Polifunksional birikmalar P o l i f u n k s i o n a l birikmalar deb tarkibida ikki va undan ortik bir xil funksional gruppalar saqlagan birikmalarga aytiladi. Bularga: Kóp atomli spirtlar: Prapantriol 1,2,3, etandiol 1,2; Ikki atomli fenollar: Pirikatexin, rizorsin, gidroxinon; Diaminlar: Etandiamin 1,2, butandiamin 1,4; Dikarbon kislotalar: Oksalar k-ta, malon k-ta, qahrabo k-ta.
Geterofunksional birikmalarG e t e r o f u n k s i o n a l birikmalar deb tarkibida bir vaqtni ózida bir biridan tabiati bilan farklanadigan bir nechta funksional guruhlar saqlaydidigan birikmalarga aytiladi. Bularga: Aminospirtlar: 2-aminometanol; Aminokislotalar: a-aminomoykislota; Gidroksilkislota: a-gidroksomoykislota;
Aminospirtlarni eng oddiy vakili 2-aminoetanol (kolamin)dir. Kolamin- HO – CH2 – CH2 – NH2. Kolamin molekulasida ham aminoguruh, ham gidroksil guruh bólgani uchun u ham spirtlarga, ham aminlarga xos reaksiyalarga kiradi. Kolamin fragmenti tibbiyotda allergiyaga qarshi va uyqu keltiruvchi dorivor modda dimedrol molekulasi tarkibiga kiradi. Xolin Tirik organizmda xolin metabolitik jarayonlarda ishtirok etuvchi betain ioniga aylanadi, asetilkoferment A yordamida asetillanib nerv tóqimalarda nerv impulslarini ótkazishda ishtirok etadigan (neyromediator) asetilxolinga aylanadi. Xolinning bir qator hosilalari tibbiyotda keng kullaniladi: Asetilxolin-kichik konsentrasiyalarda faol ta‘sir etuvchi, asab tukimalarida asab kuzgolishini uzatuvchi keng tarkalgan mediator (vositachi)dir.
TibbiYotda tarkibida xolin saklovchi quyidagi dorivor moddalar Qóllanadi. Asetilxolinxlorid [CH3-COO-CH2-CH2N+(CH3)3]CL - tibbiyotda qon tomirlarni kengaytiruvchi vosita sifatida keng qóllanadi; Karbamoilxolin xlorid (karbaxolin) [H2N-COO-CH2-CH2-N+(CH3)3]CL-xolinning karbamin kislota bilan hosil kilgan murakkab efiri. Xolin-esteraza fermenti tomonidan gidrolizlanmaydi, shuning uchun xolindan kuchli bólib, tomir kengaytiruvchi vosita sifatida kullaniladi. Sukstinilxolinyodid (ditinil– xolinning kahrabo kislota bilan hosil qilgan murakkab efiri – mushaklar taranligini kamaytiruvchi xossasiga ega; Sukstinilxolinyodid (ditinil– xolinning kahrabo kislota bilan hosil qilgan murakkab efiri – mushaklar taranligini kamaytiruvchi xossasiga ega; Xolinning molekula ichida degidratlanish mahsuloti neyrin (trimetilvinilammoniy) oqsillarni chirishi natijasida hosil bóladi. U óta zaxarli birikmadir. Neyrin – asab tukimalarida bóladi, kuchli zaxar, murda zaxarlariga kiradi.