Mavzu: hindistonning iqtisodiy-geografik tavsifi


II BOB. HINDISTONNING GEOGRAFIK O`RNI VA RESURSLARI



Yüklə 1,97 Mb.
səhifə5/8
tarix27.12.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#199548
1   2   3   4   5   6   7   8
Hindistonning iqtisodiy-geografik tavsifi

II BOB. HINDISTONNING GEOGRAFIK O`RNI VA RESURSLARI
II.1.Hindistonning geografik resurslari
Hududi geografik o`rni va resurslari hindiston yarimoroli. Lakkadiv, Andaman, Nikobar, Federativ Respublika, shtatlar, ittifoqdosh hududlar, din, millat, xalq.Hindiston Respublikasining umumiy maydoni 3,3 mln. kv.km dir.Hududi, asosan, ulkan uchburchak shaklida bo’lgan Hindiston yarimorolida yarimorollarda joylashgan, u shimoldan janubga 3,2 ming km., g’arbdan sharqqa 2,9 ming km. masofaga cho’zilgan. Shuningdek, Hindistonga Lakadif hamda Andaman va Nikobar orollari guruhlari ham qarashlidir.
Siyosiy-hududiy tuzilishiga kо’rа Hindiston Federativ Respublikadir.
Uning tarkibida 25 shtat va markazga bo’ysunadigan yettita ittifoqdosh hududlar mavjud.Davlatning siyosiy markazi Dehli shahridir Hindiston Respublikasi Janubiy Osiyo subregionida eng yirik davlatdir.Hindiston katta masofada dengizlar bilan tutashgan. Unda G’arb va Sharq mamlakatlari o’rtasida dengiz orqali olib boriladigan serqatnov savdo yo’llari joylashgandir.Hindistonning tabiiy sharoiti xilma-xil va ancha boy. Mamlakat shimoliy tomondan baland Himolay tog’lari bilan o’rab turilishi uning iqlimiy sharoitlarining juda qulay bo’lishida, nihoyatda boy agroiqlim resurslari bilan ta’minlanishida asosiy rol o’ynaydi. Uning yerosti qazilma boyliklari ham xilma-xil. Temir va marganes rudalari, xrom, titan zaxiralari dunyo ahamiyatiga ega. Shuningdek, ko’mir, oltin va boshqa bir qator rangdor metall zaxiralariga boy. Hududi va dengiz sayozliklaridan neft ham topilgan.Hindiston aholisining soni bir milliarddan oshgan, aholisining soni tez o’sayotgati mamlakatlardandir. So’nggi yuz yil ichida uning (1900 - 2004) aholisi 239 mln. dan 1 mlrd. 64 ming 400 kishigacha ko’paydi. Agar aholisining hozirgi o’sish sur’atlari saqlanib qolsa, mamlakat aholisining soni, BMT hisobi bo’yicha, 2025- yilda 1,4 mlrd. kishiga yetadi. Shu sababli Hindistonda aholi o’sishining sekinlashishiga xizmat qiladigan demografik siyosatni olib borishga to’g’ri keldi. Ammo oilani rejalashtirishga qaratilgan bu siyosat hanuzgacha sezilarli natijaga olib kelmadi.Hindiston jahondagi eng ko’p millatli mamlakatdir.Aholisining milliy-etnik tarkibi juda murakkab. Unda yashayotgan millat, elat va qabilalar turli til guruhlariga, dinlarga mansubdir. Ularning urf-odatlari ham turlicha, ijtimoiy rivojlanish darajalari esa har xil bosqichdadir.Mamlakatdagi asosiy millatlarni hindlar, bengallar, bixarlar, panjobliklar, tamillar, kashmirliklar va boshqalar tashkil qiladi. Ammo Hindistonda hech bir millat ko’pchiliknitashkilqilmaydi.Aholining diniy tarkibi ham ancha murakkab. Aholining 80 foizi induizm diniga mansub. Ikkinchi o’rinni islom diniga mansub aholi egallaydi. Ular mamlakat aholisining 100 mln. dan ko’proq qismi (11 foizi) ni tashkil qiladi. Jammu va Kashmir shtatlari aholisining 2/3 qismi islom diniga mansub. Shuningdek, Hindistonda 18 mln. xristianlar, 15 mln. sikxlar, 5 mln. buddizm va boshqa din vakillari ham yashaydilar.
Hindistonning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida O’rta Osiyo xalqlarining alohida o’rni bor. Temuriylar sulolasining yorqin namoyandalaridan bo’lgan Zahiriddin Muhammad Bobur va uning avlodlari bu mamlakat tarixida beqiyos iz qoldirganlar.Binobarin, Bobur asos solgan Boburiylar saltanatining Hindiston tarixidagi ulkan xizmatlari — tarixan biron marta ham birlasha olmagan Hindiston, Pokiston va Bangladesh hududlarini yagona markazlashgan ulkan hokimiyat atrofida birlashtirgani va unda bir yo’nalishli ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo’liga asos solgani edi. Darhaqiqat, Boburiylar saltanati Hindistonda uch asrdan ortiq (1526 - 1858-y.y.) vaqt davomida hukmronlik qildi. Bu yillar davomida tili, dini, manfaatlari turlicha bo’lgan, ko’pincha bir-birlariga dushman bo’lgan (hind xalqi ijodiyoti namunalaridan bo’lgan «Maxobxorat», «Ramayana»dagi voqealarni eslang) o’nlab tarqoq davlat va davlatchalarmavjudedi.
Hindiston aholisining o’rtacha zichlik ko’rsatkichlari juda yuqori — 1 kv.km maydonga 330 kishidan to’g’ri keladi. Ammo aholisi hududlar bo’ylab ancha notekis joylashgan. Agar pasttekisliklar, tog’ oraliq vodiylarida aholi eng zich joylashgan bo’lsa (masalan, Hind-Gang pasttekisligida 1 kv.km ga 600 — 800 kishidan to’g’ri keladi), baland Himolay tog’i yonbag’irlari, shimoli-g’arbiy va markaziy qurg’oqchil hududlarida aholi ancha siyrak yashaydi



Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin