Mavzu: Ilmiy uslub. Sohaviy terminlarning yasalishi Guruh: i-103 Bajardi



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix24.07.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#137277
1   2   3
Ilmiy uslub.Sohaviy terminlarning yasalishi

XXI ASRDA INNOVATSIYALAR 
*
Hozirgi vaqtda «Innovatsiya tushunchasi» juda keng qo’llanilmoqda. Innovatsiya so’zi inglizcha 
so’z bo’lib, «innovatsion» yangilik kiritish degan ma’noni bildiradi, ya’ni tizim ichki tuzilishini 
o’zgartirish, deb ta’riflanadi. Innovatsiya amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo’lib, ijtimoiy- 
madaniy ob’yekt sifatlarini yaxshilashga yo’naltirilgan ijtimoiy sub’yektlarning harakat tizimidir. 
Innovatsiyalar dolzarb, muhim ahamiyatga ega bo’lib, bir tizimda shakllangan yangicha 
yondashuvlardir. Ular tashabbuslar va yangiliklar asosida tug’ilib, ta’lim mazmunini rivojlantirish 
uchun istiqbolli bo’ladi. Shuningdek, umuman ta’lim tizimi rivojiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
*
Innovatsiya – ma’lum bir faoliyat maydonidagi yoki ishlab chiqarishdagi texnologiya, shakl va 
metodlar, muammoni echish uchun yangicha yondashuv yoki yangi texnologik jarayonni qo’llash, 
oldingidan ancha muvaffaqiyatga erishishiga olib kelishi ma’lum bo’lgan oxirgi natijadir. Bugun 
ta’lim tizimidagi innovatsiyalarni quyidagicha tasniflash mumkin: - faoliyat yo’nalishiga qarab 
(pedagogik jarayondagi, boshqaruvdagi); - kiritilgan o’zgarishlarning tavsifiga ko’ra (lokal, 
modulli, tizimli); - kelib chiqish manbaiga ko’ra (shu jamoa uchun ichki yoki tashqaridan olingan). 
*
Innovatsiyalar odatda bir necha muammo kesishgan paytda vujudga keladi va umuman yangi 
masalalarni hal qiladi, pedagogik jarayonning uzluksiz yangilanib borishga olib keladi. Ta’lim 
tizimidagi har qanday yangilik innovatsiya bo’la olmaydi. Shu sababli «novatsiya» va «innovatsiya» 
tushunchalari o’rtasidagi asosiy farqlarni ko’rsatib o’tish zarur. Buning uchun islohot faoliyatining 
aniq shakli, mazmuni va ko’lami asos bo’lib xizmat qiladi. Agar faoliyat qisqa muddatli bo’lsa va 
yaxlit tizim xususiyatiga ega bo’lmasa, o’z oldiga muayyan tizimdagi faqat ba’zi elementlarini 
o’zgartirishni vazifa qilib qo’ygan bo’lsa, u holda biz novatsiya bilan muloqot qilayotgan bo’lamiz. 
Agar faoliyat ma’lum kontseptual yondashuv asosida amalga oshirilayotgan bo’lsa va uning natijasi 
o’sha tizim rivojlanishiga yoki uning prinsipial o’zgarishiga olib kelsagina innovatsiya deya olamiz. 


*
. Novatsiya amaldagi nazariya doirasida amalga oshiriladi, ko’lam va vaqt bo’yicha 
chegaralanadi, metodlar yangilanadi va natijasi avvalgi tizimni takomillashtiradi. 
Innovatsiya esa tizimli, yaxshi va davomli bo’ladi, ma’lum amaliyotda yangi faoliyat 
tizimini loyihalaydi, amaliyot sub’yektlari pozitsiyalarini to’la yangilaydi.Bunda 
faoliyatning yangi yo’nalishlari ochiladi, yangi texnologiyalar yaratiladi, faoliyatning yangi 
sifat natijalariga erishiladi, natijada amaliyotning o’zi ham yangilanadi. Ta’lim 
jarayonidagi innovatsion o’zgarishlar, ta’lim tizimiga har qanday yangilikning kiritilishi 
bevosita o’qituvchi faoliyatini yangilash va o’zgartirish orqali amalga oshirilishi ham 
atroflicha o’rganilgan.O’qituvchi innovatsion faoliyati xususiyatlarini o’rganib chiqqan 
pedagogik olimlar fikrlariga tayangan holda, quyidagilarni innovatsion faoliyatning asosiy 
belgilari deb hisoblash mumkin: - ijodiy faoliyat falsafasini egallashga intilish; - pedagogik 
tadqiqot metodlarini egallash; - mualliflik kontsepsiyalarini yaratish qobiliyati; - tajriba-
sinov ishlarini rejalashtirish va amalga oshira olish;
*
- o’zidan boshqa tadqiqotchi-pedagoglar tajribalarini qo’llay olish; 
*
- hamkasblar bilan hamkorlik; - fikr almashish va metodik yordam ko’rsata olishlik; - 
ziddiyatlarning oldini olish va bartaraf etish; - yangiliklarni izlab topish va ularni o’z 
sharoitiga moslashtirib borish. Innovatsion faoliyat davrida yangiliklar, innovatsiyalar, tom 
ma’noda ta’lim jarayoniga kirib keladi. Shu sababli ta’lim tizimidagi innovatsiyalarni 
pedagogik jarayonga kiritish 4 bosqichda amalga oshiriladi: 1.Muammoli tahlil asosida 
aniqlash. 2. Mo’ljallanayotgan ta’lim tizimini loyihalash. 3.O’zgarishlar va yangiliklarni 
rejalashtirish.4. O’zgarishlarni amalga oshirish. Innovatsion faoliyatga tayyorlashdan 
maqsad — o’qituvchining yangilikka intiluvchanligini, mustaqil o’z ustida ishlash 
ko’nikmasi va malakasini shakllantirish, yangi pedagogik texnologiyalar, interfaol 
metodlardan foydalanib, dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarni o’tkazish malakasini 
takomillashtirishdan iborat. Xulosa qilib aytganda, innovatsion faoliyat — yangi ijtimoiy 
talablar bilan an’anaviy me’yorlarning mos kelmasligi yoxud amaliyotning yangi 
shakllanayotgan me’yorining yuzaga kelgan me’yor bilan to’qnashuvchi natijasida
*
vujudga kelgan qator muammolarni echishga qaratiladi.


*
Innovatsiyalar doimiy ravishda pedagogik faoliyatga yangiliklar olib kirish orqali ta’lim rivojiga 
hissa qo’shadi, pedagogik faoliyatga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. O’qituvchining innovatsion faoliyati 
butun pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olg’a boshlovchi, taraqqiy ettiruvchi kuch 
vazifasini bajaradi va ta’lim jarayonining sifatini kafolatlaydi.Shuning uchun ham innovatsiyani 
har bir o’qituvchi tushunib, o’qib va o’rganib, o’zining pedagogik faoliyatiga olib kira olsa, ta’lim 
standartlarida ko’rsatilgan me’yoriy talablar amalga oshadi. O’qituvchi innovatsiya faoliyatga 
tayyor bo’lib, darsga eng so’nggi yangiliklarni olib kirib, o’quvchiga qiziqarli va uni ehtiyojiga mos 
ravishda tashkil etsagina, sifat va samaradorlikni kafolatlashi mumkin.
*
O’zbekiston ilm-fani bugungi kunda o’zgarib borayotgan bozor talablariga javob beradigan, yuqori 
texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishga yo’naltirilgan innovatsion iqtisodiyotning texnologik 
bazasini yaratish borasida ulkan imkoniyatlarni namoyon etmoqda.
*

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin