Mavzu: Ifloslanishni boshqarish iqtisodiyoti: umumiy nuqtai nazar Reja: Kirish qismi


Atrof-muhit ifloslanishini turli kimyoviy moddalardan tozalash usullari



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə5/6
tarix17.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#131693
1   2   3   4   5   6
Мустакил иши

Atrof-muhit ifloslanishini turli kimyoviy moddalardan tozalash usullari


Atmosferaning yuqori qatlamlaridagi qisqa to‘lqinli ultrabinafsha nurlanishdan biologik hayotni himoya qiluvchi ekran vazifasini o‘tovchi ozon qatlamining buzilishi atmosfera tarkibining antropogen o‘zgarishlari bilan bog‘liq. 10 km dan 40 km gacha balandlikda stratosfera ozoni koinotdan qattiq ultrabinafsha nurlanishning kirib kelishi uchun ishonchli to‘siqni tashkil qiladi. Biologik ta’sir xususiyatlari hisobga olinib, ultrabinafsha nurlanish (UB) uchta spektral diapazonga ajratiladi: nurlanish to‘lqini uzunligi 100-280 nm bo‘lgan UB-S, UB-V (280- 315 nm) va UB-A (315-400 nm). Bakteritsid ta’sirga ega bo‘lgan (mikrob hujayralari va viruslarni o‘ldiradi) eng xavflisi UB-S nurlanish hisoblanadi. U atmosferaning yuqori qatlamlarida stratosfera kislorodi va ozon qatlami bilan to‘liq yutiladi va Yergacha yetib kelmaydi. UB-V nurlanish ham atmosferaning ozon qatlami tomonidan yutiladi va Yergacha atigi 6 % yetib keladi, lekin aynan u atrofmuhitga va aholi sog‘lig‘ining holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan asosiy xatarli oqibatlarga olib keladi. Nihoyat, UB-A nurlanish atmosferada kam to‘xtatiladi, lekin uning biologik ta’siri UB-V nurlanishga qaraganda qariyb 1000 baravar zaifdir. Ozon qatlamining buzilishi stratosferaning ozonni buzuvchi moddalar bilan kimyoviy reaksiyalarga kirishi natijasida amalga oshadi, bu moddalar orasida eng keng tarqalgani galoidli uglevodorodlardir (XFU, GXFU, galonlar, tetraxlormetan, metil bromid va h.k.). O‘zgidromet 1994-yildan boshlab Toshkent shahridagi meteostansiyada ozonning umumiy tarkibini (OUT) doimiy o‘lchab bormoqda. O‘lchovlar sutkaning yorug‘ vaqtida Gushin konstruksiyasidagi M-124 ozonometri yordamida 7 marta olib boriladi. Ishlov berilgan natijalar har oyda Atmosferani masofadan 121 zondlashtirish ilmiy tadqiqot markaziga (Bosh geofizik observatoriyasiga (BGO)) jo‘natiladi. Sanoat, energetika va transport bo‘yicha 1989-yilga nisbatan atmosferaga umumiy tashlanmalar hajmi 2 mln. t gacha yoki 2,1 baravar qisqardi. Umuman, respublika bo‘yicha atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar tashlanmalarining qisqarishi tamoyili muayyan iqtisodiyot tarmoqlaridagi ishlab chiqarishning qisqarishi, sanoat korxonalarini islohotlash va qayta ta’mirlash, “2017-2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha harakatlar dasturi”ga muvofiq tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining amalga oshirilishi bilan izohlanadi. O‘zbekiston bo‘yicha umumiy yalpi tashlanmalar tuzilmasida so‘nggi yigirma yilda sezilarli o‘zgarishlar ro‘y bermadi. Shunday qilib, uglerod oksidi va uglevodorodlar tashlanmalari tarkibi 2 foizga (50 foizdan 52 foizgacha) ko‘paydi. Bunda oltingugurt dioksidi (2 foizga – 14 foizdan 12 foizgacha) va qattiq zarralar (3 foizga – 8 foizdan 5 foizgacha) tashlanmalari tarkibi kamaydi. Mazkur davrda tuzilmada azot oksidi tarkibi o‘zgarmadi va 9 foizni tashkil qildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatiga sanoatning past darajada rivojlanganligi xosdir. Ularda tabiiy manbalar: Orol dengizining qurigan qismi cho‘l va yarimcho‘l zonalari hisobiga atmosferaning yuqori changli ifloslanishi kuzatiladi. Hozirgi kunda havoni zararli gaz va zarrachalardan tozalashda turli usullar qo‘llanilmoqda. Bular, asosan, ikki guruhga bo‘linadi: 1. Fizik-kimyoviy usullar havoni zararli gazlardan tozalashda qo‘llaniladi. Bu usul, ko‘pincha, gazlarni kimyoviy yo‘l bilan tozalash deb yuritiladi. Turli sanoat obyektlaridan chiqadigan karbonat angidrid, oltingugurt (IV) oksidi, azot (II) oksidi, fenol va boshqalarning havoni ifloslashidan saqlashda kimyoviy usullardan foydalaniladi. Kimyoviy birikmalardan tarkib topgan filtrlovchi uskunalar yordamida zavod, fabrika va kombinatlardan chiqadigan zararli gazlar tutib qolinadi yoki turli katalizatorlar yordamida zararsizlantiriladi. 2. Fizik usullar guruhi havodagi zararli gaz, qattiq va suyuq, qo‘shilmalar – chang, tutun va boshqalarni tozalashda qo‘llaniladi. 122 Hozirgi vaqtda sanoat tarmoqlarida atmosferaga iflos gazlarni tozalab chiqarishda turli chang va mayda zarralarni tutib qoladigan oddiy filtrli uskunalardan foydalaniladi. Bu usullar guruhi arzon energiya hisobiga havodagi juda mayda chang zarralarini quruq holda tutib qoladi. Keyingi vaqtlarda iflos gaz va chang qo‘shilmalarini elektr filtrlar orqali ushlab qolinmoqda. Kam elektr energiyasi sarflash oqibatida soatiga millionlab kub metr havo iflos qo‘shilmalardan toza bo‘lmoqda.



Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin