Suv chiqarish qurilmalarini ishlatish va loyihalash. Kon korxonalarida suv chiqarish qurilmalarini sinash nasoslarning alohida tavsifini olish ularni zavod tavsifi bilan solishtirish va ishga yaroqliligini aniqliligini aniqlash uchun qo’llaniladi. Nasoslarni sinash suv chiqarish qurilmasini montaj qilib bo’lgandan so’ng bundan tashqari har bir kapital ta’mirlashdan so’ng olib boriladi. Bunda zo’riqma, unumdorlik quvvat sarfi ish rejimida o’lchanadi. Unumdorlikni o’lchash uchun har xil rasxodomerlar yoki Venturi trubkasi va diafragma differentsial monometr bilan qo’llaniladi. Nasos zo’riqmasi monometr va vakuum metrlarda o’lchanadi. Suv haydovchi truboprovod suvga to’ldirilgandan so’ng truboprovod yopilib nasosning ish rejimadagi maksimal bosimdan 1,25 barobar yuqori bosimda sinab ko’riladi. Agarda ayrim qismlarida suv qo’yib yuborsa ta’mirlanib sinashqaytadan o’tkaziladi va 30 minut vaqt davomida bosim tushishi 5% oshmasa stav germetik mahkam hisoblanadi.
Suv chiqarish qurilmalariga xizmat ko’rsatish. Suv chiqarish qurilmalarini bir tekisda ishlatish uchun quyidagilarga e’tibor berish kerak: nasosga havo kirmasligi kerak; nasosning suv so’ruvchi klapani suv sathidan 2,5 m chuqurda bo’lishi kerak; quduq tubi bilan so’ruvchi to’r orasidagi masofa 0,5 m dan kam bo’lmasligi kerak; devor bilan to’r orasi 0,3 m dan kam bo’lmasligi kerak; to’rning teshiklarining yuzasi so’ruvchi truboprovod ko’ndalang kesim yuzasidan 4-5 barobar katta bo’lishi kerak; so’ruvchi truboprovod ko’ndalang kesimi yuzasi nasos so’ruvchi trubkasidan katta yoki teng bo’lishi kerak; so’rish tuboprovodining uzunligi 10 m dan ortiq bo’lsa, so’rish trubasi diametri nasos trubasidan katta bo’li unga konfuzor orqali ulangan bo’lishi kerak; zo’riqma truboprovodlarining alohida tayanchi bo’lib, og’irligi nasosga tushmasligi kerak; nasoslarning ishlarini shunday rejalashtirish kerakki, ma’lum bir tartibda barcha nasoslar ishlashi kerak; ishga tushirishdan oldin nasos so’rish truboprovodi suvga to’ldirilishi kerak. SHuning uchun barcha avtomatlashtirilgan suv chiqarish qurilmalarida nasoslar buster nasoslari yordamida ishlatishdan oldin suvga to’ldiriladi.