O'sish va rivojlanishga ovqatning vitaminlashtirilganligi va tarkibining yaxshilanishi ham ta'sir ko‘rsatadi, degan fikrlar aytildi. Ammo akseleratsiya vitaminlar sintezidan oldin boshlangan edi. Urushlar davrida bolalar o'sishi va rivojlanishi sekinlashgan. Yaponiyada bolalar hozir ham oqsil va yog'ni kam iste'mol qiladi, ammo akseleratsiya intensiv sodir bo'lmoqda.

Aholi urbanizatsiyasi va u bilan bog‘liq bo'lgan televideniya, radio, kino va boshqalar ertaroq intelektual taraqqiyotga, ular esa o'sish va jinsiy balog'atga yetishni tezlashtirishga olib kelayotgan bo'lishi mumkin. Ammo Germaniya, Angliya, Ispaniyada qishloq va shahar o'rtasida tafovut yo'q va u yerlarda akseleratsiya bir xil sodir bo'lmoqda.
Ayrim gipotezalaiga ko'ra, radioto'lqinlar organizmga ta'sir etadi. Aniqlanishicha, radioto'lqin organizmda issiqlik paydo qiladi. Ammo akseleratsiya radio va televideniya kashf etilishidan oldin ham sodir bo'lgan.
XX asrning 60-yillarida iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda 90- yillarga borib akseleratsiya to'xtaydi, iqtisodiy jihatdan rivojlanmagan mamlakatlarda iqtisodiy o'sish bilan birgalikda akseleratsiya kuchayishi sodir bo'ladi, degan gipoteza paydo bo'lgan edi.Hozircha bu gipoteza ham o'z isbotini topgan emas. Yaqin 40-50 yil ichida odam rivojlanishi tezlashib, yangi muammolar paydo bo'lish chtimoli bor. Masalan, uy-joy, ish, transport, madaniy-maishiy muammolar paydo bo'lishi mumkin. Tez o'sish disgarmoniyaga, yurak-qon tomirlari, nerv sistemasi, endokrin va nafas sistemalariga ortiqcha zo'riqish paydo qilishi mumkin. Tez o'sish oiganizm uchun hech qanday ijobiy imkoniyatlarga ega emas.