Ma’ruza №1
Mavzu:Informatika va axborot texnologiyalari fanidan o‘quv jarayonini
rejalashtirish
Reja:
1. Informatika fanidan o‘quv mashg’ulotlarini tashkil
qilish ishlari mazmuni
2. Informatika fanidan o‘quv dasturlari va o‘quv rejalaridan foydalana olish
masalalari.
Informatika fanidan o‘quv jarayonini tashkil qilish uchun fan uchun ta’lim
muassasalariga mo‘ljallangan DTS va o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv va uslubiy
qo‘llanmalar, yillik ishchi o‘quv dasturlar va rejalar, bir soatlik dars rejasi va dars
ishlanmalari, kompyuter sinfi va axborot texnologiyalar vositalari, ko‘rgazmali vositalar
kerak bo‘ladi. Har bir informatika o‘qituvchisi dars o‘tishi uchun yuqorida ko‘rsatib
o‘tilgan uslubiy vositalardan foydalana olishi va kerakli hujjatlarni tayyorlay olishi
kerak.
Informatika fani bo‘yicha har bir ta’lim bosqichi uchun alohida DTS, o‘quv
dasturlari, darsliklar va o‘quv-uslubiy vositalar yaratilgan. Oliy ta’lim
uchun DTS
lariga aoslanib tayanch oliy o‘quv yurtlarida namunaviy o‘quv dasturlari
tayyorlananadi va amaliyotga joriy qilinadi. Oliy o‘quv yurtlarida namunaviy o‘quv
dasturlari asosida ishchi o‘quv dasturlari va kalendar tematik rejalar tuziladi. Ishchi
o‘quv dasturlari va kalendar tematik rejalar fan o‘qituvchisi tomonidan tuziladi, ishchi
o‘quv dastur kafedra yig’ilishida ko‘rib chiqiladi va oliy o‘quv yurti Ilmiy Metodik
kengashi tomonidan tasdiqlanadi, kalendar tematik reja esa kafedra mudiri tomonidan
tasdiqlanadi.
Taqvim mavzuli rejani tayyorlayotganda quyidagilarga e’tibor berish kerak:
Bo‘lim va mavzular nomi degan grafada dasturning hajmiga binoan ketma-ketlik
saqlangan holda, asosiy masalalar bo‘yicha 2-4 soat qilib belgilanadi. 2 va 3 grafalar
tahlil qilinadi. Shu
grafalar darslarni tayyorlash, mavzu bo‘yicha o‘quvchilar uchun
yozma va nazorat ishlari belgilanadi. 4 grafada darsning tipi va turlari (nazariya,
amaliyot, ma’ruza yoki laboratoriya ishlari va hakozo). 5 grafa o‘quv mashg’uloti uchun
eng zarur ko‘rgazmali qurollar ko‘rsatiladi.
Darsga tayyorgarlik jarayonida o‘qituvchi 4-5 grafalarga ma’lum darajalarda
qo‘shimcha va o‘zgarishlar kiritishi mumkin. 6 grafa o‘quvchilar uchun mustaqil
bajaradigan ishlar. 7 grafada mavzu bo‘yicha o‘quvchi tomonidan uy vazifaning
mazmuni va hajmi belgilanadi. 8 grafada fanlararo integratsiya bo‘yicha fan va
mavzular ko‘rsatiladi.
Darslarning aniq taqsimlanishi o‘quvchining bandligining aniq maromini
belgilashga sharoit yaratadi.
Taqvim – mavzu reja har semestrda alohida tuziladi va o‘quv ishlari bo‘yicha
direktor muovini tomonidan tasdiqlanadi.
Taqvim – mavzu rejasiga kiritiladigan o‘zgarishlar fan texnikaning rivojlanishi
nazariyasining o‘zgarishi va hokazolar kafedra hay’ati tomonidan muhokama qilinishi
kerak.
Ta’lim muassasalarida Informatika fanidan darslar tashkil
qilish shakllari guruhli,
yakka tartibli va uyga vazifalardan iborat bo‘ladi. Dars jarayonida mashg’ulotlarning
ma’ruza, seminar, amaliy mashg’ulot va laboratoriya mashg’ulotlari kabi turlaridan
foydalaniladi. Darsdan tashqari mashg’ulot turlariga mustaqil ish, mustaqil ta’lim,
sayohat, to‘garaklar, olimpiada va hokazolarni kiritish mumkin.
Informatika fanidan mashg’ulotlar olib borishda kompyuter texnologiyasidan
unumli foydalanilsa dars jarayoni samaraliroq bo‘lishi tajribalardan ma’lum bo‘lmoqda.
Nazariy mashg’ulotlarni munozarali va muammoli vaziyatlar hosil qiladigan har xil
muammoli masalalar asosida ko‘rgazmali vositalardan keng foydalangan holda tashkil
qilish hozirgi kunning talablaridan biridir. Nazariy mashg’ulotlarni tashkil qilishda
ta’limning zamonaviy usullaridan foydalanish, ta’lim oluvchilarning
bilim darajasini
aniqlashda tabaqalashtirish usullaridan foydalanish dolzarb vazifalardan biri
hisoblanadi.
O‘quvchilarning bilim darajasini tabaqalashtirish uchun nazariy mashg’ulotlarda
topshiriqlarni 4 xil darajada berishga erishish kerak. Topshiriqlarning 1 – chi va 2 –
chi darajasi davlat ta’lim standartlariga mos kelishi 3 – chi va 4 – chi darajasi esa ijodiy
xarakterdagi topshiriqlar ko‘rinishda tavsiya qilish kerak. Har bir mavzu o‘tilganda
mashg’ulot uchun tanlangan nazorat topshiriqlari 4 xil darajaga bo‘lganda 40 % - i 1 –
chi darajali, 30 % - i 2 – chi darajali, 20 % - i 3 – chi darajali va 10 % - i 4 – chi
darajali topshiriqlardan iborat bo‘lishi kerak. 1 – chi va 2 – chi darajali topshiriqlar
davlat ta’lim standartlariga mos kelib, barcha o‘quvchilar uchun bajarish majburiy
hisoblanadi. 3 – chi va 4 – chi darajali topshiriqlar ijodiy xarakterdagi topshiriq
bo‘lgani uchun yetarlicha qobiliyat va iqtidor talab qiladi. Natijada o‘quvchilar bilimi
tabaqalanishiga olib keladi.
O‘quvchilar bilimining tabaqalashishi natijasida ta’limga bo‘lgan e’tibor ortib,
o‘quvchilarning rivojlanishida ijobiy o‘zgarishlar kuzatiladi. Bahs va munozaralar
shakllanib ta’limga, rivojlanishga bo‘lgan talab kuchayib boradi.
Nazariy mashg’ulot yuqoridagi talab darajasida berilgandan so‘ng
mavzularga
mos ravishda amaliy mashg’ulotlar taklif qilinadi. Informatika fanining tushunchalari
va iboralarini o‘zlashtirishda amaliy mashg’ulotlarning o‘rni beqiyosdir. Amaliy
mashg’ulotlarni turli ko‘rinishlarda olib borish mumkin. Amaliy mashg’ulotlarni
mavzuga mos ravishda mashqlar bajarish, o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni
bajarish, o‘quvchilar tomonidan mustaqil bajariladigan laboratoriya ishlaridan iborat
bo‘lishi mumkin.
Amaliy mashg’ulotlarning bir ko‘rinishi bo‘lgan laboratoriya mashg’ulotlarida
o‘quvchilarga beriladigan mustaqil topshiriqlar ham tabaqalashgan holatda oddiydan
murakkabga qarab taklif qilinishi maqsadga muvofiq.
Amaliy mashg’ulotlarni Oliy va o‘rta maxsus o‘quv muassasalarida mavjud
yo‘nalishlarni e’tiborga olib o‘tkazish ijobiy natijalar berishi tajribalardan ma’lum
bo‘lmokda. Masalan, ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishga ega bo‘lgan o‘quv muassasalarda
har xil matnli ma’lumotlarni qayta ishlashga doir topshiriqlar; aniq fanlar va
iqtisodiyot yo‘nalishli o‘quv muassasalariga qo‘shimcha
qilib hisoblash, turli
jarayonlarni dasturlashga doir topshiriqlar tavsiya qilish maqsadga muvofiq.
O‘quv yurtlarida informatika fanidan laboratoriya ishlarini o‘tkazish, amaliy
mashg’ulotlarning vazifasi quyidagilardan iborat:
1. Ta’lim oluvchilarda quyidagi amallarni bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish;
- kompyuterni ishga tayyorlash;
- kompyuterga dastur kiritish va uni rostlash;
- ixtiyoriy amaliy dastur bilan ishlash;
- kompyuterning matn va grafik muharrirlari vositasidan foydalanish;
- kompyuterning boshqa imkoniyatlari bilan tanishish;
- ma’lumotlar, dasturlarning nusxalarini olish va ko‘paytirish va boshqalar.
2. O‘quvchilarda mashqlar bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish;
- kompyuterda
masala yechish bosqichlari;
- mashqlar bajarish jarayonida nazariy bilimlarni masala yechishga tadbiq qilish;
- mashqlar bajarish jarayonida ta’lim oluvchilar ijobiy fikrlash masalalarini
rivojlantirish.
Informatikadan amaliy mashg’ulotlar uchun tanlangan topshiriqlar mazmuni
ixtiyoriy kasb egasiga zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikma va malakaga asoslangan bilimlar
minimumi darajasida bo‘lishi kerak. Laboratoriya ishlarini o‘tkazishda kompyuter
texnologiyasidan foydalanganda ish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:
1. Laboratoriya ishlari topshiriqlarini bajarish bilan tanishish –bunda laboratoriya
ishi mazmuni, uning nazariy qismi ekranga chiqariladi, o‘quvchilar tanishib keyingi
bosqichga o‘tadi.
2. Laboratoriya ishlari topshiriqlarining tanlanishi – bunda laboratoriya ishi
topshiriqlarini
berishdan oldin, ularning bilim darajasini aniqlash uchun oddiy va
murakkab shaklda tuzilgan savollar beriladi, o‘quvchilarning savollarga bergan
javoblarini tahlil qilib keyingi bosqichga o‘tadi.
3. Laboratoriya ishlari topshiriqlarining berilishi – bunda o‘quvchilarning
o‘zlashtirish darajasiga mos topshiriqlar berish ta’minlanadi.
Nazorat savollari:
1. Informatika fanidan o‘quv mashg’ulotlarini tashkil qilish ishlari mazmuni
haqida ma’lumot bering
2. Informatika fanidan o‘quv dasturlari va o‘quv rejalaridan foydalana olish
masalalari mazmuni haqida ma’lumot bering