Olimlar XX asrning eng qiziqarii gipotezasi – akseleratsiyaning mohiyatini tushuntirishga harakat qilmoqda. Ayni paytda, ishonch bilan aytish mumkinki, akseleratsiya odam evolyutsiyasining obektiv qon
Olimlar XX asrning eng qiziqarii gipotezasi – akseleratsiyaning mohiyatini tushuntirishga harakat qilmoqda. Ayni paytda, ishonch bilan aytish mumkinki, akseleratsiya odam evolyutsiyasining obektiv qonuniyati hisoblanadi.
Qayta tug'ilish mumkinmi?
Evolyutsiya uzoq vaqt davomida turli-tumanlikni paydo qilish yo’lidan bordi, bir turga kiradigan organizmlar bir-biridan oz bo’lsada farq qiladigan bo'ldi. Tabiatda bir turga kiradigan, aynan bir-biriga o’xshaydigan ikkita individ yo'q. Bir tuxumdan hosil bo'lgan egizaklar ham farq qiladi.
Ma'lumki, buyrak, yurak, jigar, teri ko'chirib o'tkaziladi. Ayniqsa, bir tuxumdan paydo bo'lgan egizaklarda organlarni ko’chirib o’tkazish yaxshinatija beradi. Ammo bunda ham dorilar yordamida immun sistema oshirilmasa , ko’chirib o'tkazilgan organ yashab keta olmaydi. Organizmlarning infeksiyaga qarshi kurashi baliqlardan sutemizuvchilargacha bir hil bo’ladi
Har xil hujayralarda genlaring hammasi ham ishlayvermaydi. Shuning uchun nerv va muskul hujayralari bir-biridan farq qiladi. Organizmni tashkil etadigan hujayralar
Har xil hujayralarda genlaring hammasi ham ishlayvermaydi. Shuning uchun nerv va muskul hujayralari bir-biridan farq qiladi. Organizmni tashkil etadigan hujayralar
bir-biri bilan yaqin aloqada va hamkorlikda ishlaydi. Bu simfoniya ijro etayotgan orkestga o'xshaydi. Aniqlanishicha, hujayralar o'rtasidagi farq undagi genlarga bog'liq. Ammo irsiy material ularning hammasida bir xil bo'ladi.
Demak, tuxum hujayra yadrosi somatik hujayra yadrosi bilan almashtirilsa, urug'lanishsiz organizm paydo bo'ladi.
J.Gerdon baqa ikrasining yadrosini itbaliq ichak hujayralarining yadrosi bilan almashtirgan. Ayni paytda dunyo bo'yicha laboratoriyalarda shu yo'l bilan yetishtirilgan ko'plab baqa va sichqonlar bor. Ular yana shu yo'l bilan ko'paytirilib (ota gametasisiz va urug'lanmasdan) borilmoqda. Bunday tajribalar o'simliklarda ham o'tkazilgan. Bunday ko'payish klon deb nomlandi. Klon genetik jihatdan toza liniya bo'lib, unda boshqa organizm genlari bo'lmaydi.

Organizm nusxasini har bir hujayradan yaratish mumkin. Bu sun'iy yaratilgan "vegetativ egizaklar" bo‘lib, ularda har xil dorilarni sinab ko'rish mumkin. Klonlarda tuxum hujayra ishtiroki shart. Hamma genetik muvaffaqiyatlarda V.Garveyning "hamma turiklik tuxumdan boshlanadi", degan qoidasi amal qiladi.