Yozuvlar bilan ishlash. Grafik primitivlarni bog‘lash.Matn qo’shilgan grafik elementlarni bir- biri bilan bog’lash mumkin. Bu ularga matnni ketma-ket joylashtirish uchun zarur. Bunday hollarda, agar kiritilayotgan matn bir grafik blokka sig’masa, unda uning davomi boshqasida paydo bo’ladi.
Bloklarni bog’lash uchun birinchisini belgilang va “Работа с надписями” kontekst asbobning “Формат” bandining “Текст” guruhidagi “Нарисовать надпись” tugmasini bosing. Keyin, bu amallarni ikkinchi blok bilan bajaring. Yana birinchisini belgilang va “Создать связь” tugmasini bosing, keyin sichqoncha tugmasini ikkinchisiga bosing. Aloqani uzish uchun, birinchi blokni belgilang va “Разорвать связь” tugmasidan foydalaning.
Yozuvlar bilan ishlashda, matnni blok ichida gorizontal emas, balki vertikal joylashtirish talab etiladi. Matn yo’nalishini o’zgartirish “Направление текста” tugmasi yordamida amalga oshiriladi.
Smart ART obyektlari va ularni qo’yish.Word 2007 dasturi grafik va rasmlar bilan ishlash asboblarining yangilari bilan to’ldirilgan, shu qatorda Smart Art obyektlari bilan amallar bajarishga mo’ljallangan ham. Smart Art grafikasi chiroyli rasmiylashtirilgan aniq sxemalarni tez va sodda yaratishga yordam beradi. Smart Art shablonlarini tanlash uchun ularning boshlang’ich qo’llanilishini hisobga olish kerak. Ulardan bittasi, qarama- qarshi fikrlarni solishtirish uchun hizmat qiladi, boshqalari muammoni yechishning imkoniyatlarining ikkita yo’lini ko’rsatadi.
Smart Art grafikasining standart shablonlarini - qo’shimcha bloklar bilan to’ldirish, ularni o’zaro birlashtirish, matn qo’shishdir.
Smart Art obyektlarini qo’yish uchun “Вставка” bandiga o’ting va Smart Art tugmasini bosing. Natijada, “Выбор рисунка Smart Art” oynasi ochiladi. U yerda Smart Art obyektining shablonlari turlar bo’yicha guruhlangan. Diqqat qiling: shablon tanlab, siz uning qisqacha mazmunini oynaning o’ng qismida ko’rasiz.
Smart Art obyektining turi tanlangandan va matnli hujjatga qo’shgandan so’ng, tasmada “Работа с рисунками Smart Art” kontekst asbobi paydo bo’ladi. U ikkita banddan iborat: “Конструктор” va “Формат”.