2. Husnixat va uning taraqqiyot bosqichlari. Husnixat o‘zining taraqqiyotida turli bosqichni bosib o‘tgan. Dastlab buyumlardan mnemonika yoki «eslatuvchi» vositalar sifatida foydalanish zamonaviy Husnixatga olib keluvchi mashaqqatli uzoq yo‘ldagi birinchi qadam bo‘ldi. Ammo bu vositalar fikrni uzatmas, balki uni faqat eslatardi. Masalan, arqon, chilvir, ip, kanoplarni xilma-xil rangga bo‘yash, ularga turli tugunchalar qilish bilan ayrim voqeani, fikr-istaklarni o‘zlaridan uzoqda turuvchilarga nutqsiz etkazganlar. Biror narsani eslab qolish odati shundan qolgan. So‘ngra buyumlarga aniq ma`no berila boshlagan. Buyumga ma`no birkitib qo‘yishning bu usuli «buyumli Husnixat» deb atalgan.
O‘tmishda, hozirgi zamon Husnixatlari bo‘lmagan davrlarda, odamlar ba`zi hodisalar va voqealarni uzoq masofaga etkazish niyatini yoki zamonda (vaqtda) abadiylashtirish maqsadlarini jonli va jonsiz narsalarning rasmini chizish orqali amalga oshirganlar. Bunday Husnixat piktografik Husnixat deb nom olgan.
Turli voqea, narsa-predmetlarning rasmlarini chizib, o‘zlarining fikr va istaklarini bildirishgan. Ana shunday turli narsa-predmet va voqealarni bildiradigan rasmlar piktografik (pictus – chizilgan, grafo – yozaman) Husnixat deb ataladi.
Piktografik Husnixatda har bir rasm bir tushunchani ifodalaydi. Masalan, besh qayiq, baliqchi qush, otliq kishi, toshbaqa, quyosh rasmi berilgan. Uning mazmuni quyidagicha: Qabila boshliғi otda yo‘l boshlamoqda. Qayiqda 50 kishi va qabila boshliғining Baliqchi ismli safdoshi bor. Ko‘lda uch kun suzib, quruqlikka chiqqanlar.
Piktografik Husnixat asta-sekin takomillashib, ideografik (idea – tushuncha, grafo - yozaman) Husnixat paydo bo‘ldi. Uni logografik (logos – so‘z) Husnixat deb ham yuritadilar. Bunda tildagi har bir so‘z o‘z simvoliga ega bo‘ladi. Masalan, qadimgi arablar «yuz ming» sonini itbaliqning shakli orqali izohlashgan. Logografik Husnixatning bir ko‘rinishi mixxatdir. Bu Husnixat qadimgi Mesopotamiyada qo‘llanilgan.
Logogrammaning piktogrammadan farqi shundaki, piktogramma bevosita predmetni aks ettiradi, logogramma so‘zning ma`nosini izohlaydi. Demak, logogramma bevosita predmet shakli bo‘lmay, u so‘z ma`nosini aks ettiruvchi shartli belgidir.
Logografik (so‘z yozaman) Husnixatning biroz mukammallashgan formasi ieroglifik Husnixatdir (muqaddas Husnixat). Bu Husnixat qadimgi Arabistonga, hozirgi Xitoyga xosdir. Xitoy tilining to‘liq luғatlarida qirq mingga yaqin ierogliflar qayd qilingan. Hozirgi zamon matnlarida esa 2-5 ming atrofida ierogliflar qo‘llanadi.
Xitoy Husnixati dunyodagi noyob Husnixatlardan biri bo‘lib, hozirgi zamon kishisi foydalanadigan Husnixatlar orasida eng qadimiysidir (miloddan avvalgi XII asr). Qadimgi Misr ierogliflariga va SHumer mixxatiga tengdosh bo‘lgan bu Husnixat o‘ziga xos taraqqiyot yo‘liga ega bo‘lganligi uchun ham shu paytga qadar saqlanib kelmoqda. Har bir ieroglif alohida bir so‘zni bildiradi. So‘zlar qanday ohangda talaffuz etilishiga qarab, mutlaqo boshqa-boshqa ma`noni bildiradi. So‘zlar past, balandlashib boruvchi, baland ohangga qarab uch xil ma`noni ifodalaydi.
Husnixatning ommaviylashuvi uchun uni, albatta, osonlashtirish, soddalashtirish va qulaylashtirish kerak edi. Uning soddalashish jarayoni bir necha yo‘llar bilan amalga osha boshladi:
-yangi tushunchalarni mavjud logogrammalar yoki ierogliflar kombinatsiyasi orqali ifodalash. Mas., xitoy Husnixatida: ko‘z yoshi tushunchasi- ko‘z va suv ramzi ifodasi. Unumsiz rivojlandi;
-logogrammalarni o‘zak sifatida qoldirib, grammatik ma`nolar uchun yangi logogrammalar o‘ylab topish;
-fonografik Husnixatga o‘tish.
Husnixatni soddalashtirishning eng unumli va progressiv usuli fonografik Husnixatga o‘tish bo‘ldi.
Fonogrfik Husnixat. Ayrim Husnixatlar, masalan, piktogramma, sillabogramma (bo‘ғin Husnixat) va ideogrammalar (shartli belgi, simvol) evolyutsiyasi natijasida harflar paydo bo‘ldi Husnixat taraqqiyotida harf-Husnixat davri boshlandi. Hozirgi vaqtda jahon aholisining taxminan to‘rtdan uch qismi mana shu Husnixatdan foydalanadi. Harf tovush Husnixati hozirgi vaqtda, asosan, yirik to‘rt xil Husnixat sistemasidan iborat. Lotin Husnixati asosidagi Husnixatdan jahon aholisining 30%, slaviyan-krillitsa Husnixatidan 10%, arab Husnixatidan 10%, hind Husnixatidan 20% aholi foydalanadi.
Fonografik Husnixat ko‘p ko‘rinishlarga ega. Ular quyidagilardan iborat:
1. Sillabik yoki bo‘ғin Husnixati. Bu Husnixat qo‘shma so‘zlarni mayda qismlarga bo‘lish usuli bilan paydo bo‘ldi. Mayda qismlar bo‘ғinlarga to‘ғri keladi. U yoki bu so‘zni yozish lozim bo‘lsa, ana shu bo‘ғinlarni bir-biriga qo‘shish usuli bilan tuzishar edi. Bu Husnixatga qadimgi hind Husnixati devanagari yaxshi misol bo‘la oladi. Bo‘ғinlarning soni turli tillarda turlicha bo‘lgan. Masalan, Kipr orolidagi qadimgi grek tilida 65ta bo‘ғin birligi, Gvineya orolidagi vaylar tilida 226ta bo‘ғin birligi bo‘lgan.
2. So‘z shakllarini fonetik birliklar – tovushlar orqali ifodalash. Dastlabki alifbeli Husnixat Nil daryosi vodiysiga bostirib kelgan giksoslar tarafidan yaratilgan. Giksoslar misrliklarning atoqli ismlarini yozishdagi tajribasidan foydalanganlar: ular Misr ieroglifik Husnixatlaridan yigirmatasini olib, shular orqali o‘z tilining unli va undosh tovushlarini ifodalaydigan alifbeni yaratganlar. Alifbe so‘zi giksoscha alif – ho‘kiz, be < bet – uy demakdir.
Eramizdan bir yarim ming yil ilgari giksoslar alifbesini finikilar o‘zgartirib, o‘z tilining tovushlariga moslashtirib olganlar. Dunyodagi ko‘p tillarning fonetik Husnixatlari finikilarning Husnixati asosida vujudga kelgan. Keyinchalik finikilarning bu alifbosi uch tarmoqqa bo‘linib rivojlandi: 1. Oromey – suriya tarmoғi, u SHarqqa qarab tarqalgan. 2. Janubiy Arabiston tarmoғi, u Janubga tomon tarqalgan. 3. YUnon-evropa tarmoғi, u Ғarbga qarab tarqalgan.
Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga nazar tashlar ekanmiz, ularning bevosita qadim oromey Husnixati ta`sirida shakllanib, rivoj topganligining guvohi bo‘lamiz.
Miloddan avvalgi V-IV yuz yilliklar va milodning boshlarida oromey xati takomillashib, uning negizida birin-ketin arab, parfeniy, boxtariy, avesto, turk-run, xorazmiy, suғd, uyғur alifbelari shakllangan.
Dunyo mamlakatlari ichida Misr qadimgi tarixga ega. Misr Husnixati miloddan avvalgi IV ming yillikning ikkinchi yarmida yaratilgandir. Keyinchalik u batamom unutildi.
Jahon madaniyati uchun eng muhim ahamiyatga molik bo‘lgan hodisa 1799 yil 2 avgustda sodir bo‘lgan. SHu kuni frantsuzlar inglizlarning dengiz tomondan bo‘layotgan hujumini daf etib, sohilni qo‘lda saqlab turganlar. Rozettadan etti kilometr naridagi qadimiy Rashid qal`asini himoya qilayotgan askarlar xandaq qazayotib Husnixatlar bitilgan qop-qora tosh topib oladilar (uni Rozetta toshi deb atashadi). Kattaligi stol taxtasicha keladigan bu toshdagi Husnixatlar uch (misr, suriya, yunon) tilda o‘n to‘rt satrlik Husnixat qolgan. Bu Husnixat ko‘p asrlar mobaynida jumboq bo‘lib keldi.
Rozetta toshi topilgandan so‘ng ierogliflar jumboғini echishga bo‘lgan ishtiyoq yanada kuchayib ketdi. Ana shu toshlarni o‘rganishga A.Kirxer, S.de Sasi, D.Okerblad, T.YUng kabilar kirishganlar. Ierogliflarning ieratik va demotik turlari haqida dastlabki ma`lumot berganlar, lekin oxiriga etkazmaganlar.
Ushbu jumboqni echishda (16 yoshida) frantsuz Grenobl’ akademiyasining akademigi bo‘lgan J.SHampol’onning hissasi kattadir. U o‘z hayotini Misr sirlarini ochishga baғishlagan. J.SHampal’onning Misr bo‘yicha to‘plagan materiallari 20 jilddan iborat.
Qadimgi madaniyat o‘choqlaridan yana biri Mesopotamiya (ikki daryo – Dajla va Frot oraliғidagi er) sanaladi. Bu yurtda ossuriy-bobil Husnixatining xilma-xil mixxat lavhalari yaratilgan. e.de Sarzek, L.Vulli, K.Nibur, G.Grotefend, F.Myunter, D.Smit, O.Sulaymonovlar shumerlarning bu mixxat lavhalarini o‘rganib o‘z nazariy fikrlarini bayon etganlar.
Semit akkadlari milodgacha uch ming yilliklarda Mesopotamiyaga kelib, ular madaniy xalq shumerlarga duch keladi. SHumerlar tomonidan kashf etilgan mixxatni keyinchalik akkadlar, xetlar, qadimgi forslar, elamiylar qabul qildilar.
SHumer mixxatlari Ur, SHuruppak xarobalaridan topildi. 1840 yilda ingliz olimi Leyard Osuriya poytaxti Nineviya xarobalarini o‘rganish jarayonida 20 ming sopol kitobga ega bo‘lgan shumerlar kutubxonasini qo‘lga kiritdi. Ana shu sopol kitoblarda «Bilgamish» dostoni yozilgan.
Akkadlar o‘zlariga notanish, shumer tilining birinchi luғatini yaratganlar.
Dostları ilə paylaş: |