16
chega- ralaridagi tegishli xizmatlarga o‘tkaziladi. 1968
yildan boshlab Yevropa
iqtisodiy hamjamiyati (kevinchalik Yevropa ittifoqiga aylantirilgan), shuningdek
MERKOSUR, YevrOsIH olti mamlakatida (Rossiya. Belorussiya. Kozog‘iston,
Qirg‘iziston, Tojikiston) shakllanayotgan
Bojxona ittifoqi ushbu shaklga misol bo‘la oladi. Integratsiyaning bu
bosqichida tovar oqimlari sezilarli darajada o‘zgaradi, kelishuvning ishtirokchi
mamlakatlaridan import qilish o‘sadi, mahsulot ishlab chiqarish va iste’mol
tarkibida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.Bojxona ittifoqi
mantiqan yetarli darajada
tugallangan shakl hisobianadi. Shu bilan birga tashqi savdo bilan cheklangan
holda, uning rivojlanishi savdo-iqtisodiy uyushmalaming yanada murakkab
shakllariga o‘tish ehtiyojini tug‘diradigan ichki ziddiyatlami o‘z ichiga oladi.
Umumiy bozor
. Bojxona ittifoqi doiralariga qo‘shimcha sifatida, mazkur
shakl barcha ishlab chiqarish omillarining ishtirokchi mamlakatlar crrtasidagi
erkin ko'chishi yo‘lidagi to‘siqlaming bartaraf etilishini ko‘zda tutadi.
Aytilganlaming
barchasi milliy qonunchilik, standartlaming yaqinlashishi,
integratsiya institusional asoslarining rivojlanishi. birlashtirish jarayonlarini
umumiy bosh- qarish organlarining shakllanishini anglatadi.
Umuman olganda mamlakatlaming muayyan guruhi ichida ishlab chiqarish
omillarining erkin harakati jami resurslardan yanada oqilona
foydalanish mehnat
taqsimoti va ishlab chiqarish ixtisosla- shuvining rivojlanishi, ishlab chiqarish
tuzilmalarining maqbullashishi va ishlab chiqarish miqyoslarining kengayishi
tufayli iqtisod qilish omilidan to‘liq foydalanishga yordam berishi lozim. Shu
bilan birga umumiy bozor tarkibiga kiradigan mamlakatlaming
iqtisodiy siyosa-
tidagi tafovutlar bunga to'sqinlik qiladi. Qat’iy ma'noda, bu holat milliy
iqtisodiyotni tartibga solishda kelib chiqadigan barcha salbiy oqibatlar ketidan
ziddiyatlarning mavjudligiga yo‘l qo‘yadi. Natijada savdo-iqtisodiy ittifoqlarning
yanada murakkab shakllariga o:tish sharoitidagina hal qilinishi mumkin bo'lgan
muammo pavdo boiadi.
Dostları ilə paylaş: