Mavzu: “Ikkinchi” Xufiyona iqtisodiyotning umumiy tavsifi. Korrupsiya va unga qarshi kurash.
I.Kirish
II. 1. Buyruqbozlik iqtisodiyoti sharoitida davlat sektoridagi “oq yoqalilar” xufyona iqtisodiy faoliyati.
2. Bozor xo‘jaligining tijorat sohasida xufyona iqtisodiy faoliyatning “oq yoqali” shakllari.
3. Korrupsiyaga qarshi kurash yo‘llar.
III.Xulosa.
Kirish
Buyruqbozlik iqtisodiyotining normal holatlari uchun zarur bo‘lgan normalardan biri oddiy utilitarizm hisoblanadi. Bunda individ tomonidan o‘z foydaliligini oshirilishi o‘ziga xos ravishda namoyon bo‘ladi. Ya’ni, oddiy utilitarizm - individning samarali faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan holda o‘z foydaliligini oshirishga intilishidir. Individ iste’mol madaniyatidagi oddiy utilitarizm “kvartira – mashina – dala hovli” uchligida aks etadi. Individda bunday idealning tarqalishi va qulay hayot sharoitlarini ta’minlashga intilish sho‘rolar (sovetlar) jamiyati namunasida XX asrning 70-80-yillardagi o‘ziga xos shaklga ega tendensiyalar bilan tavsiflanadi. Bunda iste’molning ma’lum darajasiga erishish uchun noyob (taqchil) resurslardan foydalanish imkoniyati samarali mehnat bo‘yicha emas, balki ma’lum kasb toifasidagi xodimlar (savdo sohasi, byurokratik apparat, temir yo‘l va havo yo‘li transporti xodimlari, chet elga chiqish imkoniyatidagilar) o‘rtasida bo‘lingan edi. Buyruqbozlik iqtisodiyoti normalari tizimining ikkinchi unsuri to‘liqsiz ratsional faoliyat bilan izohlanadi. Bunda, birinchi navbatda axborotning cheklanganligi va to‘liqsizligi bilan shartlangan to‘liqsiz ratsionallik tushuniladi. Iqtisodiy agentlar erkin shakllanmagan narx va taqchil resurslar sharoitida narxlardagi mavjud axborotni narxga taalluqli bo‘lmagan – zahiralar hajmi, navbatlarning uzunligi va hokazolar haqidagi ma’lumotlar bilan to‘ldiradilar. Ishonch normasi ikkita shaklda davlatga ishonch sifatida va bir birini yaxshi bilgan shaxslar doirasi bilan cheklangan mikrodarajadagi ishonch sifatida mavjud bo‘ladi. Bu norma ham uy xo‘jaligida, ham korxonada amal qiladi. Uy xo‘jaligining ijtimoiy va iqtisodiy hayotida og‘irlik markazining oila-qarindoshchilik tarkibiga, do‘stlar va tanish-bilishlarga ko‘chiriladi. Korxonalar xattiharakatini ham huddi shunday ta’riflash mumkin. Ulardan har biri barqaror sherikchilik doirasiga ega bo‘lib, bunda ushbu korxonalar rahbarlari o‘rtasida shaxsiy darajada ishonchli munosabatlar yo‘lga qo‘yiladi. Ya’ni, direktorlar o‘rtasida o‘zaro yordam va o‘zaro ishonch tamoyillari asosiga qurilgan korporativ munosabatlar shakllanadi.
“Ikkinchi” yashirin iqtisodiyot qonuniy iqtisodiy faoliyatning teskari ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu yashirin munosabatlarning asosiy sub’ektlari xo‘jalik rahbarlari bo‘lsada, oddiy fuqarolar ham ularning ishtirokchilari bo‘lishi mumkin. "Oq yoqali" ("ikkinchi") xufyona iqtisodiyoti - "oq" iqtisodiyot xodimlarining ish joylarida yashirin va taqiqlangan iqtisodiy faoliyati bo‘lib, bu qonun tomonidan taqiqlangan, ilgari yaratilgan milliy daromadlarni yashirin ravishda qayta taqsimlashga olib keladi. Asosan bunday ishlarni yuqori martabali xodimlardan ("oq yoqali mansabdorlar") "hurmatli odamlar" olib borishadi, shuning uchun bunday xufyona iqtisodiyoti "oq yoqalar" deb ham ataladi. Xozirgi zamon iqtisodiyotida “ikkinchi oq yoqalilar” xufyona iqtisodiyoti dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida mavjuddir. Sobiq sotsialistik tuzum sharoitida buyruqbozlik iqtisodiyoti shakllangan bo‘lib, unda ham “ikkinchi oq yoqalilar” xufyona iqtisodiyoti keng miqyosda mavjud bo‘lgan. Sobiq Sovet ittifoqida buyruqbozlik-rejali iqtisodiyoti sharoitida davlat sektoridagi “oq yoqalilar” xufyona iqtisodiy faoliyatining vujudga kelishi va rivojlanishiga quyidagi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar sabab bo‘lgan: – markazlashgan rejali iqtisodiyotning tovar va xizmatlarning defitsitligi (taqchilligi) bilan tavsiflanishi. Kishilar tovar va xizmatlar taqchilligi sharoitida o‘z ehtiyojlarini qondirish va qo‘shimcha daromad olish maqsadida noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanishga majbur bo‘lganlar;
– ishlab chiqarish vositalariga ijtimoiy mulkchilikning mavjudligi natijasida mulk kishilardan begonalashtirilganligi hamda egasiz mulkka aylanganligi. Buning natijasida kishilarda unumli mehnatga rag‘bati susaygan va turmush darajasi erkin bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlardagiga nisbatan ancha past darajada bo‘lgan. Sobiq buyruqbozlik iqtisodiyoti sharoitida kishilarda egasiz mulkni va xo‘jalik sub’ektlaridagi resurslarni va ularda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ishlab chiqarilgan noqonuniy o‘zlashtirish, tashmachilik yo‘li bilan o‘z moddiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida foydalanishga intilish kuchaygan; – erkin tadbirkorlik faoliyatining jamiyat uchun yot faoliyat sifatida tugatilganligi hamda unga yo‘l qo‘ymaslik. Buning natijasida kishilar o‘zlarining tadbirkorlik qobiliyatlarini xufyona iqtisodiy faoliyat sohalarida namoyon qilganlar49 . Xufyona iqtisodiyot sovet xo‘jalik tizimida uni to‘ldiruvchi hamda muhim iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni bajaruvchi sektorga aylangan. Uning iqtisodiy vazifasi rasmiy sovet iqtisodiyoti faoliyatidagi kamchiliklarni, ya’ni tovar va xizmatlardagi kamyoblikni ma’lum darajada yumshatishga xizmat qilgan. Xufyona iqtisodiy faoliyat natijasida kishilar qo‘shimcha daromad olish imkoniyatiga ega bo‘lishi va o‘z moddiy ehtiyojlarini qondirish imkoniyalarini ma’lum darajada kengaytirishga erishganlar. Bu uning ijtimoiy vazifasi bo‘lgan. Buyruqbozlik-rejali iqtisodiyoti sharoitida kishilar faoliyatlarining normalar tizimi surunkali taqchillik, ya’ni resurslarning yetishmasligini o‘zida namoyon etadi. Taqchillikning ma’lum darajada barqarorlashuvi hamda iqtisodiy agentlar ushbu darajaga moslashuvi tizimda normal taqchillik holatini yuzaga keltiradi. Bunda buyruqbozlik iqtisodiyoti uchun xos bo‘lgan taqchil tovar va xizmatlar uchun navbatning normal uzunligi, resurslar va tayyor mahsulotlarning normal zahiralari va hokazolar tushuniladi. Boshqacha aytganda, nafaqat Valras bo‘yicha umumiy muvozanat iqtisodiy tizimning barqaror holati bilan cheklaniladi, balki tizimhatto muvozanatsiz holatda ham barqarorlashishi mumkinligi namoyon bo‘ladi.
Buyruqbozlik iqtisodiyotining normal holatlari uchun zarur bo‘lgan normalardan biri oddiy utilitarizm hisoblanadi. Bunda individ tomonidan o‘z foydaliligini oshirilishi o‘ziga xos ravishda namoyon bo‘ladi. Ya’ni, oddiy utilitarizm - individning samarali faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan holda o‘z foydaliligini oshirishga intilishidir. Individ iste’mol madaniyatidagi oddiy utilitarizm “kvartira – mashina – dala hovli” uchligida aks etadi. Individda bunday idealning tarqalishi va qulay hayot sharoitlarini ta’minlashga intilish sho‘rolar (sovetlar) jamiyati namunasida XX asrning 70-80-yillardagi o‘ziga xos shaklga ega tendensiyalar bilan tavsiflanadi. Bunda iste’molning ma’lum darajasiga erishish uchun noyob (taqchil) resurslardan foydalanish imkoniyati samarali mehnat bo‘yicha emas, balki ma’lum kasb toifasidagi xodimlar (savdo sohasi, byurokratik apparat, temir yo‘l va havo yo‘li transporti xodimlari, chet elga chiqish imkoniyatidagilar) o‘rtasida bo‘lingan edi. Buyruqbozlik iqtisodiyoti normalari tizimining ikkinchi unsuri to‘liqsiz ratsional faoliyat bilan izohlanadi. Bunda, birinchi navbatda axborotning cheklanganligi va to‘liqsizligi bilan shartlangan to‘liqsiz ratsionallik tushuniladi. Iqtisodiy agentlar erkin shakllanmagan narx va taqchil resurslar sharoitida narxlardagi mavjud axborotni narxga taalluqli bo‘lmagan – zahiralar hajmi, navbatlarning uzunligi va hokazolar haqidagi ma’lumotlar bilan to‘ldiradilar.
Raqobat qoidalarini buzish – tijorat borasidagi poralar, monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzish, sanoat sohasidagi josuslik. Narx belgilashni kelishib olish bo‘yicha (til biriktirish). Konunlarga murojaat qilinadigan bo‘lsa, ularda narxni muqim qilish g‘ayriqonuniy ekanligi ta’kidlangan. Narx tizimi bo‘yicha barcha nayrangbozliklar qonunlar bilan qat’iy taqiqlangan. Ammo, raqiblar o‘rtasida narxni muqim qilish bo‘yicha kelishuvlar jinoyat hisoblanadi. Beixtiyor bir xil narxlar ham belgilangan bo‘lishi mumkin va bu yerda qonun buzilmagan bo‘ladi. Qoidaga muvofiq narxni muqim qilish (agar ular qonuniy foyda olishga qaratilgan bo‘lsa) bo‘yicha kombinatsiyalar jinoiy javobgarlikka tortish uchun Iqtisodiy jinoyatning asosiy turlari davlat huquqlarini poymol etish raqobat qoidalarini buzish iste’molchilar huquqlarini poymol etish kreditorlarning huquqlarini poymol etish yollanma ishchilar haqhuquqlarini poymol etish asos bo‘la oladi. Har qanday holda ham narxning birligi sun’iy yuzaga keltirilgan deb hisoblanadi. Narx bo‘yicha kelishuvlarning isboti bo‘lib, odatda raqobatchilarning uchrashuvlari, narx ro‘yxatlari hamda boshqa hujjatlarning mavjudligi va bu hujjatlarni bir-biriga taqdim etishlari xizmat qiladi. Narxlarni muqim qilish bo‘yicha operatsiyalarning maqsadi – u yoki bu tovarni sotish bilan shug‘ullanuvchilar o‘rtasidagi raqobatni yo‘qotishdir. Raqobatlashayotgan firmalar tovarlarni kelishgan narxda sotishga ahd qiladilar. Bunday kelishilgan narxlar, odatda, raqobat kurashi sharoitidagidan yuqori bo‘ladi. Narxni muqim qilishning yana bir keng tarqalgan ko‘rinishi - bu ularni sun’iy pasaytirish yoki ko‘tarishdir. Bunday holatda raqib kompaniyalar o‘zaro nima bilan savdo qilish va qaysi narxda mahsulotni sotishni kelishib oladilar. Mustaqil faoliyat yurituvchi tadbirkorlar, iste’molchilarning manfaatlariga zid bo‘lsa ham, albatta, qonunlar doirasida narxlarni o‘zlariga foyda keltiradigan miqdorda belgilashlari mumkin. Bozorda o‘zining ustun mavqeini suiste’mol qilish. Bu turdagi huquqbuzarliklar, eng avvalo, narxni belgilashda cheklashlar qo‘yish, o‘z raqiblarini baykot qilish orqali faoliyatini cheklash, ularning mahsulotlarini sotishdan bosh tortish, mahsulotni yetkazib berishni cheklash yoki taqiqlash, dempingni qo‘llash, vositachilar uchun mahsulotni sotish narxi va hududi chegaralarini belgilab qo‘yish faqat o‘zlarining yakkaxonligini talab qilish va boshqalar. Narxni belgilashdagi diskriminatsiya (cheklashlar) sotuvchining, bir tomondan, bir turdagi mahsulotni xaridorlarga turli narxlar nisbatida, ikkinchi tomondan, tovarni ishlab chiqarish xarajatlariga nomutanosib tarzda sotishga urinishida qo‘llaniladi. Narx adolatli bo‘lishi uchun u sarf-xarajatga yaqin bo‘lishi lozim. Raqibni bozordan yoki biron hududdan siqib chiqarish uchun yirik firma va kompaniyalar turli imtiyozli narxlar tizimini qo‘llaydilar va shu orqali o‘zlarining hukmron holatlarini saqlashga urinadilar. Bu esa ularga muayyan bir muddatdan so‘ng narxni oshirib, mononol foyda olishga imkon tug‘diradi. Sanoat shipionaji. Hozirda ushbu jinoyat turi kompyuter yordamida yoxud raqibning turli firma idoralarida ishlaydigan xizmatchilarini sotib olish vositasida sodir etilmoqda. Jinoyatlar raqibning ilmiy izlanishlari xususidagi ma’lumotlarni olish, faoliyatini aniqlash, uning mahsulotlarini sotuvchi tashkilotlar xususidagi axborotlarni olish, iste’molchilarining ro‘yxati hamda hisob hujjatlarini o‘rganish orqali sodir etiladi.
Iste’molchilar huquqlarini poymol etish – soxta reklama, sifatsiz tovarlarni ishlab chiqarish. Bu guruh jinoyatlarga savdoda, iste’mol buyumlarini ishlab chiqarishda va iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish sohalarida sodir etilgan hamda iste’molchiga ziyon yetkazish bilan bog‘liq javobgarliklar kiradi. Xususan, AKShda 1964 yili qabul qilingan “G‘irrom savdo amaliyoti to‘g‘risida umumiy qonun”da firma, kompaniyalar jinoiy faoliyatlarining quyidagi ko‘rinishlari keltirilgan:
• tovarni sotishda, xizmatlarni bajarishida ularni o‘zga tovar va xizmatlar deb o‘tkazish:
• resurslar, xomashyolar, tovar assortimenti va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha atrofdagilarni chalg‘itish; • soxta vakolatxona va nomlardan foydalanish;
• tovar va xizmatlarni maxsus tavsiflarga, xususiyatlarga, ingrediyentlarga, afzalliklarga, yuqori sifatga ega qilib ko‘rsatish;
• amalda o‘zgargan, ishlatilgan, eskirgan tovarlarni yangi, original sifatida tavsiya etish;
• amalda tovarni unga xos bo‘lmagan sifat, nav, alohida standart, uslub, modelga ega deb tavsiya etish; • raqibning tovar va xizmatlariga xos bo‘lgan afzalliklarni pasaytirib ko‘rsatish, bunday holatni tasdiqdovchi soxta hujjatlarni taqdim etish;
• tovar va xizmatlarni soxta reklama qilish;
• narxni pasaytirishni asoslash xususidagi yolg‘on arizalarni tarqatish;
• raqibni chalg‘itadigan boshqa xatti-harakatlar
Barcha mamlakatlarda korrupsiyaga qarshi u yoki bu darajada kurash olib boradi. Bu borada rivojlangan mamlakatlar tajribasi katta ahamiyatga egadir. Masalan, Fransiyada korrupsiyaga qarshi kurash dasturini 500 nafar kishidan ortiq shtat birligi yoki muayyan mulk oborotiga ega har qanday korxona yeki tashkilot joriy etishga majbur. Bu dastur sakkiz muhim unsur asosida tuzilishi kerak. Bular:
1. Nafaqat korxona, balki uning tashqarisida ham xodimlarning man etilgan xulq-atvor ko‘rinishlarini namoyon etadigan, korrupsiya harakatlarining turli shakllari aniq belgilaydigan Xulq-atvor Kodeksi.
2. Xulq-atvor Kodeksi buzilgan hollarda tashkilot/korxona xodimlarini javobgarlikka tortish imkonini beruvchi xulq-atvor sanksiyalarining qat’iy tartibi.
3. Tashkilot yoki korxonaning xulq-atvor kodeksiga zid bo‘lgan xulq-atvor yoki vaziyat mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot yig‘ishga yordam beruvchi xabarchi-xodim himoyasini kafolatlaydigan xabar qilishning ichki anonim ya’ni yashirin tizimi.
4. Tashkilot yoki korxona faoliyati sohasiga bog‘liq holda, korrupsiya oid muhim xatarlarlarini aniqlab, tahlil qilib belgilaydigan muntazam yangilanib turadigan xatarlar kartografiyasi.
5. Mijoz va ta’minotchilar, shuningdek, vositachilarning ehtimoliy korrupsiya xavflarini baholash amaliyotlari.
6. Korrupsiya dalillarini yashirish uchun buxgalterlik kitobi, reyestr va hisob-kitob yozuvlaridan foydalanmaslik kafolatini ta’minlovchi ichki yoki tashqi buxgalterlik nazorati.
7. Korrupsiya xavfiga uchrash ehtimoli yuqori bo‘lgan hamda mavqeyidan foydalanish xavfidan xoli bo‘lmagan rahbar va xodimlarni muntazam ravishda majburiy o‘qitish uchun o‘quv rejasi.
8. Korrupsiyaga qarshi kurashish dasturining yuqorida sanab o‘tilgan chora-tadbirlar bo‘yicha ijrosini ichki nazorat va baholash tizimi.
Korrupsiyaga qarshi kurashda faqatgina jazo choralarini qo‘llash samara keltirmasligini e’tiborga olish lozim. Fransiyada agar javobgar kompaniya yoki tashkilot Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi nazorati ostida belgilangan muddatda o‘z korrupsiyaga qarshi kurash dasturini ko‘rib chiqish va takomillashtirish majburiyatini olsa, jinoiy va ma’muriy sanksiyalarni cheklash imkoniyati mavjud. Bu mexanizm AQShda Foreign Corrupt Practice Act ga muvofiq va Buyuk Britaniyada Anti Bribery Act ga muvofiq allaqachon qo‘llanilayotgan mexanizmga o‘xshash bo‘lib, amaliyotda kutilgan ijobiy natijalarni bermoqda. Bank operatsiyalarida sarmoya yuvish ustidan nazorat mexanizmlari. Shunday qilib, Yevropada mijozning hisobiga yirik pul mablag‘lari ularning manbasini tasdiqlovchi hujjatsiz kelib tushganda, barcha bank va moliya muassasalari noqonuniy kapital yoki noqonuniy kapitalni yuvish bilan bog‘liq gumonlarini deklaratsiya qilishga majburdir. Albatta, qoidaga ko‘ra “puxta“ amaldorlar katta hajmda pora olayotganda uni soliq jannati deb ataladigan offshor hududidagi bank hisobiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazishni afzal ko‘radi. Bu borada noqonuniy kapitalni yashirishning bunday joylari, “panama qog‘ozlari“ bilan bog‘liq shov-shuvli voqea isbotlaganidek, noqonuniy kapitalni maxfiy ravishda saqlashning mutlaq kafolati hisoblanmaydi. Ushbu ishda maxfiy hujjatlar oshkor bo‘lishi oqibatida, hujjatlar tergovchijurnalistlarning Xalqaro konsorsiumiga topshirilgan hamda jurnalistik tergov natijasida 12 nafar davlat va hukumat rahbarlari hamda 128 nafar yuqori darajadagi amaldorlarning bankdagi offshor hisoblari aniqlangan.
Transparency International xalqaro tashkiloti tomonidan keyingi yillarda amalga oshirilgan tadqiqotlarda MDH davlatlari orasida Rossiya, Qozog‘iston, Gruziya, Ozarbayjon, Ukraina va Moldoviya davlatlarida korrupsiya darajasi yuqori ekanligi ko‘rsatiladi. Hozirgi paytda bu davlatlar tomonidan korrupsiyaga qarshi qator chora-choratadbirlar ko‘rilmoqda. Jumladan, bu davlatlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash, uni oldini olishga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatilar qabul qilingan. Misol uchun, Ukrainada «Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonun mavjud bo‘lib davlat boshlig‘i mazkur qonun normalarini hayotga joriy etilishi uchun jiddiy ahamiyat beradi. Ukraina Prezidenti 1997 yil 10 apreldagi 319-sonli farmoni bilan Korrupsiyaga qarshi kurash milliy dasturi tasdiqlangan. Ukrainaning «Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonuni 9-moddasida mansabdor shaxslarning daromadlari, qimmatli qog‘ozlari, ko‘chmas mulk va boshqa qimmatbaho buyumlari, shuningdek bankdagi omonatlari to‘g‘risida rasmiy nashrlarda ma’lumotlar berib borilishi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasida ham korrupsiyaga qarshi kurash borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida Iqtisodiy jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi faoliyat yuritayapti. 2001 yilda Bosh prokuratura huzurida Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurash Departamenti tashkil etildi, 2002 yilda departament Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurash Departamenti etib qayta tashkil etildi. 2017 yil 3 yanvarda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan
Xulosa
Bu xufyona iqtisodiy munosabatlar markazlashtirilgan nazoratga antiteza, islohotlarga to‘sqinlik qiluvchi, uni bo‘g‘uvchi “klapan”, bozor surrogati hisoblanadi. V. Nayshul, o‘z kuzatishlarini umumlashtirib, “Brejnev” davrini byurokratik bozor deb nomlagan. Chunki, bu davrda nafaqat kamyob tovarlar, balki korxonalar uchun tuzatilgan reja, mansab-lavozimlar, mukofotlar, unvonlar, horijiy komandirovkalar va boshqalar ham tovarga aylangan. Bu sovet totalitarizmi rejimini rad etadigan bir qator tushunchalarni keltirib chiqardi. "Sotsializm" tizimi ostida xufyona iqtisodiy faoliyatining umumiyligini (Sovet Ittifoqi buni kamroq noqonuniy deb bilgan) kashf etib, G‘arb sovetolog olimlari shunday xulosaga kelishdi. Sobiq Sovet Sotsialistik respublikalari misolida Slovakiya respublikasi tahlil qilingan va ushbu mamlakat iqtisodiyoti allaqachon yashirin ko‘rinishga kelgan, yashirin xufyona bozor munosabatlarini yashirishning keng qamrovli rejasi ostida aralash iqtisodiyotning boshqacha uslubini paydo qilgan degan xulosaga kelishgan edi. Ushbu iqtisodiy munosabatlar nafaqat markazlashtirishning antitesi, balki islohotchining, bozor o‘rnini bosadigan, yashirin harakati bosimi ostidagi o‘ziga xos shart bo‘lishi Sobiq Sovet Ittifoqidagi xufyona iqtisodiyot komponentlari norasmiy an’analar iqtisodiyoti qo‘shib yozishlar iqtisodiyoti (fiktiv iqtisodiyot) shaxsiy suist’emol iqtisodiyoti (poraxo‘rlik iqtisodiyoti) mumkin. Ushbu umumiy kuzatishlar to‘g‘risida rus eko-iqtisodchisi V. Nayshul “Brejnev” davrida tovarlar kam yoki kam bo‘lgan "byurokratik bozor" to‘g‘risida xulosa chiqaradi. Umuman olganda, korrupsiya – bu o‘z xizmat lavozimidan shaxsiy manfaatlar yo‘lida foydalanishdir. U yashirin iqtisodiyotning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Shu sababdan, korrupsiyaning iqtisodiy tahlili faqatgina kapitalistik dunyoda emas, balki sobiq ittifoq hududida ham keng rivoj topgan Ko‘pincha korrupsiya deganda hukumat byurokratlari tomonidan shaxsan boyib ketish uchun fuqarolardan pora, noqonuniy pul daromadlari olish tushuniladi. bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
“ XUFYONA IQTISODIYOT “ kitobi
https://milliycha.uz/
https://uz.wikipedia.org/
Dostları ilə paylaş: |