Ma’ruza№25
Mavzu:Informatika va axborot texnologiyalari fanidan nazorat qilish va baholash usullari
Reja:
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan nazoratini tashkil etish usullari.
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan bilimlarini nazorat qilish va baholash.
Test tayyorlash metodikasi
Tayanch iboralar: Baholash mezoni, oraliq nazorat, joriy nazorat, yakuniy nazorat, reyting tizimi, talabaning bilim darajasi, saralash bali.
------------------------------------------------------------------------------------------------
Baholash- ta‟lim jarayoning malum bosqichida o‟quv maqsadlariga erishilganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o‟lchash, natijalarni aniqlash va tahlil etishdan iborat jarayondir.
Ta‟lim oluvchilar tomonidan o‟quv materiallari o‟zlashtirilganligini, ko‟nikma va malakalar hosil bo‟lganligini tekshirish va baholash ta‟lim jarayonining zarur tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu faqat o‟qitish natijalarini nazorat qilish emas, balki o‟quv jarayonining turli bosqichlarida ta‟lim oluvchilarning bilish faoliyatiga raxbarlik qilish xamdir.
Baholash natijasida tushuncha va qonun -qoidalarning qaysi birini qiyin, qaysi birini esa oson o‟zlashtirilishi aniq ravshan bo‟ladi. Bu ta‟lim oluvchining ijodiy tarzda darsga tayyorgarlik ko‟rishi va o‟quv mashg‟ulotini o‟tkazishi uchun asos bo‟lib xizmat qiladi. Xuddi shuningdek ,ta‟lim oluvchiga ham ta‟lim jarayonida qaysi o‟quv materialini yaxshi, qaysi qo‟niqarli va nimani yomon o‟zlashtirgani ma‟lum bo‟ladi.
Bilimlarni tekshirmasdan ta‟lim oluvchi o‟z bilimlarini chuqur, har tomonlama va to‟g‟ri baholashga qodir emas. Ba‟zan unga go‟yo o‟quv materialini yaxshi egallab olganday tuyuladi, tekshirish chog‟ida esa materialni yaxshi bilmasligi.yaxshi tushunmasligi ma‟lum bo‟lib qoladi.
Baholash natijasida, ta‟lim oluvchilarning o‟rganilayotgan materiallarni bilish, tushunish, esda saqlab qolish,anglab olish, amalda qo‟llay olish ,tahlil qilish va o‟z bilimlariga tanqidiy baho berish darajalari aniqlanadi.
Bilimlarni, ko‟nikma va malakalarni nazorat qilish va baholashning tarbiyaviy ahamiyati shundaki,bunda ta‟lim oluvchilarning o‟qishga, o‟z yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklariga nisbatan munosabati shakllanadi, qiyinchiliklarni yengish istagi tug‟iladi.
Baholash hamisha ta‟lim oluvchining shaxs sifatida o‟ziga nisbatan muayyan bir munosabatni hosil qiladi. Ta‟lim oluvchini muntazam ravishda o‟z natijalari to‟g‟risida xabardor qilib turish, uning maqsad sari intilishiga va istaklarini ro‟yobga chiqarishga ijobiy tasir ko‟rsatadi. Ta‟lim beruvchi ta‟lim oluvchining o‟ziga nisbatan munosabatini, tuyg‟ularini, uning xarakteridagi irodalilik hamkorlik, o‟zaro bir biriga yordam berish kabi sifatlarini shakllantirishga e‟tibor qaratilishi lozim bo‟ladi.
Ba‟zan baholash jarayonida ta‟lim oluvchi qo‟shimcha bilim, ko‟nikma va malakalarga xam erishadi. Ta‟lim jarayonida o‟zlashtirmagan tushunchalarning mohiyatiga tushunib yetadi.
Shu bois baholashni ta‟lim olish jarayonining davomi deb xam aytish mumkin. Bilimlarni nazorat qilish va baholash davlat ahamiyatiga egadir.
Baholash natijalarini umumlashtirib, ta‟lim muassasasi jamoasining ta‟lim-
tarbiya sohasidagi faoliyatiga, talabalarning umumiy o‟zlashtirish darajasiga baho beriladi va tegishli xulosalar chiqariladi. Davlat ta‟lim standartlarida davlat tomonidan qo‟yilgan talablar nechog‟lik bajarilayotgani aniqlanadi.
Natijalarni baholash orqali bir paytning o‟zida butun ta‟lim tizimi va uning komponentlari tekshirib ko‟rilishi kerak. Bu bilan talim tizimida kutilayotgan natijaga erishilayotganlik darajasi tekshirilib o‟lchanadi. Baholash natijasida nafaqat ta‟lim oluvchining, balki ta‟lim beruvchining kuchli va kuchsiz tomonlari,shuningdek, o‟quv jarayonidagi kamchiliklar ham aniqlanadi.
Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqib, baholashning mohiyati haqida quyidagi xulosalarni aytish mumkin:
O‟quv maqsadlariga erishilganlikni aniqlash uchun.
Keyingi bosqichga o‟tishdan oldin avval o‟zlashtirilganlik darajasini aniqlash lozim.
Natijaga erishilganligini tasdiqlash uchun.
Ta‟lim oluvchilarning qiziqishlarini aniqlash uchun.
Yutuq va kamchilikliarni aniqlash uchun.
Ta‟lim beruvchi o‟z faoliyatiga tuzatishlar kiritishi uchun.
Yalpi o‟zlashtirish darajasini aniqlash uchun.
Ta‟lim jarayoni yuuqlarini aniqlash uchun.
Ta‟lim oluvchilarni yutuqlarga qiziqtirish uchun.
Tashqi qiziquvchilarga, ish beruvchilarga,yuqori tashkilotlarga va ota – onalarga ma‟lumot berish uchun.
Dostları ilə paylaş: |