Mavzu. Haydovchi va uning harakat xavfsizligini ta’minlashdagi



Yüklə 42,96 Kb.
səhifə3/7
tarix12.06.2023
ölçüsü42,96 Kb.
#128834
1   2   3   4   5   6   7
Muvozanat - bu muhitda tana holatining o’zgarishini hamda organizmga tezlanish va og’irlikning ta’sirini ehtirof etish va qabul qilishdir.
Tezlanish - tezlikning yo’nalishi va miqdoriy ko’rsatkichlari bo’yicha o’zgarishni belgilaydi. To’g’ri chiziqli tezlanish harakatlanish tezligining ko’payishi yoki kamayishi orqali vujudga keladi; yoysimon yoki markazdan qochirma tezlanish esa egrilik bo’yicha harakatlanish davrida vujudga keladi. Tezlanish ta’siridagi odamning umumiy holati butun tana bo’yicha vazminlikni his qilishning vujudga kelishi orqali belgilanadi.
Tebranish - (mexanik tebranish) kishi organizmiga ancha salbiy ta’sir ko’rsatadi, holbuki, uning ta’sir etish darajasi va xarakteri tebranish turiga bog’liqdir.
Qabul qilish - haydovchi o’zining kasbiy faoliyati jarayonida doimo tuganmas axborotlar oqimi asosida vujudga kelgan va kelishi mumkin bo’lgan yo’l-transport holatiga mos ravishdagi harakatlarni bajaradi. Ayni paytda haydovchi qator taktik vazifalarga asoslanadi: harakatlanishning xavfsiz tezligiga, transport jarayonining o’rnatayotgan maqsadiga, to’xtash,
to’xtab turish shartlari va h.k. larga asoslanadi.
Xotira - qabul qilish jarayoni, asab tizimining tashqi olam haqidagi axborotlarini va bu hodisalarga organizmning ehtibor berishini saqlash qobiliyati.
Fikrlash - sezish, qabul qilish, xotira, tasavvur bilan uzluksiz bog’liq bo’lib, uning asosiy ahamiyati bu jarayonlarni muvofiqlashtirish, tartibga solish va sintez qilishdadir. Haydovchilar uchun fikrlash tezligi muhimdir, chunki fikrlash asosida xulosa chiqarish va undan keyingi harakatlar avtomobilning harakatlanish tezligi qancha yuqori bo’lsa, shuncha tez bajarilishi lozim.
Haydovchining tezkorlik sifati - bu sifatlar kutilmaganda vujudga keladigan kritik vaziyatlarda to’g’ri xulosa chiqara olish va qisqa vaqt ichida kerakli harakatlarni bajara olishga tayyor bo’lishlikning darajasini aniqlaydi.
Diqqat - bu sifat ruhiy faoliyat xarakteristikasi bo’lib hisoblanadi va ongning ma’lum bir ob’ektiga jalb qilish va yo’naltirish orqali ifodalanadi.
Diqqatning avtomobil haydovchisi uchun muhim sifatlari bo’lib turg’unlik, to’plash, hajm, taqsimlash va ko’chirish hisoblanadi.

Reaktsiya - organizmning har qanday signalga javob harakatidir. Reaktsiya oddiy va murakkab bo’ladi.
Oddiy reaktsiya - bu avvaldan ma’lum bo’lgan bir dona ishoraga javob harakati. Masalan, yorug’lik yoki tovush qo’zg’otgich tugmasini bosish. Yorug’lik qo’zg’otgich tugmachani bosishning o’rtacha vaqti 0,2 s, tovushniki esa 0,15 s. Agarda qator mumkin bo’lgan javob harakatlaridan bitta yoki bir nechta aniq harakatni tanlash zarur bo’lsa, bunday reaktsiya murakkab reaktsiya deyiladi. Ko’pgina hollarda haydovchining kutilmagan vaziyatlarda vaziyatning o’zgarishiga bo’lgan reaktsiyasi murakkab harakat reaktsiyasiga kiradi va uning vaqti 0,4-2,5 s va undan ko’proq bo’lgan oraliqda bo’lishi mumkin.

    1. HAYDOVCHI MEHNATINI TASHKIL ETISH VA UNING KASBIGA MUNOSIBLIGINI ANIQLASH

Ko’p vaqt mobaynida avtomobilni boshqarish natijasida haydovchining diqqati pasayishi va reaktsiya vaqti oshishi mumkin. Bu esa harakat xavfsizligi nuqtai nazaridan juda xavfli hisoblanadi. Bunday vaziyatning oldini olish maqsadida haydovchining ish vaqti tartibga solinadi.
O’zbekiston Respublikasida mavjud mehnat kodeksining 115-moddasiga [19] amal qilgan ravishda avtokorxonalardagi haydovchilarning ish vaqti haftasiga 40 soatdan, haftada olti kun ishlovchilarga kuniga 7 soatdan, besh kunlik ish haftasida esa 8 soatdan ortib ketmasligi lozim (bu ish tartibi avtobus, taksi, maxsus transport va tunda ishlovchi haydovchilarga taalluqli emas).
Evropa davlatlarida haydovchining bir kunlik maksimal ish vaqti 9 soat qilib belgilangan. Haydovchilar 6 hafta ishlagandan so’ng 1 hafta dam olish rejalashtiriladi. Bunda 14 kun mobaynida maksimal ish vaqti 90 soatdan oshmasligi kerak. To’xtamasdan avtomobilni
maksimal boshqarish vaqti 4,5 soatni tashkil etishi, so’ngra 45 minut dam olishi o’rnatilgan.
Belgilangan ish tartibini kuzatib (nazorat qilib) borish uchun avtomobillarga taxometr o’rnatiladi [11].
AQSHda tadqiqotchilarning oxirgi 25 yil ichida o’tkazgan YTH tahlili [11] bo’yicha yuk avtomobilini davomli boshqarish ortgan sari YTHni vujudga keltiruvchi nisbiy tavakkallik vaziyati oshib, 9 soat ishlagandagi nisbiy tavakkallik 4,5 soatdagidan 1,31 marta, 10 soatdagi esa 1,5 marta katta (6.3-rasm) bo’lishi aniqlanilgan.
Haydovchi mehnatini to’g’ri tashkil etish uning bir avtomobilda va aniq yo’nalishda muntazam ishlashini taqozo etadi.
Haydovchining mehnatini tashkil qilishdagi asosiy kamchiliklardan biri ko’pchilik hollarda ish vaqtidan tashqari ishlar bo’lib, ular ish vaqti va dam olish rejimini izdan chiqaradi hamda harakatlanish xavfsizligiga katta xavf tug’diradi.
Haydovchilik kasbiga munosiblik birinchi navbatda uning haydovchilik kasbiga qanday tayyorgarlik ko’rgani, yo’l harakat qoidalarini mukammal bilishi, psixofiziologik jihatdan transport vositalarini boshqarishga tayyorgarligi, belgilangan qoidalarga xohish bildirishi, shaxs sifatida jamiyat bo’layotgan qiziqishlariga va jamiyat xavfsizligiga egoistik ruhda emasligi aniqlanadi.

Haydovchilik kasbi-ni egallamoqchi bo’lgan shaxslar tibbiy ko’rikdan o’tishlari shart. Tibbiy ko’rikdan o’tishlari nati-jasida bo’lg’usi haydovchi-larning ko’rish, eshitish, o’z vaqtida tashqi (yo’l sharoitini) va ichki (avtomobil transportini) muhitga bo’lgan diqqati va boshqa psixologik xusu- siyatlari tekshiriladi. Barcha transport vosi- talari haydovchilari O’zbe-kiston Respublikasi

Nisbiy tavakkallik






Yüklə 42,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin