Havoni ajratish agregatlari. G- 6800 agregati 99,5 - 99,99% toza azotni olishga mo‘ljallangan, soatiga 6800 m3 havo beriladi. Ikki xil bosim (20 va 0,6 MPa), hamda past ( 0,6 MPa) va yuqori (20 MPa) bosimli havoni oraliq ammiakli sovutish bilan ishlaydi. Bu erda quvurli issiqlik almashgichlar va drossellar ishlatiladi. AKt - 16 - 2 da 99,998% azot, texnik kislorod - 95% li, texnik kislorod (99,2% O2) va neon + geliy aralashmasi olinadi AKt - 16 - 1; BR - 6; BR - 6M qurilmalarni almashtirdi. Bu’larda asosan regeneratorlar, qisman issiqlik almashgichlar, hamda turbodetanderlar ishlatiladi. Ular aktiv (agarda siqilgan havo yo‘naltiruvchi apparatda kengaysa va reaktiv (qisman yo‘naltiruvchi apparatda, qisman ishchi g‘ildirakning ko’rakchalarida kengaysa) bo‘ladilar. Bo‘lish natijasida olinayotgan kislorod va azotning tannarxini asosiy qismini ( 60-70%ni) elektr energiyasini 12-18% ini uskunani eskirib qolgan qismini qoplash uchun ajratilgan mablag‘ tashkil etadi.