Mavzu: ICHKI KUCHLAR VA ULARNING TURLARI.
REJA:
1. Ichki kuchlarni aniqlashning kesich usuli.
2. Ichki kuchlardan hosil bo‟ladigan oddiy deformatsiyalar.
3. Kuchlanish. To‟la, normal va urinma kuchlanish.
4. Markaziy siqilish va cho‟zilish. Bo„ylama va ko„ndalang deformatsiyalar, Guk qonuni.
Puasson kofffitsienti. Elastiklik moduli.
Ikkita jismning o‟zaro mexanik ta‟siri natijasida tashqi kuch vujudga keladi. Tashqi
kuchlar ta'siridan mashina va inshoot qismlarining kesimlarida hosil bo‟ladigan kuchlar ichki
kuchlar deyiladi. Ichki kuchlar jismni tashkil qiluvchi zarrachalar orasidagi o‟zaro ta'sir
kuchlaridan va tashqi kuch ta'siridan hosil bo‟ladigan reaksiya kuchlaridan iboratdir. Reaksiya
kuchlari jismning deformasiyalanishga zarrachalarning bir-biridan qochishga yoki o‟zaro
yaqinlashishga qarshilik ko‟rsatuvchi muvozanatini saqlovchi kuchdir. Reaksiya kuchi
materiallar qarshiligi fanida ichki kuch yoki zo‟riqish kuchi deb yuritiladi (1-rasm).
1-rasm. Tashqi va ichki kuchlar.
Agar tashqi kuch ichki kuchdan ortib ketsa, brus muvozanati buziladi va brus shu
kesimda (ichki kuch katta qiymatga erishgan kesimda) uziladi va sinadi.
Jismlar tashqi kuchlar ta'siridan deformasiyalanganda uni hosil qiluvchi atom va molekulalari
deformasiyalanishiga qarshilik qiladi. Bu qarshilik jismdagi ichik kuchlar (atom va molekulalar
orasidagi tortilish kuchlari) hisobiga bo‟ladi. Ichki kuchni aniqlash kesich usuli bo‟yicha
quyidagi tartibda bajariladi:
a) tekshirilayotgan jism fikran ikki qismga ajratiladi. (2-rasm)
b) bir qismi olib qolinib ikkinchi qismi fikran tashlab yuboriladi.
v) qoldirilgan qismga tashlab yuborilgan qismning ta'siri noma'lum ichki kuchlar sifatida va
tashqi kuchlar ta'sir ettiriladi.
g) qoldirilgan jismning muvozanati tekshirilib, noma'lumlar aniqlanadi. Bunda statikaning
fazodagi muvozanat tenglamalaridan foydalaniladi.
2-rasm. Ichki kuchlarni aniqlash
Qoldirilgan o‟ng qismning fazodagi muvozanat sharti yoziladi.
Qoldirilgan qismdagi barcha noma'lumlar yuqoridagi tenglamalar yordamida aniqlansa, masala
statik aniq, aks holda statik noaniq deyiladi. Kesish usullarini (v) bandi bajarilaytganda tashlab
yuborilgan qismning qoldirilgan qismga ta'sirini bir bosh vektor R va bosh moment M bilan
almashtiriladi. Bosh vektor kuch va bosh momentlarining fazoviy kordinata sistemasidagi
tashkil qiluvchilaridan ichki kuchlarning turlari belgilanadi. R kuchning jism z o‟qidagi
proeksiyasi N bo‟ylama kuch deyiladi. R kuchning oy va ox o‟qlaridagi proeksiyalar mos
ravishda Q
y
va Q
x
lar orqali belgilanib, ko‟ndalang yoki kesuvchi kuchlar deyiladi. Kesuvchi
yoki ko‟ndalang kuchlar siljish deformasiyasida vujudga keladi. Bosh moment M ning oz o‟qi
atrofidagi tashkil qiluvchisi M
b
yoki T bilan belgilanib, burovchi moment deyiladi. Bunday
holatda konstruksiya elementida buralish deformasiyasi sodir bo‟ladi. Bosh moment ox va oy
o‟qi atrofida harakatlanuvchi tashkil qiluvchilaridan egilish deformasiyasi hosil bo‟ladi va
tashkil qiluvchilar mos ravishda M
x,
M
y
eguvchi momentlar deyiladi.
Tashqi kuchlar ta‟siriga bo‟g‟liq ravishda, ichki kuchlar natijasida quyidagi oddiy
defirmatsiyalar kuzatiladi:
Ichki kuchlarning jadalligini (intensivligini) baholash uchun kuchlanish tushunchasi
kiritiladi. Kuchlanish topilishi zarur bo‟lgan K nuqta atrofida elementar
F yuzacha ajratamiz (3
- rasm). U holda, o‟rtacha kuchlanish quyidagicha tipiladi:
,
A
F
p
r
o'
(1)
bu yerda,
F - ushbu
A elementar yuzachadagi ichki zo‟riqish kuchlarining teng ta‟sir
etuvchisi.
Buralish
Egilish
Siljish
CHo’zilishi
yoki
siqilishi
Ichki kuchlardan hosil bo’ladigan oddiy
deformatsiyalar
3-rasm. Kuchlanish va uning tashkil etuvchilaru
Ajratilgan elementar yuzacha qancha kamaytirilsa, kesim nuqtasidagi ichki kuch
intensivligi shuncha aniqroq topiladi.Ajratilgan elementar yuzacha nolga intilganda (nuqtaga
tortilganda) nuqtadagi kuchlanish haqiqiy kuchlanish deyiladi.
.
lim
0
А
F
p
А
(2)
Kuchlanish vektorini ikkita tashkil etuvchilarga ajratamiz (3 -rasm):
kesim yuziga tik yo‟nalgan normal kuchlanish (
) va kesim yuziga parallel yo‟nalgan urinma
kuchlanish (
). Nuqtadagi to‟la kuchlanish
.
2
2
p
(3)
Yuqoridagilardan ko‟rinadiki, ichki kuchlarning kesim yuzasi birligiga to‟g‟ri kelgan
kattaligi kuchlanishdir. Uning o‟lchov birligi Paskal (1 Pa=1 n/m
2
). Bu birlik juda kichikligidan
amaliy hisoblarda kuchlanish megapaskallarda o‟lchanadi (1 MPa=10
6
Pa.)
Markaziy cho‟zilish yoki siqilish deb,
bir-biriga teng va o‟qi bo‟ylab qarama –qarshi
tomonlarga yo‟nalgan kuchlar ta‟siridagi sterjenlarning deformatsiyasiga aytiladi.
Asosiy konstruksiya elementlari turlari quyidagilar (4-rasm): a,b,c-bruslar, d-qobiqlar,e-
plastina, f-massiv.
4-rasm. Konstruksiya elementlari turlari.
Qurilish konstruktsiyalari va mashina qismlari ichida cho‟zilish va siqilish
deformatsiyalariga ishlaydigan bruslar juda ko‟p uchraydi. CHo‟zilish va siqilishga qarshilik
ko‟rsatadigan to‟g‟ri o‟qli bruslar sterjenlar deb ataladi. Masalan, har qanday yuk
ko‟targichlarning troslarida cho‟zilish, fabrika va zavod trubalarida siqilish deformatsiyasi hosil
bo‟ladi va hokazo
.
Cho‟zilish va siqilish qurilish konstruksiyalari va mashina elementlarida tez-tez uchrab turadi.
Sterjenlarning mahkamlanish turiga va nagruzkalarning ta'sir etishiga qarab turli hil cho‟zilish va
siqilish paydo bo‟lishi mumkin. Sterjen cho‟zilganda uning uzunligi ortadi, ko‟ndalang
o‟lchamlari qisqaradi, siqilishda esa aksincha, sterjen uzunligi qisqarib, ko‟ndalang kesim
o‟lchamlari ortadi. Cho‟zilish va siqilish deformasiyasi sterjenning uzunligi va ko‟ndalang
kesimlari o‟zgarishidan iborat. Brusning ko‟ndalang kesimida hosil bo‟lgan normal
kuchlanishlarning teng ta'sir etuvchisiga
Dostları ilə paylaş: |