2.Ta’lim berish vazifalari. 7-8 yoshli o‘quvchilar bilan milliy xalq o‘yinlarini o‘tkazish jarayonida ta’lim berish vazifalarini bajarish ham muhim ahamiyatga ega. Bu vazifalar: harakat malakalari va layoqatlarini shakllantirish, jismoniy fazilatlar (chaqqonlik, tezlik, qayishqoqlik, muvozanatni saqlash, epchillik, baquvvatlik, chidamlilik) ni rivojlantirish, gavdani to‘g‘ri tutishni, jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni o‘zlashtirishdan iborat. Asab tizimining qayishqoqligi tufayli bolalarda harakat malakalari kattalarga nisbatan osonroq shakllanadi. Bu malakalarning ko‘pchiligi (yurish, yugurish, sakrash) dan bolalar kundalik hayotda harakatlanuvchi vositalar sifatida foydalanadilar. Harakat malakalari bolaning atrof-muxit bilan muloqot qilishini engillashtiradi va uni idrok qilishiga ko‘maklashadi.
Tanlab olingan xalq milliy o‘yinlarini to‘g‘ri bajarish bola mushaklari, paylari, bo‘g‘imlari, suyuk tizimining rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Puxta shakllantirilgan harakat malakalarini amalda qo‘llash bilan, o‘yinlarni bajarish chog‘ida bola kuchini tejashda va uning etiborini o‘yin faoliyati paytida tasodifan sodir bo‘luvchi turli-tuman vazifalarni idrok qilishga imkon yaratadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga jismoniy madaniyat bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan bilimlar (o‘yinlarning foydali tomoni, jismoniy mashg‘ulotlarning axamiyati va texnikaviy ijrosi, ularni bajarish usullari, xalq milliy o‘yinlarning qoidalari va boshqalar) xaqida ma’lumot berish katta ahamiyatga ega. O‘quvchilar olgan bilim qancha chuqur bo‘lsa, ular xalq o‘yinlaridan shuncha oqilona foydalanishlari, o‘yinlar bilan shuncha samarali shug‘ullanishlari hamda maktab va oila muhitida jismoniy madaniyat qurollarini mustaqil ishlata bilishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: |