Mavzu: Ilk o‘rta asrSHarq falsafasi va uyg‘onish davri



Yüklə 39,4 Kb.
səhifə2/3
tarix25.12.2023
ölçüsü39,4 Kb.
#196218
1   2   3
sharq falsafasidoc

Ilk o‘rta asrlarda falsafiy tafakkur rivojlanishining asosiy shakllari apologetika va patristika bo‘lgan. yevropada, Vizantiyada, Old Osiyo va Shimoliy Afrikaning ellinlashgan markazlarida xristianlikning tarqalishi boshqa diniy va falsafiy oqimlar bilan qattiq kurash jarayonida yuz bergan. Bunda xristianlikka qarshi neoplatonizm falsafasidan keng foydalanilgan. Ayni shu davrda apologetika xristianlikni asoslash va himoya qilish falsafasi sifatida vujudga kelgan.
Avgustinning eng mashhur: «Ilohiy shahar», «Insoniy shahar», «Tavba» kabi asarlari mavjud. Avgustin ikki muhim muammo: shaxs dinamikasi va kishilik tarixi dinamikasi muammolarini yechishga harakat qiladi. U «Tavba» asarida shaxsning o‘zligini, uning ruhiy holatlarini o‘rganadi. Avgustin shaxsning ichki dunyosini uning go‘daklik yillaridan boshlab inson xristian sifatida shakllanadigan davrgacha tavsiflaydi. U shaxsga nisbatan zo‘rlik ishlatishning har qanday shakllarini (maktabda bolaga zo‘rlik ishlatishdan davlat darajasida zo‘rlik ishlatishgacha) qoralaydi. Avgustin shaxs erkinligi muammosini ilgari suradi. Oradan bir necha asrlar o‘tgach, ayni shu muammo ekzistensializm vakillarida Avgustin falsafasiga nisbatan qiziqish uyg‘onishiga sabab bo‘ldi. Avgustin inson sub'ektiv tarzda erkin harakat qiladi, lekin uning barcha harakatlarini u orqali Xudo bajaradi, deb hisoblagan. Xudoning borlig‘ini insonning o‘zligidan, inson tafakkurining o‘z-o‘zi uchun ishonchliligidan keltirib chiqarish mumkin. Tarix falsafasini ishlab chiqish ham, garchi atamaning o‘zini Volter taklif qilgan bo‘lsa-da, Avliyo Avgustindan boshlangan. Antik faylasuflarda «tarixiylik» tushunchasi mavjud bo‘lmagan: yunonlar dunyoni estetik jihatdan, mukammal koinot sifatida idrok etganlar. Avgustin esa o‘tmish – hozirgi davr – kelajakning o‘zaro aloqasini falsafiy jihatdan anglab yetishga harakat qilgan. Hozirgi davr – bir lahza, zero u o‘tmishga chekinadi va kelajak sari harakat qiladi. «Insoniy shahar» (jamiyat) hayoti buni tasdiqlaydi. Bu ashaddiy realizm zamirida Platonning «g‘oyalar dunyosi» va «narsalar dunyosi» haqidagi ta'limoti yotadi. Nominalistlar «universaliyalar narsalardan keyin vujudga kelgan nomlardir», degan fikrni ilgari surganlar. Ayrim narsalar, masalan, odamlar, uylargina realdir, «umuman inson» yoki «umuman uy» esa faqat so‘zlar yoki nomlar bo‘lib, ularning yordamida odamlar ayrim predmetlarni umumlashtiradilar. Mo‘tadil nominalistlar insoniy tushunchalarda ayrim narsalardagi o‘xshash jihatlarning in'ikosi sifatida umumiylik mavjudligini taxmin qilganlar. O‘rta asrlarda Sharq falsafasi mifologiya va din qo‘ynidagina emas, balki fan qo‘ynida ham rivojlanadi. Sharq olimlari matematika, astronomiya, geografiya, tibbiyot, tarix, alximiya sohasida qo‘lga kiritgan yutuqlar ma'lum. Odatda tabib, munajjim, sayyoh bo‘lgan Sharq faylasuflari asbtrakt mulohazalardan ko‘ra ko‘proq tabiatshunoslik va tajribaga tayanganlar. Sharq falsafiy tafakkurining yirik namoyandalari orasida Markaziy Osiyolik mashhur faylasuf, qomuschi-olim, Yaqin va O‘rta Sharqda aristotelizm asoschilaridan biri Forobiy, buyuk faylasuf va tabib Ibn Sino (Avitsenna), atoqli astronom, matematik, shoir va mutafakkir Umar Xayyom, tabib va faylasuf Ibn Rushd (Averroes) bor.

Yüklə 39,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin