Mavzu: Ijtimoiy pedagogika fan va amaliy faoliyat sohasi sifatida
Pedagogika (yun. paidagogike) — tarbiya, taʼlim hamda maʼlumot berishning nazariy va amaliy
jihatlarini oʻrganuvchi fanlar majmuasi. Ped. institutlari va ayrim boshqa oʻquv yurtlarida
mutaxassislik dasturi asosida oʻrganiladigan oʻquv predmeti ham Pedagogika deb yuritiladi.
Pedagogika fan sifatida bola tarbiyasining nazariy asoslari bilan shugʻullangan. Zamonaviy
Pedagogika bolalar bilan birgalikda kattalarning ham oʻquv-tarbiyaviy, madaniy hamda
maʼnaviymaʼrifiy tarbiyasi bilan shugullanishni koʻzda tutadi. Oʻzbekiston Respublika-sida
Pedagogikaga barkamol shaxs maʼnaviyatini shakllantirishning asosiy vositasi sifatida
yondashiladi.
Shaxsni tarbiyalash, oʻqitish va shakllantirish Pedagogikaning asosiy funksiyasi hisoblanadi.
Shaxsni tarbiyalash Pedagogikadagi asosiy tushuncha sanalib, oila va jamiyatning barkamol
shaxsni shakllantirishga yoʻnaltirilgan birgalikdagi faoliyatini anglatadi. Tarbiya yordamida
inson shaxsining maʼnaviy jihatlarini qaror toptirish koʻzda tutiladi. Dunyoqarash, eʼtiqod,
ezgulik, goʻzallik, yaxshilik, adolatga doyr qarash va koʻnikmalarning shaxs sifa-tiga
aylantirilishi tarbiya yordamidagina amalga oshiriladi. Insonlar ora-sida yashash, hayotda
turmush kechirish va faoliyat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalar
yigʻindi-sini oʻzlashtirishga qaratilgan faoliyat oʻqitish tushunchasini ifoda etadi. Oʻqitish
natijasida shaxs zaruriy bilimlar bilan taʼminlanib, kelgusida turli darajadagi maxsus
maʼlumotni olish imkoniga ega boʻladi. Tarbiyalash va oʻqitish natijasida odamda muayyan
shaxs sifatlari shakllantiriladi. Shaxe tarbiyalash va oʻqitish orqali oʻzida oldin boʻlmagan
maʼnaviy-intellektual sifatlarga ega boʻladi. Bu hol shaxsning umri mobaynida uzluksiz davom
etadi va uning rivojlanishiga omil boʻladi.
Inson va uni shakllantirishga doyr fan sifatida Pedagigika falsafa, etika, estetika,
madaniyatshunoslik, psixologiya, iqtisodiyot, siyosatshunoslik, demografiya, tarix, adabiyot,
tibbiyot, mat. va boshqa fanlar bilan uzviy bogʻliq. Pedagogika fani va amaliyoti taraqqiyotida
bu fanlarning nazariy asoslari, tadqiqot metodlari, ilmiy xulosalarni aniqlash, taxlil qilish
hamda umumlashtirish usullaridan foydalanadi.
Pedagofikada taʼlim va tarbiya jarayonlarining qaysi jihatlarini oʻrganishdan kelib chiqadigan
bir qancha soha va boʻlimlar mavjud. Oʻqitishning maqsadi, vazifalari, tamoyillari, usullari bilan
shugʻullanadigan sohasi didak-tikadir. Shaxsning axloqiy sifatlarini tarkib toptirish, unda
eʼtiqod, dunyoqarash, axloq singari maʼnaviy jihatlarni shakllantirish masalalarini
Pedagogikaning tarbiya nazariyasi va amaliyoti tarmogʻi oʻz ichiga oladi. Taʼlim-tarbiyani
tashkil etish, uyushtirish va uni boshqarish singari tashkiliy-pe-dagogik ishlar qonuniyati
Pedagogikaning mak-tabshunoslik sohasi tomonidan ishlab chiqiladi. Pedagogika hamisha
muayyan yoshdagi, maʼlum hayotiy va akliy tajribaga ega boʻlgan kishilar bilan ish koʻradi.
Shuning uchun ham Pedagogikaning qonuniyatlarini belgilashda taʼlimtarbiya oluvchining
yosh
xususiyatlarini
hisobga
olish
hal
qiluvchi
ahamiyatga
ega
boʻladi
Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot obyekti va ijtimoiy pedagogika rivojlanishi tarixidan. Ijtimoiy
pedagogika va ijtimoiy ish. Ijtimoiylashuv – ijtimoiy-pedagogik jarayon.
Ijtimoiy pedagog kasbiy faoliyatining o‘ziga xosligi. Kasbiy faoliyatning tuzilishi. Ijtimoiy
pedagog kasbiy faoliyat subyekti sifatida: shaxsiy tavsif va kasbiy bilimdonlik. Ijtimoiy
pedagogning kasbiy faoliyati sohalari.
Ayrim oʻquv fanlarini oʻqitish qonuniyatlari va usullarini oʻrgatuvchi metodika (tadris) fanlari
ham Pedagogikaning sohalari hisoblanadi. Bularga nisbatan didaktika umumiy metodika
hisoblanadi va har bir alohida predmeti metodikasi xususiy didaktika sanaladi. Ammo bu xil
chegaralanish anchagina shartlidir. Chunonchi, adabiyot oʻqitish metodikasi didaktikaga
nisbatan xususiy didaktika hisoblanadi, ayni vaqtda, u mumtoz adabiyot tarixini oʻrganish
metodikasi, chet el ada-biyotini oʻrganish metodikasi, xalq ogʻzaki ijodini oʻrganish
metodikasiga nisbatan umumiy metodika vazifa-sini bajaradi. Xususiy metodikalar umumiy
didaktikaga tayangan va uning nazariy umumlashmalariga asoslangan holdagina rivojlana
oladi. Ayni vaqtda, har bir aniq fanga tatbiq etilgan didaktik qonuniyatlar oʻsha oʻquv
predmetini oʻqitish tajribasidagi oʻziga xoslik bilan boyitiladi, umumiy jihatlarni
konkretlashtiradi, har bir oʻziga xoslikda oʻqitishning universal jihatlarini namoyon etadi.
Hasanova Farangiz
203-guruh talabasi
Dostları ilə paylaş: |