Mavzu: ilk o’spirinlik davrida o’quv kasbiy faoliyatining yetakchi faoliyatga aylanishi va kasb tanlash muammosi



Yüklə 14,2 Kb.
səhifə2/4
tarix24.12.2023
ölçüsü14,2 Kb.
#193004
1   2   3   4
ilk ospirinlik davrida kasb tanlash (4)

Ilk o’spirinlik davrining psixologik xususiyatlaridan biri bu jismoniy jihatdan voyaga yetishi, maktabni bitirgandan keyin mustaqil hayot kechirish, ishlab chiqarishda mehnat qilishi va oliy o’quv yurtida o’qishi uchun yetarli bo’ladigan g’oyaviy va ma’naviy yetuklik darajasiga erishadi. Bu davrning eng muhim ko’rsatkichlaridan biri fuqarolik pasportini olishi, saylash va saylanish huquqini qo’lga kiritilishi bularning barchasi uning fuqaro sifatida yetukligining ko’rsatkichidir.


. Ilk o’spirinlik davrida mehnat va o’qish asosiy faoliyat sifatida muhim o’rin egallaydi. Ilk o’spirinlik yoshida jo’shqin kuch-g’ayrat shijoat mardlik katta va qahramonona ishlarga romantk ravishda intilishlari avj olgan yosh davridir. Ilk o’spirinlik davrida psixik rivojlanishning xarakatga keltiruvchi kuch maktab jamoasi va o’quv faoliyati tomonidan qo’yiladigan talablar darajasining keskin ortishi bilan u erishgan psixik rivojlanish darajasi o’rtasidagi qarama-qarshilikdan iboratdir. Bu qarama-qarshiliklar ilk o’spirinlik davrida o’quvchilarning ahloqiy, aqliy va ijodiy kuchlarini intensiv taraqqiyoti yo’li bilan hal etiladi.
  • Ilk o’spirin shaxsida o’zining psixik hayotiga o’z shaxsining sifatlariga o’z qobiliyatlariga chuqur qiziqish o’yg’otadi xuddi shuning uchun ham xatti-harakatlariga nazar tashlash o’z his-tuyg’ularini va kechinmalarini bilib olish ehtiyoji paydo bo’ladi. Ilk o’spirin yoshidagi o’quvchilar o’zining kuchli va ojiz tomonlarini o’zning ustunlik va kamchiliklarni o’smirga qaraganda yaxshiroq va chuqurroq baholay oladi. Biroq o’smir tomonidan o’z o’ziga baho berish birmuncha ob’ektivroq bo’lib bu ularga kattalar tomonidan berilayotgan fikr va mulohazalarga tayaniladi. Ilk o’spirinlik davrida esa bu boshqacharoq tarzda amalga oshiriladi ya’ni yoshning ortishi bilan unda o’z shaxsini o’z xatti-harakatlari va faoliyatini mustaqil tahlil qilish va baho berish an’anasi kuchayadi.
  • O’z o’ziga baho berish esa hamisha tashqaridan berilgan bahoni anglashdan ko’ra qiyinroqdir. O’z shaxslarini tahlil qila olsalar ham ular o’zlariga nisbatan ob’ektiv baho bera olmaydilar. Ayrim paytlar o’zlariga nisbatan juda yuqori baho beradilar. Ilk o’spirinlik davrida endi shaxsning ko’p qirrali munosabatlarini ifodalovchi sifatlari anglanadi. O’smir o’zning hozirgi ahvoliga muvofiq ravishda o’ziga baho bersa ilk o’spirin o’zining kelajagiga muvofiq ravishda o’ziga baho beradi. Masalan men maktab jamoasi a’zosi sifatida qandayman? desa o’spirin men kelgusi mustaqil hayot uchun qandayman? degan savolni beraman. Ilk o’spirinlik davrida ideallar ikki asosiy shaklda mavjud bo’ladi ya’ni biron-bir aniq kishining obrazi o’smirdagidan ko’ra kamroq ideal bo’ladi ilk o’spirin yoshidagi o’quvchi ana shu obrazda o’zi yukasak darajada qadrlaydigan sifatlarning gavdlanishini ko’radi. Ideal sifatida ijobiy sifatlar bilan birga salbiy sifatlardagi insonlarni ham qabul qiladilar

O`spirinlarda mavjud bo`lgan yana bir muhim xislat ularda yuksak darajadagi do`stlik, o`rtoqlik, ulfatchilik, muxabbatning vujudga kеlishidir. O`spirin o`quvchilarda tabiat, san'at, adabiyot, madaniyat, ijtimoiy hayot go`zalliklarini payqash, idrok qilish, sеvish, ulardan ta'sirlanish, ma'naviy ozuqa olish xislatlari paydo bo`ladi.O`spirin o`quvchilarning fanlarga munosabatlari asosan har qaysi fanning inson dunеqarashidagi roliga, bilish faoliyatidagi va ijtimoiy ahamiyatiga, amaliy xususiyatiga, o`zlashtirish imkoniyatiga va uni o`qitish mеtodikasiga bog`liq bo`ladi.

Yüklə 14,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin