Burun bo`shlig`i - suyak va tog`ayli tuzilishga ega bo`lgan tashqi burun – nasus externus ning davomi bo`lib hisoblanadi. Burun bo`shlig`iga kirish teshigi – nares deyiladi Burun bo`shlig`i to`siq - septum nasi vositasida ikki bo`shliqga ajraladi. To`siqning oldingi qismi tog`aydan va orqa sohasi suyakdan tashkil topadi. SHu sababdan to`siqda quyidagi qismlar bo`ladi:
a) pars membranacea – pardali qism;
b) pars cartilaginea – tog`ayli qism;
v) pars ossea – suyakli qism;
g) organum vomeronasale – dimog` – burun hosilasi.
Burun bo`shlig`ining boshlanish sohasi uning daxlizi – vestibulum nasi deyiladi. Burun bo`shlig`ining orqa sohasini, xalqumga davom etadigan - orqa teshiklar xoanalar deyiladi. Burun bo`shlig`ining shilliq qavati kiprikli epiteliy bilan qoplanadi va shilliq bezlari bo`ladi. SHilliq qavat ostida juda ko`p miqdorda venoz tomir chigallari joylashadi. Bu hosilalar havoni tozalaydi, ilitadi yoki sovutadi va asosan burun bo`shlig`ining o`rta va pastki burun chig`anoqlari sohasida joylashadi. SHu sababdan o`rta va pastki havo yo`llarini - nafas sohasi regio respiratoria deyiladi. YUqori burun yo`llari sohasida hid biluv nervining retseptorlari joylashadi, shu sababdan burun bo`shlig`ining bu sohasini hid biluv sohasi - regio olfactoria deyiladi. Burun bo`shlig`ida quyidagi chig`anoqlar bo`ladi
a) concha nasi suprema – burunning eng yuqori chig`anog`i;
b) concha nasi superior – buruning yuqori chig`anog`i ;
v) concha nasi media – buruning o`rta chig`anog`i;
g) concha nasi inferior – buruning pastki chig`anog`i.
CHig`anoqlar orasidagi quyidagi xavo o`tadigan yo`llar bo`ladi:
a) meatus nasi superior – yuqorigi burun yo`li;
b) meatus nasi medius – o`rta burun yo`li. Bu yo`lda uning daxlizi atrium meatus medii, g`alvirsimon pufakcha – bulla ethmoidalis, g`alvirsimon suyak quyg`ichi infundibulum ethmoidale va shu sohadagi yarimoysimon tirqish hiatus semilunaris lar bo`ladi.
v) meatus nasi inferior – pastki burun yo`li. Bu yo`lda ko`z yoshi knalining nayi ochiladigan tirqish apertura ductus nasolacrimalis ko`rinadi.
g) Burun bo`shlig`ining orqa tarafida havo yo`llari qo`shilib umumiy havo yo`li – meatus nasi communis ni hosil etadi.
d) Umuimy havo yo`li – burun xalqum yo`li – meatus nasopharyngeus ga davom etadi
Burun bo`shlig`i; sagittal
kesimi.
1 - concha nasalis media;
2 - lamina cribrosa;
3 - concha nasalis superior;
4 - sinus sphenoidalis;
5 - foramen sphenopalatinum;
6 - lamina medialis processus pterygoidei;
7 - lamina perpendicularis ossis palatini;
8 - lamina horizontalis ossis palatini;
9 - processus palatinus maxillae;
10 - foramen incisivum;
11 - concha nasalis inferior
12 - processus frontalis maxillae;
13 - os lacrimale;
14 - os nasale;
15 - spina nasalis ossis frontalis;
16 - sinus frontalis;
17 - hiatus maxillaris.
.
Burun atrofida havo saqlaydigan bo`shliqlar - sinus paranasales joylashadi. Bu bo`shliqlarning ichki yuzasi shilliq qavat bilan qoplangangan bo`ladi. Bu bo`shliqlar quyidagilar: 1) yuqori jag` suyagi ichidagi Gaymor bo`shlig`i - sinus maxillaris; 2) peshona suyagi ichidagi - sinus frontalis; 3) g`alvirsimon suyak ichidagi g`alvirsimon katakchalar - cellula ethmoidales. Bu g`alvirsimon katakchalar oldingi cellulae ethmoidales anteriores, o`rta – cellulae ethmoidales mediae va orqa cellulae ethmoidales posteriores katakchalariga bo`linadi.
4) ponasimon suyak ichidagi - sinus sphenoidalis.
Havo burun bo`shlig`idan xalqumga davom etadi. Xalqumning oldingi sohasida hiqildoq joylashadi.
Dostları ilə paylaş: |