'simliksimon bo'ladi. Geometrik zanjira ko'proq qo'llaniladi. Zanjira sodda bo'lishiga qaramay, shakllari soya holida o'ziga jalb etadi.
Zanjiraning g'ishtin zanjira, arazlagan zanjira, chashmi bulbul, qo'sh zanjira va boshqa turlari bor.
Chuqur o'yma binolarning tashqi tomonini, katta xonalarini bezashda qo'llaniladi. O'ymasining chuqurligi 2-3 sm bo'ladi. Zaminga qarab, 45°-60° qiyalikda o'yiladi. Ularning chuqur yoki uncha chuqur bo'lmasligi o'ymaning hajmiga bog'liq. Chuqur o'ymalarga bo'yoq berish talab etilmaydi. Ba'zan umumiy qoli pga bitta rang berilishi mumkin. Chuqur qancha sayoz boisa, naqsh shuncha kontrast ko'rinadi. Agar o'yilayotganda yorug'lik tik tushsa, naqsh u a rim soyali, mayinroq ko'rinadi. Chuqur o'yma «yorug'-soya o'yiniga» boy va yaxshi ko'rinadi.
Xalq amaliy san'ati turlari - zargarlik, ganch o'ymakorligi, misgarlik, kulolchilik, yog'och o'ymakorligi kabilarda buyumga oxirgi ishlov berish — jilolash, pardoz berishdan iborat. Ganch o'ymakorligida, umuman, 6 ta pardoz turi bor. Ular qirma pardoz, chizma pardoz, pax (yoyma) pardoz, choka (yorma) pardoz, Lola pardozya. tabaqapardozlardir. Shundan to'rt xili (pax pardoz, Lola, choka pardoz, tabaqa pardoz) relyefga pardoz berishda ishlatiladi. Ulardan pax, choka va Lola pardoz oddiy pardozga, tabaqa pardoz esa murakkab pardozga kiradi.
Tabaqa pardoz — «tabaqa» arabcha «qatlam», «daraja» degan ma'noni anglatadi. U XIX asrda Buxoro ustalari tomonidan yaratilgan bo'lib, barg, gulni ikki yoki uch qatlam qilib o'yishdan iborat pardoz texnikasi. Tabaqa pardoz yevropacha pardozga o'xshab ketadi. Tabaqa pardoz pardoz turlarining ichida eng murakkabi bo'lib, ustadan yuksak mahoratni talab etadi. Bu texnikani yaxshi o'zlashtirgan buxorolik ustalar naqsh o'ymalarining uncha chuqur bo'lmaganiga qaramay, ulardan naqshning hajmini kattalashtirib ko'rsatuvchi ajoyibjimjimalar hosil qiladilar. Usta Shirin Murodov bu pardoznijuda ko'p qo'llagan.
Choka pardoz — (yorma pardoz) naqsh bandining qiyaligini o'rtaga olib, uzunasiga o'yilgan pardoz turi. Uni Farg'ona vodiysining ustalari ko'p qo'llaydilar. Baland bo'lmagan uylarda ko'p qo'llaniladi. Unda nur va soya yaxshi ko'rinadi.
Pax pardoz - ganch o'ymakorligida o'yma naqsh relyefini bir tomonga qiyalatib kesiladigan oddiy pardoz turi. Bu pardoz «uouta pardoz» deb ham yuritiladi. Ustalar pax pardoz zanjirani o'yish natijasida yuzaga kelgan, deydilar. Lola pardoz, choka pardoz, tabaqa pardozlarga qaraganda, pax pardozni o'yish ancha oson. Pax pardozlangan o'ymadagi nur va soya mayin ko'rinishga ega bo'ladi.
Pardozning bu turi ko'proq shifti baland mehmonxonalar va uylarda qo'llaniladi. Hozirda turar joy va jamoat binolarini bezashda bu xil pardozdan keng foydalanilmoqda.
Lola pardoz — o'yma relyefiga yarim yumaloq shaklda ishlov berilgan oddiy pardoz. Ganch, yog'och, tosh va boshqa o'ymakorliklarda qo'llaniladi. Bu pardoz XIX asrdan boshlab qo'llanib, choka, pax va tabaqa pardozlar ichida eng yoshi hisoblanadi. Lola pardoz texnikasi kundaldan1 keskin farq qiladi. Lola pardoz texnikasida o'yma fonini chuqurlashtirish va relyefni kesib olib tashlash bilan naqsh hosil qilinsa, kundalda fonning ustida bo'rtma hosil qilinadi.
Naqsh (arab. — tasvir, gul) — qismlari (taqsimlari) muayyan tartibda bir maromda takrorlanishidan hosil boʻladigan handasiy shakllar, oʻsimlik, qush, hayvon va boshqalarning uslublashtirilgan tasvirlaridan tarkib topgan bezak (gul). Turli narsalar (ashyolar, qurol, mato, mebel, kitob va t.k.), meʼmoriy inshootlar (ham ichki, ham tashqi bezaklar), nafis sanʼat (asosan, amaliy sanʼat) asarlarida keng qoʻllanadi, ayrim xalqlarda, shuningdek, odam tanasini bezashga (tatuirovka, bezashga) moʻljallanadi. Narsaning sirtini bezayotgan naqsh uning tuzilishini yuzaga chiqaradi va uning badiiy sifatini oshiradi. Naqsh yo mavhum shakllardan tuziladi, yo aniq mavzulardan uslublashtiriladi. Ishlanayotgan xom ashyosiga koʻra, naqsh ishlashning turli-tuman uslub va usullari mavjud: oʻyma (ganch, yogʻoch, mis, tosh, marmar va boshqalar), boʻyama (qogʻoz, mato, ganch, yogʻoch, sopol va boshqalar), chok yordamida tikma (kashtadoʻzlik, zardoʻzlik va boshqalar), zarb qilib, quyib (zargarlik, miskarlik va boshqalar), toʻqima (gilamchilik, toʻqimachilik va boshqalar), qadama (inkrustatsiya, panjarasozlik va boshqalar) va boshqalar.
Naqshning paydo boʻlishi haqida aniq maʼlumotlar yoʻq. Naqsh tarixi insoniyatning badiiy madaniyati kabi qadimiydir. Arxeologik materiallar naqshning jahondagi barcha xalqlarda qadimdan mavjud boʻlganligini koʻrsatadi. Metall, sopol buyum, idish, qurollar paleolit, neolit davrlarida oddiy handasiy shakllar qatorida oʻsimliksimon naqshlar bilan ham bezatilgan. Naqsh turli oʻlkalar, turli xalqlarda geografik muhit, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, madaniyati taʼsirida turlicha rivoj topgan. Masalan, Shimol oʻlkalari naqshlarida archa, chorvadorlarda mol shoxi, dexdonlarda uzum bargi va gʻujumi, oʻtroq aholida gul, anor, bodom, qalampir tasvirlari koʻp uchraydi. Yevropada turli davrlarda xukmron boʻlgan badiiy uslublar (barokko, gotika, klassitsizm va boshqalar) naqshga ham oʻz taʼsirini koʻrsatgan. Uygʻonish davrida, ayniqsa, yuksak jozibadorlikka erishgan. XIX asrning oxiridan boshlab shu davrda vujudga kelgan turli okimlar naqshni atayin kam ishlatdi, xatto undan butunlay voz kechishgacha bordi.

Markaziy Osiyoda[tahrir | manbasini tahrirlash]


Naqsh sanʼati Markaziy Osiyo madaniyati tarixida juda qadimdan boʻlib, oʻziga xos namunalari bilan ajralib turadi. Arxeologik topilmalar naqshning xilma-xil va rang-barang namunalaridan darak beradi. Meʼmoriy yodgorliklarda naqshning ancha mukammal, oʻziga xos va yuksak sanʼatkorlik bilan yaratilgan nusxalarini uchratish mumkin. Xalq amaliy sanʼatining har bir turida (xususan, kashtadoʻzlik, gilamchilik, oʻymakorlik, ganchkorlik, naqqoshlik kabi) naqshning shakliy imkoniyatlari naqadar keng va boy ekanligi yaqqol kuzatiladi. Oʻrta Osiyoda naqshlar keng tarqalgan boʻlib, ular, asosan, 2 turga boʻlina-di: handasiy shakl va chiziqlardan iborat eng murakkab naqsh turi — girih, keng tarqalgan oʻsimliksimon naqsh — islimiy. Har bir naqshning oʻz qonun-qoidalari bor: taqsim va boʻlaklar aniq oʻlchamda, uygʻun boʻlishi, ranglar did bilan tanlangan, oʻzaro mutanosib boʻlishi lozim. Bu naqqosh ustadan katta maxorat, malaka talab qiladi. Oʻrta Osiyoda eng qadimiy naqsh namunalar, asosan, meʼmoriy inshootlarda saqlangan; naqshning ajoyib namunalari ganch, yogʻoch va toshni oʻyib, baʼzan boʻyab ishlangan.
Naqsh hisobiga keng taraqqiy etdi, naqqoshlik jadal rivojlandi. Bino, buyum, idish, kiyim, qurollar aksariyat naqsh bilan bezatildi; masjid, madrasa, maqbaralarni xashamdor qilishda naqsh muqim oʻrin egalladi. Shu davrda meʼmorlikda gʻishtni turlicha qalab naqsh hosil qilish sanʼati yuksak darajaga koʻtarildi. Binolarning yogʻin tushmaydigan joylari ganch va yogʻoch oʻymakorligi, boʻyama naqshlar bilan bezatildi. Jumladan, meʼmoriy yodgorliklardan Oʻzgandagi maqbaralar (interyer, devor, peshtoq, ravoqlar) gʻishtin nafis naqshlangan. XIV—XV-asrlarda koshinkoriy naqshlar yaratildi (Koʻhna Urganchdagi Toʻrabekxonim koʻshki, Samarqanddagi Shohizinda ansambli, Dilkusho koʻshki — Ishratxona va boshqalar). Xiva, Buxoro, Qoʻqon xonliklari davrida xalq ustalari sanʼati ayniqsa shaharlarda oʻsdi, naqsh, naqqoshlik ham yanada rivojlandi. Xudoyorxon oʻrdasi (Qoʻqon), Sitorai Mohi Xosa (Buxoro), Toshhovli (Xiva) va boshqa binolar mohir ustalar tomonidan nafis naqshlar bilan bezatildi. Bu esa Oʻrta Osiyoda naqshning oʻziga xos uslublari vujudga kelganligini koʻrsatadi.
Buxoro naqshi eng murakkab, mukammal va jozibador boʻlib, koʻp asrlik ijodiy mehnat anʼanalari samarasidir; Naqsh bezak boʻlish bilan birga binokorlikning ajralmas qismiga aylangan. Juda murakkab girihlar puxta oʻlcham bilan ishlangan, gul naqshlari oʻziga xosligi bilan (gul naqshda vaza, kosa, guldonlar uslublashtirilib, ularda gul butalari aks ettirilgan, yaproq, mevalar tasvirlari bir maromda berilishiga alohida eʼtibori bilan) ajralib turadi. Xiva naqshi (yulduzlar hosil qiluvchi girihlar orasida oʻsimliksimon gullarni mahorat bilan joylashtirilishi, barg shaklidagi bezaklarning koʻpligi, oʻsimliksimon tasvirlar zich, koʻp va turli-tumanligi bilan mashhur. Fargʻona naqshi Margʻilon, Xoʻjand, Qoʻqon, Fargʻona, Namangan va boshqa shaharlarda vujudga kelgan uslublardan iborat. Meʼmoriy yodgorliklar (Qoʻqondagi Modarixon daxmasi va Daxmai shohon), XIX asrda yaratilgan naqshlarda sodda rang-baranglik (sariq, qizil, yashil, qora, oq, koʻk, pushtirang), naqsh qismlarining ancha joʻnligi koʻzga tashlanadi. Fargʻona naqshining oʻziga xos jihatlari: bino devorlariga mehrobi namoyonlar ishlanib, ular hoshiya naqsh bilan bir-biridan ajratiladi, hoshiyalar orasiga girih, qolgan qismlarga oʻsimliksimon gullar ishlanadi. Ularda Buxoro, Xiva naqshlarining taʼsiri seziladi. XIX asr oxiri — XX asr boshlaridagi naqshlarda yevropa naqshlarining ham taʼsiri bor.
Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston hududida yaratilgan roʻzgʻor buyumlari, asbob va qurollar, uy va inshootlarni naqshsiz (bezaksiz) tasavvur qilish qiyin. Oʻrta Osiyoda ishlangan bezakli buyumlar, matolar xalqaro bozorlarda ham qadrlangan. Turli oʻlkalar bilan madaniy-iqtisodiy aloqalar naqshning rivojiga ham sezilarli taʼsir koʻrsatgan.
XX asr boshqa sohalar qatorida amaliy sanʼat anʼanalarining yangi rivojlanish davri boʻldi. 1930-yillardan yirik jamoat va maʼmuriy binolar qurilishi rivojlandi, badiiy buyumlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Alisher Navoiy teatri, Muqimiy teatri, Oʻzbekiston tarixi muzeyi, Xalqlar doʻstligi saroyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Xotira maydoni, Imom Buxoriy majmuasi, Oliy Majlis, Oʻzbek milliy drama teatri, Oʻzbekiston konservatoriyasi binolarining turli texnika, usullar bilan ishlangan naqshlar hisobiga koʻrkam qilingani qadimiy anʼanalarning tiklanganligi, yangi mazmun bilan boyib borayotganligiga yorqin dalildir. Xalq ustalari Usta Shirin Murodov, Yu. Musayev, T. Arslonkulov, Q. Jalilov, Sh. Gʻafurov, S. Xoʻjayev, N. Ibrohimov, M. Qosimov, U. Zufarov, Q. Haydarov, U. Ahmedov, O. Polvonov, T. Toʻxtaxoʻjayev, O. Qosimjonov, J. Hakimov, Yo. Raufov, A. Boltayev, aka-uka Jalilovlar, S. Xudoyberganov, H. Rahimov va boshqa yaratgan asarlar XX asr oʻzbek milliy naqqoshligining yorqin namunalariga aylandi.
Kulollik, zardoʻzlik, kashtadoʻzlik, gilamchilik, zargarlik, kandakorlik va boshqa sohalarda naqsh bilan bezatilgan badiiy buyumlar turmushga fayz kiritadi. Ustalar yangi usullarni qoʻllab, yangi mazmun bilan boyitilayotgan naqshlar yaratmoqda. Bu jarayonda naqqoshlardan M. Toʻrayev, A. Ilhomov, S Mahmudov, Q. Shoislomov, H. Nuraliyev, A. Asqarov, O. Fayzullayev, S. Shukurov va boshqa yirik ustalar shogirdlari bilan qatnashdilar. Ular yaratgan bezaklarda kundalmehrobibodombutachorgulshobargoygulzanjira naqsh turlari koʻp uchraydi. Ushbulardan koʻrinadiki, Oʻzbekiston mustaqilligidan keyin barcha sanʼatlar qatorida amaliy sanʼat turlari, shulardan naqsh, naqqoshlik, yogʻoch va ganch oʻymakorligi ham jadal rivojlanmoqda, ularda qadimiy unutilayotgan anʼanalar qayta tiklanayotgani, naqsh turlari kengayotgani va islimiy naqshning bir necha turlari uygʻunlashayotgani kuzatiladi. Naqqoshlar ham 1995-yildan Toshkent shahrida YUNESKO tashkil etgan xalq hunarmandligi yarmarkasi, Parij shahrida oʻtkazilgan Amir Temurning 660 yilligi tantanalari koʻrgazmasi va boshqalarda qatnashib kasbiy maxoratlarini namoyish etdilar[1].

Adabiyotlar:
l. Bulatov S. O'zbek xalq amaliy bezak san'ati. «Mehnat», T., 1991.
2. Vu1atov S. Ganchkorlik T., 1989.
3. Z. Zoxidov P. Samarkandskaya shkola zodchix. Izdvoxudlit. T., 1965.
4. Notkin I. Buxarskaya rezbapo ganchu. Gos.izd.xud.lit. T., 1961.
Spravochnik po stroitelstvu i arxitekture. M, 1956.
5.Usmonov M. San'atim-saodatim. «Yosh gvardiya», T., 1983. M uxt or o v A. Ustoz va shogird odobi. «Mehnat», 1999.
Yüklə 44,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin