Yuqoridagi usullar bilan bir qatorda, bolalarga tasavvur orqali havoda harflar shaklini ¸zdirish ham qo‘llaniladi.
O‘qituvchi doskaga yozib ko‘rsatgan harf yoki uning bog‘lanishlarini o‘quvchilarga ruchkani havoda harakatlantirib ko‘rsatadi va bu orqali o‘quvchida harf haqida tasavvur hosil qilinadi. So‘ng o‘quvchi daftarga ¸zishga kirishadi. Bunday mashq usuli o‘quvchining qiziqishini oshiradi hamda jismoniy mashqlarni bajarishga ham imkon beradi.
Bu usulning salbiy jihati ham bor. Chunki, o‘qituvchi bu usuldan foydalanganda, barcha o‘quvchilarning qo‘l harakatini to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini bir paytda tekshira olmaydi. Bunda bir necha o‘quvchining qo‘l harakatini kuzatib, tegishli ko‘rsatma berish mumkin.
Nusha ko‘chirish, tasavvur orqali zish husnixatga o‘rgatishda yordamchi usul sanaladi.
Yozuv zamon va masofa jihatidan og’zaki nutqqa nisbatan ustunlikka ega. Texnikaning rivoji (telefon, telegraf, radio, televizor,internet) natijasida undagi ustunlik masofa jihatidan zaiflashdi, lekin zamon e’tibori bilan yozuv hali ham ogzaki nutqdan ustun XIX-XX asr boshlarida topilgan va deshifrovka qilingan juda ko’p yodgorliklar yozuvning paydo bolishi va tarixiy taraqqiyotini yoritish imkonini berdi. Fanning bu yutug‘i yozuv tarixini tilshunoslik fanining mustaqil bir bo’limi sifatida ajratishga olib keldi.
Turli tipdagi Misr iyeogliflari. Bu tur yozuvi XIX-asrning 20-yillarida fransuz olimi Shampalon tomonidan o’qilgan, XIX-asrning 70-90 yillarida Evans o’qigan qadimgi Kput surat yozuvlari va Semq o’qigan Kipr surat yozuvlari ham Misr surat yozuvlari tipiga kiradi.
Mixxat yozuvlarining turli tiplari. Bu tip yozuvlar Osiyoda qadimda yashagan qator xalqlarning tillarida ishlatilgan (shumer assiro - ovavilon, elom, xala, xet-kappodokiya, fars tillariga moslangan). Bu tur yozuvlar XIX-asr boshlarida deshifrovka qilina boshlanib, XX-asrning 10-yillarida tugallandi.
Somiy xalqlarda qayd qilingan va tillariga moslangan harf yozuvining eng qadimgi shakllari. Bular finikiy va xalaan yozuvlari (asosiy yodgorliklari XIX- asring 60-70-yillarida va XX-asrning 20-ylllarida topilgan). Janubiy arab, oramey yozuvlari (qadimgi namunalari XIX-asrning 60-70 yillarida topilgan). Ko’pchilik mutaxassislarning fikricha, qadimgi uyg’ur va urxun-enesey yozuvlari ham aslida oramey yozuvlari zaminida yuzaga kelgan. Uni 19-asrning 90-yillarida tilshunos olimlari V.Tomsen va V.Radlov deshifrovka qilganlar.
Yunon alfavitining qadimgi shakli va lotin alifbosining alohida varianti va boshqa turli variantdagi bu yozuv turlari bizgacha yetib kelgan. Bu yozuvlar XVIII asrdayoq ilm axliga ma’lum bo’ladi va ularning grammatik jihatdan o’rganilishi XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslik fanining rivojiga katta yordam ko’rsatdi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Boshlang’ich sinf takomillashtirilgan davlat ta’limi standarti “Boshlang’ich ta’lim” 2005 yil 6-son.
Boshlang’ich ta’limi takomillashtirilgan o’quv dasturi, ona tili, “Boshlang’ich ta’lim” 2005 yil 6-son.
Abdullayev Y “Eski maktabda xat-savod o’rgatishi metodikasi” Toshkent “O’qituvchi” 1996
Abdullayev Y “Hamrohim” o’quv qo’llanma Toshkent “O’qituvchi” 1996
Abdullayev Y “Sovg’a” o’quv qo’llanma Toshkent “O’qituvchi” 1997
Abdullayev Y, Yo’ldoshevs Sh “Yangi alifbo va imlo” Toshkent “O’qituvchi” 2000