Mavzu: Globallashuv va barqaror taraqqiyot falsafasi Globallashuv, globalistika va barqaror taraqqiyot jarayonlarining mohiyati


Global muammolar globallashuvning oqibati sifatida



Yüklə 191,05 Kb.
səhifə6/25
tarix27.12.2023
ölçüsü191,05 Kb.
#198905
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
13-Mavzu Globallashuv

Global muammolar globallashuvning oqibati sifatida. Ko‘rib chiqilgan globallashuv jarayonlari odamlarga yangi g‘am-tashvishlar va ijtimoiy hayotning internatsionallashuvidan kelib chiqadigan yangi (global) muammolar keltirdi. YUqorida qayd etib o‘tilganidek, ular ijtimoiy rivojlanishda, shuningdek «jamiyat-tabiat» tizimida uzoq vaqt mobaynida yuz bergan miqdor va sifat o‘zgarishlari mahsuli bo‘ldi.
SHuni ta’kidlash lozimki, jahon hamjamiyati nafaqat yanada rang-barang, balki avvalgidan ham ziddiyatliroq shakl-shamoyil kasb etgani bilan tavsiflanadigan hozirgi vaziyat tarixda hech qachon bo‘lmagan edi.
Bir tomondan, u bir-biriga o‘xshamaydigan, katta va kichik, rivojlangan va qoloq, tinchliksevar va urushqoq, yosh va qadimgi ko‘p sonli madaniyatlar, millatlar va davlatlardan iborat. Boshqa tomondan esa, insoniyat uchinchi ming yillikka yagona organizm sifatida, bir «umumiy uy», aniqroq aytganda, yashash sharoitlari nafaqat tabiiy ko‘rsatkichlar, ya’ni yashash uchun yaroqli hudud bilan, balki hayot faoliyati uchun zarur resurslar mavjudligi bilan ham chegaralangan Er deb atalmish katta va odamga to‘lib ketgan «kommunal kvartira» aholisi sifatida qadam qo‘ydi. Bu to‘la anglab etish jarayoni so‘nggi o‘n yilliklardagina yuz bergan va endilikda u bilan barcha mamlakatlar va xalqlar hisoblashishga majbur bo‘lgan borliqdir.
Ayni vaqtda shuni ta’kidlash lozimki, global muammolarning paydo bo‘lishi qandaydir yanglishish, kimningdir xatosi yoki ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishning ataylab tanlangan strategiyasi natijasi emas. Bu tarix injiqligi yoki tabiiy anomaliyalar mahsuli ham emas. Ushbu muammolarning ildizlari ancha chuqur bo‘lib, industrial jamiyat, umuman texnokratik yo‘naltirilgan madaniyatning keng miqyosdagi inqirozini yuzaga keltirgan hozirgi sivilizatsiyaning vujudga kelish tarixiga borib taqaladi.
Mazkur inqiroz odamlarning bir-biri bilan, jamiyat va tabiat bilan o‘zaro aloqalarining butun majmuini qamrab oldi va deyarli butun jahon hamjamiyatiga, rivojlanayotgan mamlakatlarga va rivojlangan mamlakatlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Insonning atrof muhitga salbiy ta’siri aynan rivojlangan mamlakatlarda, asosan bu erda jadal sur’atlarda va stixiyali tarzda rivojlangan iqtisodiyot bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra oldinroq va bo‘rtibroq namoyon bo‘ldi.

Yüklə 191,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin