Mavzu: Globallashuv sharoitida korrupsiya va unga qarshi kurashishning zarurligi Reja: Korrupsiya haqida tushuncha. Korrupsiyaga qarshi kurashish usullari


Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi



Yüklə 35,59 Kb.
səhifə4/4
tarix25.09.2023
ölçüsü35,59 Kb.
#148512
1   2   3   4
globallashuv

3. Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi


Hozirgi globallashuv, mintaqa va davlatlararo integratsiya jarayonlari jadallashib borayotgan murakkab bir sharoitda korrupsiya chegara bilmas muammoga aylandi.
Aytish lozimki, korrupsiya keltirib chiqarayotgan oqibatlar jamiyatlarni
ich-ichidan yemirib, demokratik va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlarining qo‘pol ravishda buzilishiga olib keladi, iqtisodiy rivojlanishni izdan chiqaradi, jamiyat va davlat uchun o‘ta xavfli bo‘lgan uyushgan jinoyatchilik va terrorizmning keng yoyilishiga sharoit yaratib beradi. Mavjud statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo davlatlarida jamiyat rivojiga g‘ov bo‘layotgan korrupsiya xavfiga qarshi kurashishni ta’minlashga qaratilgan bir qator xalqaro-huquqiy hujjatlar qabul qilingan, jumladan:
– Davlat mansabdor shaxslarining xalqaro axloqiy kodeksi
(Nyu-York, 1996-yil 12- dekabr);
– Korrupsiya bo‘yicha jinoiy javobgarlik konvensiyasi (Strasburg, 1999- yil
27 -yanvar);
– Korrupsiya bo‘yicha fuqaroviy-huquqiy javobgarlik konvensiyasi
(Strasburg, 1999-yil 4-noyabr) va mazkur Konvensiyaga qo‘shimcha protokol (Strasburg,2003 -yil 15- may);
– Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi
(2003- yil 31- oktyabr)
Bundan tashqari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining
2003-yil 21-noyabrdagi rezolyusiyasiga muvofiq, 2004-yildan boshlab
“9- dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” sifatida nishonlab kelinmoqda.
O‘zbekistonning 2008-yili BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga,
2010-yili Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti doirasida qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Istanbul harakat rejasiga qo‘shilishi – korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslarini yaratishda muhim qadam bo‘ldi.
Dastavval korrupsiyaning oldini olish bilan bog‘liq qonunchilik bazasini mustahkamlashga qaratilgan Byudjet kodeksi, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”, “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”, “Elektron hukumat to‘g‘risida” va “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi.
Shuningdek, korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib borish maqsadida 2017- yil yanvarda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi – davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarshi kuch va imkoniyatlarini birlashtirib, yaxlit tizimni yaratish imkonini berdi. Shuningdek, Huquqbuzarliklar profilaktikaning asosiy vazifasi jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash, huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, o‘rganish va bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rishdan iborat.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishga yo‘naltirish bilan bir qatorda mazkur sohada keng qamrovli tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlar ham amalga oshirildi.
Xususan, 2010-yilda huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishning eng muhim bo‘g‘ini – voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. 2012 -yilda qabul qilingan “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki himoya qilinishini, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatlarning oldini olish tezkor-qidiruv faoliyatining asosiy vazifalari sifatida belgilandi. 2022- yilning 14-may kuni imzolangan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi.
Qonunda huquqbuzarliklar profilaktikasining 4 ta asosiy turi belgilandi: huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasi, huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasi, huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi, huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi. Profilaktikaning har bir turi bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar hamda ularni amalga oshirish mexanizmlari belgilandi.
Qonunda huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda ichki ishlar, prokuratura, Milliy xavfsizlik xizmati, adliya, davlat bojxona xizmati, davlat soliq xizmati organlari kabi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan bir qatorda, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari, ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari, davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning ham huquqbuzarliklar profilaktikasidagi faol ishtiroki nazarda tutilgan. Bu esa, huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Mamlakatimiz mustahkamligi, xalqimiz farovonligi, yurtning rivoji va gullab yashnashini, obod bo‘lishini istagan har bir fuqaro pora olish va berish illatidan xalos bo‘lishi, bir so‘z bilan aytganda “halollik vaksinasi” bilan emlanishi, shuningdek jamiyatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish nafaqat davlat organlarining, balki shu jamiyatning a’zosi hisoblangan har bir insonning vazifasidir.
Yüklə 35,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin