Elektr energiya isrofini kamaytiruvchi chora-tadbirlar
Energiya tejovchi choralarni asoslaridan biri bu yoritish lampani quvvatini to„g„ri aniqlash. Yoritgich turini qabul qilishda uni “yorug„likni berish” texnik ko„rsatgichini hisobga
olamiz: (6.4)
Bu ko„rsatgich: cho„g„lanma lampalar uchun N= 10-20
-lyuminestsent lampalar uchun N= 42-62
-gaz razryadli DRL tipidagi lampalar uchun N= 35-55
-DRI tipidagilar uchun N= 64 - 90
“Yorug„likni berish” tomonidan DRI tipidagi yoritgichlarni qo„llash eng qulayliroqdir. Shuning bilan birgalikda (xizmat qilish muddati) 10-15 barobar yuqoriroqdir. Lekin lampaning volt-amper ko„rsatgichi keskin o„zgaruvchanligini hisobga olib, sxemada lampa bilan ketma-ket tokni chegaralovchi qarshiliklarni qo„llaymiz va lampani yoqish uchun maxsus qurilmalarni o„rnatamiz. Bularni barchasi elektr energiya sarfini qo„shimcha 40% gacha oshishiga olib keladi. Lyuministsent lampalarni qabul qilishda bilish kerak. LB tipidagi lampalar iqtisodiy afzalliroqdir. Masalan, LDS tipidagi lampalar o„rniga LB tipidagini o„rnatish 32% gacha elektr energiyasini tejashga olib keladi. Karxonalarni atrofidagi xududlarni yoritishda DRL tipidagi lampalarni NLVD tipida almashtirish energetik tomonidan qulaydir. Masalan, DRL – 4 - (R=400Vt; F= 23 kLm) o„rniga NLVD - 330 (R=330 Vt; F= 27 kLm) qabul qilishi bilan 1 yilda
yoritgich hisobidan 280 kVt.s energiya tejash mumkin. Bu yerda yoritgichlarni 1 yil davomida ishlash muddati bir xil 400 soat.
Tavsiya qilinadigan energiya tejovchi chora-tadbirlar:
yoritgich yuzalari va oynalarni o„z vaqtida har xil iflosliklardan tozalab turish - olinayotgan energiya iqtisodi 20 % gacha.
yoritgichlarni ma?lum bir grafik asosida o„chirib - yokish - iqtisod 20% gacha.
xonadagi shift va devorlarni oqroq ranglarga bo„yash - iqtisod 20%
bor lampalarni yuqoriroq FIK lampalarga almashtirish (masalan LD ni Lbga, LB ni LBR ga va xakazo) - iqtisod 25% gacha.
biriktirilgan yoritilganlikdan kengroq foydalanish - iqtisod (10-25%) gacha
bor yoritgichlarni yuqoriroq FIKlarga almashtirish - iqtisod (10-25) % gacha.
elektr yoritishni avtomatik boshqarish. - iqtisod (8-10) % gacha.