GERMANIYA IQTISODIYOTIDA SUG’URTANING TUTGAN O‘RNI VA AHAMIYATIGERMANIYANING YIRIK SUG’URTA KOMPANIYALARIGA UMUMIY TAVSIFNOMA
Evropa valyuta tizimi (EVT) — EI a’zolarining xududiy valyuta guruxi.
Evropa Ittifoki(EI) - Evropaning 25ta davlatini birlashtiruvchi iktisodiy va siyosiy gurux.
Savdo va tarakkiyot bo‘yicha BMT Anjumani (YUNKTAD) — BMT tizimi doirasidagi maxsus muassasa.
Savdoda eng kulay sharoit yaratish rejimi — mamlakatlar o‘rtasida kelishilgan xolda o‘rnatilgan savdo operatsiyalarining imtiyozli tartibi.
Sug’urta xizmati bahosining yuqori chegarasi talab hajmi va bank foizining miqdori bilan aniqlanadi. Sug’urta xizmatining ma’lum bir turiga etarli darajada talab mavjud bo’lganda, sug’urta tashkiloti mazkur xizmat bahosini yuqori darajada saqlab turishi mumkin. Lekin, vaqt o’tishi bilan bozorda sug’urta xizmati ko’rsatish turlarining ko’payishi bilan, o’z-o’zidan tarif stavkalari kamayadi.
Sug’urta bozori hududiy joylashuviga qarab xalqaro, mintaqaviy va milliy sug’urta bozorlariga bo’linadi. Milliy sug’urta bozori biron-bir mamlakat hududidagi sug’urta muassasalarini va ularni faoliyatini o’z tarkibiga oladi. Jahondagi eng yirik milliy sug’urta bozori Amerika Qo’shma shtatlaridir. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda yig’iladigan sug’urta tushumlarining 43 foizdan ortig’i AQSh hissasiga to’g’ri keladi. Bu erda hayotni sug’urta qiluvchi 2600 dan ortiq va boshqa umumiy turdagi sug’urta xizmatlarini ko’rsatuvchi 3800 ta kompaniya faoliyat ko’rsatmoqda. Ulardan ba’zi birlari dunyo sug’urta bozorida ham oldingi o’rinlardadir. Masalan, “Prudenshial of Amerika” kompaniyasi mamlakat ichki bozorida birinchi va 1992 yil boshida mavjud aktivlari, to’plagan sug’urta mukofotlari bo’yicha uchinchi o’rinni egalladi.
Mintaqaviy sug’urta bozori deganda savdo, iqtisodiy va boshqa jihatlardan o’zaro yaqin munosabatda bo’lgan bir nechta mamlakatlarning ichki bozori tushuniladi. Evropa Ittifoqining sug’urta bozori yirik mintaqaviy bozordir.
Xalqaro sug’urta bozori sifatida dunyo miqyosida sug’urta faoliyatini olib boruvchi alohida mamlakatlarning ichki bozori tushuniladi. Jumladan, hozirgi vaqtda Yaponiya sug’urta bozorining xalqaro darajada muxim o’rni bor va keyingi o’n yillikda Yaponiya sug’urtachilari dunyo bozorida etakchilik qilib kelishmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, 1992 yili jahondagi eng yirik 20 ta hayotni sug’urta qiluvchi kompaniyalar ichida 9 tasi yoki 45 foizi Yaponiyaga tegishlidir. Bu kompaniyalarning moliyaviy salohiyati 869 mlrd. doll. miqdorida baholangan.
Sug’urta bozorlari hududiy bo’linish bilan bir qatorda sug’urta turlariga qarab ham xilma-xil bo’lishi mumkin. Iqtisodi rivojlangan mamlakatlar amaliyotida sug’urta bozori ikkiga bo’linadi: 1) Hayotni sug’urta qilish bilan bog’liq sug’urta xizmatlari bozori; 2) Umumiy sug’urta xizmatlari bozori.