Mavzu: Genlar tuzulishi


DNK strukturasi va funktsiyasi



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə4/7
tarix16.06.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#61581
1   2   3   4   5   6   7
Genlar tuzulishi. Genomlar xilma xilligi va ularning strukturasi.

DNK strukturasi va funktsiyasi

Nuklein kislotalari (NK) Shveytsariyalik olim F.Misher tomonidan 1869 yilda kashf etilgan edi. Lekin bu kashfiyotning ahamiyati uzoq vaqt tushunilmadi, yetarli baholanmadi. Faqat XX asrning birinchi yarmidan boshlab dunyo biologlari organizm belgilarining irsiylanishini qanday kimyoviy modda ta’min etadi degan masalani atroflicha mu’okama qila boshladilar. 1924 yilda nemis biologi R.Felgen Misher kashf etgan nuklein kislotalari xromosomalarda joylashganligini aniqladi. SHu vaqtgacha klassik genetika sohasidagi G.Mendel (1865), T.Morgan (1911) va ularning izdoshlari amalga oshirgan tadqiqotlar natijasida irsiyat birligi genlar ekanligi va ular xromosomada joylashganligi haqidagi ta’limot yaratilgan edi. Keyinchalik hujayra yadrosi DNK va oqsillardan tashkil topganligi aniqlandi. Bayon etilgan dalillarga binoan DNK, genlar xromosomada joylashgan. Lekin bu dalillarga asoslanib o’sha davrda gen tushunchasi bilan DNK molekulasi orasida bog’liqlik borligi DNK genlarning moddiy asosi ekanligi haqida mantiqiy xulosaga kelinmadi. CHunki DNK molekulasining funktsiyasi, irsiyatdagi ahamiyati hali aniqlanmagan edi. Bundan tashqari xromosoma tarkibida DNK dan tashqari deyarlik 60% miqdorda oqsil moddalari mukammalroq tadqiq qilingan, ular polifunktsional moddalar ekanligi aniqlangan edi. SHuning uchun ham dastlab irsiyat moddasi oqsil molekulalaridan tashkil topgan degan gipoteza taklif etildi. Rus olimi N.K.Koltsov 1935 yili o’zining «Irsiy molekulalar» degan asarida irsiyatning moddiy asosi oqsil molekulalari degan gipotezani mukammal bayon etdi. Fanda to’plangan boy yangi dalillar ta’sirida bu gipotezaning o’rniga irsiyatning kimyoviy asosi DNK molekulalari ekanligi haqidagi gipoteza shakllana boshladi. DNK molekulasining strukturasi, funktsiyasi va irsiyatning molekulyar asoslari sifatidagi roli ko’p yillardan keyin, XX asrning o’rtalariga kelib kashf etildi. Endi biz bu buyuk kashfiyotning ochilishini ta’min etgan ilmiy tadqiqotlarning asosiylari, jumladan, bakteriyalardagi transformatsiya, transduktsiya hodisalarining ochilishi hamda viruslarda olib borilgan ba’zi tajribalar natijasi bilan tanishamiz.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin